6. Маvzu: Toponimika o‘lka tarixini o‘rganishda asosiy manbalardan biri sifatida



Download 42,62 Kb.
bet1/5
Sana28.07.2021
Hajmi42,62 Kb.
#130921
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6.МаvzuToponimika o‘lka tarixini o‘rganishda asosiy manbalardan biri sifatida


6.Маvzu:Toponimika o‘lka tarixini o‘rganishda asosiy manbalardan biri sifatida
1.Toponimika tushunchasi va uning maqsadi

2.Toponimik tadqiqotlar tarixi

3.Toponimikaga oid asosiy ilmiy terminlar va ulaning mazmuni
Tayanch iboralar: Toponimika, toponim, antratoponimika, makro, mikro, geografik, gidronimika, aykonomika, oronimika, urbonomika, etnonimlar, paronimlar, teonimlar, zoonimlar, religionimlar, meronimlar, xronimlar.
1.Toponimika tushunchasi va uning maqsadi
1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o‘rganilmay, uning vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi. Toponimika geografiya, tarix, etnografiya, tarixiy o‘lkashunoslik fanlari bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimlar til tarixini tadqiq etishda, xalqlarning tarixiy o‘tmish xususiyatlarini o‘rganishda, ularning joylashish chegaralarini belgilashda, tillarning o‘tmishdagi tarqalish hududlarini tadqiq qilishda, madaniy markazlar, savdo yo‘llari va shahar qishloq geografiyasini tavsiflashda muhim hisoblanadi.

Tarix, geografiya, tilshunoslik, o‘lkashunoslik, etnografiya kabi ko‘plab fanlarni o‘rganishda toponimikaning o‘rni muhim sanaladi. U fan sifatida birmuncha kechroq shakllangan bo‘lishiga qaramay, o‘lkamiz tarixini o‘rganishda muhim sanaladi. Toponimikani bilmay turibgeografik joy nomlarini bir-birlaridan farklash kiyin.Tabiiyki xar bir turkum (shaxar, qishlok, tog‘, cho‘l, va x.) tushunchalar biror nom ostida shakllangan. SHu boisdan insoniyat shakllanibdiki, ularni biron bir nomlar bilan ataydi. Natijada jamiyat tarixida millionlab nomlar paydo bo‘ldi va ularning o‘ziga xos ma’no mazmunlari shakllandi. Aynan o‘sha ma’nomazmun bir qancha fanlarni o‘rganishda uziga xos ahamiyat kasb etadi.

Buni chuqur anglagan tadqiqotchilar joy nomlarini tarixiy lingvistik, ya’ni etimologik jixatdan taxlil kilar ekan, o‘sha toponim mazmunan joylashgan nuqtasining tabiiy geografik sharoitiga naqadar mos tushish yoki tushmasligiga e’tibor qaratadilar. CHunki joy nomlari o‘sha hududning o‘ziga xos hususiyatlarini aniq ifodalab turadi. Masalan, Nurota tog‘lari yonbag‘irlarida joylashgan TemirQobiq, Temirkon, Zarmitan, Zarband qishloklari o‘rnida qadimdanoq temir yoki oltin qazib olingan, joyning bu xil nomlanishi zamonamizda ushbu hududlar buylab yirik konlarning ochilishga sababchi bo‘lgan bo‘lsa kerak.

Toponimika fani garchand mustaqil ravishda shakllangan bo‘lsa-da, u rivojlanish bosqichida kator fanlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan va bu jarayon hamon davom etib kelmoqda. CHunki toponimlarni bir qancha fanlar o‘z nuqtainazardan turib o‘rganadilar. Filologlar toponimlarning kelib chiqishi (etimologiyasi), shuningdek, ling­vistik birlik sifatida shakllanish va rivojlanish konuniyatlarini o‘rgangan.Tarixchilar esa toponimlar o‘tmishning «guvoxlar»i sifatida diqqatlarini jalb qiladilar, etnograflar esa, toponimlarning turli urfodatlar, aholining yashash tarzi bilan o‘zaro aloqada shakllanish hususiyatlarini tadqiq etadilar.Geograflar toponimikani fanlarning bo‘linmas tarmog‘i sifatida biladilar. CHunki, toponimik atamalarning geografik tarqalishi, ushbu fanni tadqiq etishda o‘ziga xos uslub tarzida ishtirok etadi. Zero, joy nomlari ko‘pgina xolatlarda o‘rganilayotgan hududning geografik sharoitidan xabar berib turadi.

Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o‘rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimika atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, “topos” – joy, “onom” – nom, umuman joy nomini o‘rganadigan fan degan ma’noni bildiradi. Geografik nomlar va zamin qa’rida o‘rganilayotgan nomlar insonlarga qo‘yiladigan ismlar toponimikaning manbasi hisoblanadi. Toponimika ikki ob’ektdan: mikro va makro toponimlardan iborat bo‘lib, mikrotoponimika – grammatik jihatdan mayda ob’ektlarni – turdosh otlarni, makrotoponimika esa atoqli otlar, ya’ni yirik ob’ektlarning nomlarini tadqiq qiladi.

