Qushlar va hasharotlar hayotidagi o'zgarishlar.
Qish vaqtida o'simliklarning uyquga ketishi munosabati bilan bu davrda
bolalarning diqqate'tiborini qushlar hayotiga va holatiga jalb etish mumkin. Dekabr
oyida shahar va qishloqlarda, aholi yashaydigan punktlarda chumchuqlar, qarg'alar,
zag'chalar va boshqa qishlaydigan parrandalar yig'iladi. Ular o'ralar, axlatxonalar,
shuningdek, serqatnov yo'llarda ozuqa qidiradilar. Ovqatlanib bo'lishgach, bog' va
hiyobonlarga uchib ketadilar. Daraxtlarning shoxlarida dam oladilar. So'ng, yana
hovlimahovli uchib keladilar. Qorong'i tushishi bilanoq to'dato'da bo'lib uchib ketib,
baland daraxtlarning shoxlariga qo'nib tunaydilar.
Dekabr oyida shahar atroflaridan ko'kraklari oqqora rangli katta chittaklar
uchib keladilar va Toshkent bog' va hiyobonlarini to'ldirib yuboradilar. Ular,
daraxtlarning kavaklari va shoxlarida qishlagan hasharotlami topib yeydilar. Ular
hasharotlarning yuz niinglarcha tuxumlarini ham tozalaydilar. Ba'zi vaqtlarda zyab
liklar ham uchraydi. Quyoshli kunlarda qushlar ko'proq harai katchan, quvnoq
bo'lishadi, bunga bolalarning diqqatini jalb etish kerak.
Shahar atrofidagi joylarda bu vaqtda ko'pgina so'fito'rg'aylarni uchratish
mumkin, ular dalalardagi yovvoyi o'tlarning urug'larini terib yeydilar. Shuningdek,
bu vaqtda bog'lar va odamlar yashaydigan yerlarga yaqin kelib yashovchi
zag'izg'onlami ham uchratamiz.
Dekabr oyida qorayaloq va chittaklarning sayrashi eshitiladi. Bog'larda
qizilquyruqlar (6rasm) paydo bo'ladi. Kamkam uchrasada, har o'n vilda bir marta
sovuq qish vaqtida snegirlar (7rasm) paydo bo'lishadi. Ular sekinsekin hushtak
chalib uchadilar. Bunda ota qushgina emas, balki ona qush ham sayraydi (ba'zi
qushlarda esa ona qushlar sira sayramaydi).
Doimiy qishlovchi qushlar bilan birgalikda ahyonahyonda jarqanotiarni
uchratish mumkin. Bu qushlar tog' qoyalaridan shaharga tushib kelishadi va xoliroq
yerdagi g'isht devorli binolarga joylashadilar.
Qor yoqqan vaqtda bu qushlar och qolishadi va hatto ochlikdan o'la
boshlaydilar. Ular birovning ovqat berishiga muhtoj bo'lib qoladilar. Shuning uchun
bolalar bog'chalari hovlilarida qushlarni oziqlantirish maqsadida harturli inlaryasab
qo'yish kerak. Bunday manzara bolalar bilan birgalikda qushlarning harakatlarini
kuzatish imkoniyatini beradi. Qushlarni cho'chitib yubormaslik maqsadida inlar
uchun tinch yerlarni tanlaydilar. Ularni daraxtlarga, uylarning devorlariga osib
qo'yadilar, deraza tokchalariga o'rnatadilar. Donxo'rak yoki inlarda doimo ozuqa
bo'lishi kerak. Qushlar bunday ozuqalarga ko'nikadilar va liar kuni ma'lum soatlarda
uchib keladilar. Bolalar qushchalar to'g'risida g'amxo'rlik qiladilar, deyarli har kuni
ularga ozuqa berib turadilar. Kuzatish vaqtida har turli qushlarning o'zlarini qanday
tutayotganlarini, shuningdek, qaysi bir ozuqani manzur ko'rishlarini payqab olish
mumkin. Hatto hasharotni zaharlovchi chittaklar ham qish faslida urug'liklarbilan
oziqlanadilar. Yog' ularning asosiy ovqati bo'lib hisoblanadi.
Qushlar gavjum bo'lishib, oziqovqat qidirishni davom ettiradilar. Kunduz
kunlari to'dato'da qarg'alar, ko'kqarg'alar va go'ngqarg'alarning uchib yurishlarini
ko'rish mumkin, shuningdek ko'pgina sa'avalar va g'urraklar ham uchib yurishadi.
Bog'larda qorayaloqning qattiq qichqirishi ahyonahyonda eshitilib tursada, lekin uning
sayrashi endi eshitilmaydi. Ko'pincha qorayaloqlar ariqlarning bo'ylarini
kavlayotganliklarini, shuningdek, bog'lardagi na'mataklarning donini topib
cho'qiyotganligini ko'rish mumkin.
Ba'zan Toshkentning Salar va Qorasuv bo'ylarida jiblajibonlarni uchratish
mumkin. Ular bahorda uchib kelib, bu yerda qishlash uchun qolishadi.
Yanvar oyining boshlarida g'urraklarning g'urullashi eshitila boshlaydi.
Yanvar oyining o'rtalarida esa g'urraklarning akatsiya daraxtlarining chiviqlaridan
mayda tayoqchalar va quruq qobiqlardan uyalar qurishga kirishganliklarini bolalar
bilan birgalikda kuzatish mumkin.
Fevral oyida qushlar oziqlantirishga muhtoj bo'ladilar. Fevralning oxirida
qushlar galasi qo'shaloqqo'shaloq bo'lib ajraladi. Keyinchalik ular uya qurish uchun
shahardan chetdagi joyiarga uchib ketadilar. Chittaklar bahor oldi qo'shiqlarini
«kuylaydilar».
Fevral oyida g'urraklar tuxum ochib, 15 kun tuxum bosadilar. Tuxumdan
chiqqan yosh g'urraklar o'z uyasida o'n kun qoladi. G'urrak bir yilda besh marta
tuxum qo'yadi. G'urraklar kaptarlar singari biologik tomondan juda qiziq bo'ladilar.
Ular sut
e
mizuvchilarsingari qushchalarni boqish uchun o'zlaridan ozuqa moddasi
ishlab chiqaradilar: bu ichki bezlardan ajralib chiqadi. P&a qush og'zini ochadi,
qushchalar esa ozuqani cho'qib oladilar.
Fevral oyining oxirlarida shaharlardan jiblajibonlar uchib kelishadi.
Kechki payt shaharga yana ko'pgina zag'chalar va ko'kqarg'alar uchib kelishadi.
Tunash uchun baland daraxtlaming shoxlanga qo'nayotganlarida ularning shovqinlari va
qichqiriqlari eshitiladi. Biroq ular astasekin sovuq o'lkalarga uchib keta boshlaydilar.
Bulutli kunlarda qorong'i tusha boshlashi bilan mayda ko'rshapalaklarni
ko'rish mumkin. Bular barcha ko'rshapalaklar ichida eng kichigi hisoblanadi.
Ularning qish faslida g'orlarda qishlovchi ko'pgina boshqa ko'rshapalaklardan farqi
shundaki, ular yil bo'yi binolarning yoriqlarida yashaydi va haroratning ko'tarilishi
bilan birinchi bo'lib uyg'onadi. Qorong'i tushishi bilanoq ovoz chiqarmasdan ucha
boshlaydi hamda chivin, pashsha va boshqa jonivorlarni tutib yeydi. Yerda qishlagan
tut kapalaklari fevral oyida kapalak qurtlari chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |