Rul mexanizmlarining taxlili Reykali rul mexanizmi. Engil avtomobillarda reykali rul mexanizmi oxirgi paytda keng tarqalmoqda. Ular shesternya 2 va tishli reyka 3 juftligidan tashkil topgan (6a-rasm). Bunday rul mexanizmlarini afzalligi ularning sodda, ixcham va arzonligida. To’g’ri va teskari yo’nalishlardagi FIK qoniqarli darajada yuqori (η q 0.9...0.95). Reykali rul mexanizmi bilan nomustaqil osmada to’rt sharnirla rul yuritmasi ishlatilishi mumkin.Teskari yo’nalishdagi FIK yuqoriligi tufayli bunday rul mexanizmi rul kuchaytirgichi bo’lmaganda faqat kichik klassdagi yengil avtomobillarga o’rnatilishi maqsadga muvofiq, chunki yo’l notekisliklaridan rul chambaragiga keladigan turtkilar avtomobilni boshqarishini qiyinlashtiradi. Yuqori klassdagi yengil avtomobillarda o’rnatilgan rul kuchaytirgichlari turtkilarni yutadi va boshqarishni osonlashtiradi.
6-rasm. Reykali rul mexanizmi konstruktsiyasi. Ushbu rul mexanizmini taxlil etish uchun shesternyaning elementar burilish burchagini reykani elementar surilish masofasiga nisbatini olamiz. Agar shesternya va reyka tishlarining profili normal bo’lsa bu nisbat dα /ds=const o’zgarmas bo’ladi. Asosan ushbu nisbat reykali rul mexanizmlari uchun o’zgarmas bo’ladi
lekin oxirgi paytlarda nisbat dα /ds o’zgaruvchan reykali rul mexanizmlari paydo bo’lmoqda. Nisbatning o’zgarishi reykani tishlarini maxsus profil (2b-rasm) etib kesilishi xisobiga amalga oshiriladi. Qo’yilgan masalaga ko’ra nisbat belgilangan konun bilan o’zgarishi mumkin.
Reykali rul mexanizmi o’rnatilganda rul boshqarmasini umumiy burchak uzatish soniniorqali aniqlash maqsadga muvofiq (dα-rul chambaragini elementar burilish burchagi, dϴ-boshqariluvchi g’ildiraklarning o’rtacha burilish burchagi). 6-rasmda keltirilgan sxemadan foydalangan holda dα/ds deb hisoblab, boshqariluvchi g’ildiraklar burchakka burilganda reykani joriy surilishini topamiz:
rds=dr deb hisoblab, rul boshqarmasining burchak uzatish sonini aniqlaymiz
Demak, reykali rul mexanizmli rul boshqarmasining uzatish soni o’zgaruvchan. Shesternyadan reykaga uzatilayotgan kuch
bu erda: Pрч -rul chambaragiga quyilgan kuch;
Rрч -rul chambaragining radiusi;
rῳ-shesternyaning boshlangich radiusi.
Reykali rul mexanizmining afzalligi: sodda va ixcham; arzon; FIK=0,9-0,95; kamchiligi: turtkilarni so’ndirmasdan o’tkazadi; uzatish soni pastroq.
3.Rul yuritmalari: talablar, rul yuritmasi qismlarinnng konstruktsiyasi va joylashuv sxemapari. Rul yuritmasi qismlariga tahsir etuvchi yuklamalarini aniqlash usullari va hisoblash. Rul yuritmasi rul mexanizmidan uzatilayotgan burovchi momentni oshirib, boshqariluv chi g’ildiraklarga uzatish uchun xizmat qiladi. Rul yuritmasining tarkibiga rul trapetsiyasi, tortqilar (bo’ylama va ko’ndalang), richaglar va sharnirlar kiradi.
Rul yuritmasiga quyidagi talablar qo’yiladi:
- boshqariluvchi g’ildiraklarning burilish burchaklari to’g’ri nisbatda bo’lishi kerak;
- boshqariluvchi g’ildiraklar o’z – o’zidan tebranmasligi kerak;
- osmaning tebranishi boshqariluvchi g’ildiraklarni burib yubormasligi kerak.
Avtomobilning burilish kinematikasi to’g’ri bo’lishi uchun uning barcha nuqtalari bitta nuqta atrofida aylanishlari kerak. Shunda g’ildiraklar yo’l yuzasida yonga sirpanmasdan xarakatlanadi. Lekin buning uchun boshqariluvchi g’ildiraklar xar xil burchaklarga burilishlari kerak. Burilish markaziga yaqin bo’lgan g’ildirak katta burchakka, uzoq bo’lgani kichik burchaklarga burilishi kerak. Lekin xaydovchi bitta rul chambaragini aylantiradi. G’ildiraklarni xar xil burchaklarga burish vazifasini rul trapetsiyasi bajaradi. Trapetsiya o’lchamlari avtomobil bazasi va g’ildiraklarning koleyasiga bog’liq ravishda tanlanadi. Kompanovka imkonlaridan kelib chiqib rul trapetsiyasini oldingi o’qdan oldin (oldingi trapetsiya), yoki oldingi o’qdan keyin (orqa trapetsiya) joylashitirish mumkin.
Nomustaqil osmali avtomobillarning rul trapetsiyasida yaxlit ko’ndalang tortqi 10 ishlatiladi (7-rasm); mustakil osmali avtomobillarning rul trapetsiyasida ko’ndalang tortqi bir biriga sharnirlar yordamida ulangan uchta qismlar 4, 8, 9 dan iborat(8-rasm), aks xolda osmaning mustaqilligi buziladi. Shu maqsadda kesma ko’ndalang torqining sharnirlari shunday joylashishi kerakki g’ildiraklarning osmada tebranishi ularni shkvoren atrofida burilishini chaqirmasligi kerak.
7-rasm. Rul trapetsiyalarining sxemalari. a), b) – nomustakil osmali avtomobillarning oldi va orka rul trapetsiyalari; v) – e) - mustakil osmali avtomobillarning rul trapetsiyalari; Rul trapetsiyasini geometrik ulchamlarini aniklash uchun asosan grafik usulidan foydalaniladi. Agar konstruktsiyalarda trapetsiya ko’prikning orqasida joylashgan bo’lsa, trapetsiyaning g’ildiraklarni burish richaglari o’qlarining davomi oldingi o’qdan 0,7L masofada kesishadi, agar trapetsiya oldinda bo’lsa—L masofada kesishadi.
K o’ n d a l a n g tortqi asosan payvandlanmagan trubadan tayyorlanadi, uning rezbali uchlariga sharli barmoqlar buralib ko’yiladi. Ko’ndalang tortqining uzunligi o’zgaradigan bo’lishi kerak, chunki tortqi yordamida g’ildiraklarning o’rnatilishi rostlanadi. Ko’p hollarda ko’ndalang tortqi uchlaridagi rezbalarni qadami, aniq rostlash imkonini bo’lishi uchun, har xil bo’ladi. Ko’ndalang tortqining sharli barmoq sharnirlarida tirqish bo’lishi mumkin emas, shuning uchun ular eyilish natijasida hosil bo’ladigan tirqishni avtomatik ravishda rostlanadigan etib tayerlanadi.
10-rasm. Mustaqil osma bilan ishlaydigan rul boshqarmasining sxemasi: 1-turg’i; 2-burilish tsapfasi; 3-burilish tsapfasining richagi; 4,9- yon tortqilar; 5- mayatnik richagi; 6-soshka; 7-rul mexanizmi; 8- o’rta tortqi. B o’ y l a m a tortqi 6 rul mexanizmining soshkasini burish richagi bilan bog’laydi va asosan nomustaqil osmada ishlatiladi(7-rasm). Bo’ylama tortqi va osmaning kinematik xarakatlari moslashgan bo’lishi kerak, aks xolda osmaning tebranishi boshqariluvchi g’ildiraklarning burilishini chaqiradi.
4.Rul kuchaytirgichlari: talablar, tasnifi. Kuchaytirgichlarni baholaydigan ko’rsatkichlar. Gidravlik kuchaytirgichlar qismlarini joylashtirish sxemalari. Gidravlik kuchaytirgichning ish jarayoni.Gidravlik kuchaytirgich qismlari konstruktsiyasining taxlili. Rul boshqarmasi detallarining materiallari. 1.Rul kuchaytirgichining kuch statik tavsifi
2. Samaradorlik koeffitsienti
3. Sezuvchanlik ko’rsatkichi
N
4. Reaktiv ta’sir ko’rsatkichi