Joy nomlari insoniyat tarixi va hayotida alohida o‘ringa ega. Ularsiz kishilar qaerga borishini ham bilmasdilar. SHuning uchun qadimgi joy nomlariga maxsus, alohida to‘xtalish hollari bo‘lmasa hamki Yozilgan ilmiy-amaliy qiymatga ega bo‘lgan asarlarda u yoki bu darajada to‘xtalganligini tarixiy va geografik asarlaridan bilishimiz mumkin.Atrofimizdagi turlituman joylarni ularga berilgan nomlar asosidagina tushunamiz, anglaymiz va eslab qolamiz, chunki toponimlar (joy nomlari) o‘ziga xos tarix, o‘ziga xos xotira hamda o‘ziga xos madaniy ma’naviy yodgorliklardan biri sanaladi. SHuning uchun ham joy nomlari davlat ahamiyatiga molik masala ekanligi qator rasmiy hujjatlarda qayd qilingan.

O‘zbekiston toponimikasi fani asrimizning 30-yillaridan boshlab rivojlangan. Uning rivojlanishiga toponimist olim H.Hasanovning xizmatlari katta.Vatanimiz joy nomlariga oid toponimik ma’lumotlar esa tarixiy ilmiy kitoblardan qadim qadimdan beri naql qilinib kelmoqda. SHu sababli joy nomlari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida ancha qadimiy bo‘lgan qo‘lYozma manbalaridagi materiallar ham e’tiborga olinmoqda. Bu holni hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida aniq ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston toponimikasi fani aynan Vatanimiz hududidagi joy nomlarini yig‘ish, to‘plash, ma’lum bir ilmiy –nazariy tizimga solish bilan birga, ularni har tomonlama izohlashga ham harakat qiladi. Mamlakatimiz hududida Toshkent shahar, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi joylashgan. YUqorida sanab o‘tilgan shaharva viloyatlar toponimikaga ma’lumotlarni yig‘ib beradi.

Har bir hudud uchun toponimik qonuniyatlar takrorlanmas ko‘rinishli holatga egaligini V.A.Juchkevich ham o‘z monografiyasida alohida qayd qilib o‘tganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, har bir viloyat, shahar, voha, tuman o‘ziga xos toponimlariga ega. Ularni o‘rganish va ular to‘g‘risida maxsus maqola, monografiyalar, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish zarur. CHunki vaqt o‘tishi bilan joy nomlari unutilib borishi yohud ba’zi sabablarga ko‘ra zamonaviylashtirilishi ham mumkin. Mana bunday holatlarning oldini olish uchun esa joy nomlarini, xoh u makrotoponim bo‘lsin, xoh u mikrotoponim bo‘lsin, tadqiq etish zarur hisoblanadi.

Ma’lum mintaqa toponimikasini o‘rganish ma’lumot to‘plashdan boshlanadi. Bu ish odatda o‘lkashunoslik bo‘yicha tadqiqot olib borilayotgan mikrorayon, qishloq, ovul, mahalla hududlarida, keyinchalik tuman, viloyat va Respublika miqyosida amalga oshiriladi.Toponimik ma’lumot yig‘ish ishini boshlashdan avval ma’lumotlarni qanday va qaerlardan to‘plash hamda kimlar bilan qanday mavzuda suhbatlar o‘tkazishning, hech bo‘lmaganda taxminan ish rejasi va dasturi ishlab chiqilishi shart. Mana shu reja va dastur asosida puxta tayyorgarlik ishlari olib boriladi, so‘ngra dala tadqiqot ishlariga o‘quvchi va talabalar jalb qilinadi. Dalada tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aholidan eshitgan hikoya, afsona va o‘tmish haqidagi suhbatlarni hamda boshqa materiallarni muntazam Yozib boriladigan maxsus kundalik bo‘lishi shart.

SHundan so‘ng surishtirish va suhbat natijasida olingan ma’lumotlarni tadqiq qilishda toponimik toifalar bo‘yicha maxsus kartatekalar tuziladi. Keyin shu asosda lug‘atlar tuziladi. Keyinchalik tadqiqotchilarning fikrini hisobga olgan holda bir tipdagi ommaviy toponimlarni sinchiklab o‘rganish katta ahamiyatga ega. Tadqiq qilingan va to‘plangan toponimik ma’lumotlar o‘lkashunoslik muziyida, SHuningdek, bu ma’lumotlar maxsus kutubxonalardagi alohida bo‘limlarda saqlanadi. Toponimik ma’lumotlar to‘plash ko‘pincha shu o‘lka tarixini o‘rganish ishi bilan parallel holda olib boriladi.


Download 42,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish