Geografik modellashtirish bu – chegaraviy shartlar sonli еchimining algoritmli mavjud bo‘lgan matematik tenglamalar sistemasi yordamida tabiiy sharoitlar va xodisalarni ifodalash.
Ma’lumki, fizika, kimyo, mexanika va barcha texnika fanlari kabi aniq soxalarda matematikadan foydalanish zaruriy ehtiyojga aylangan bo‘lsa, ayrim tabiiy fanlarda matematik usullardan foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, ko‘pchilik hollarda tabiiy fanlar o‘rganadigan materiallar o‘ta o‘zgaruvchan xususiyatga ega, juda ko‘p sonli murakkab omillarning ta’sirini va orasidagi o‘zaro aloqadorliklarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Tabiiy jarayonlarni izoxlashda juda katta hajmdagi turli xil ma’lumotlarni tahlil qilishga to‘g‘ri keladi.
Agar tabiiy fanlardagi ilmiy faktlarni izohlashda faqat intuitiv tushunchalardan, ya’ni ko‘proq bayon etish usulidan foydalanilsa, haqiqiy ilmiy taraqqiyot zamondan orqada qola boshlaydi. Tadqiqot jarayonlarining ichki mohiyatiga chuqurroq kirib borish va ularni boshqarish uchun olingan natijalarni aniq va mantiqiy baholay oladigan qat’iy tahlil usullaridan foydalanish lozim bo‘ladi.
Geografiya va uning zamirida shakllanib va rivojlanib borayotgan bir qator ilmiy yo‘nalishlar: geokimyo, geobiologiya, gidrogeologiya, iqlimshunoslik. tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq muammolarni hal etishda statistik matematikaning usullari va apparatlaridan foydalanish samarali natijalar bermoqda.
Atrof-muhitning geografik o‘zgaruvchanligi (cho‘llanish jarayoni, еr strukturasining o‘zgarishi, atmosferadagi tabiiy va texnogen jarayonlar, tabiiy resurslarning sarflanishi, atrof-muhitning zararli chiqindilar bilan to‘yinishi va xokazo)ni tegishli ehtimollik taqsimoti qonuni bilan еtarlicha adekvat tarzda ifodalash mumkin. Agar eksperimentlarni o‘tkazish rejasi to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, ko‘p sonli omillarning alohida yoki birgalikdagi ta’sirini ochib tashlash imkoniyati tug‘iladi. Tegishli statistik ta’sirchanlik mezonlaridan foydalanib muqobil ishchi farazlarni miqdoriy jihatdan solishtirish ishlari еtarlicha amalga oshiriladi. Eng muhimi elektron hisoblash mashinalari yordamida kattta hajimdagi geografik ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish va zarur hisoblapsharni aniq bajarish mumkin.
Geografik jarayonlarni matematik modellashtirishdan maqsad shuki, yuz berishi kutiladigan xodisalarni matematik simvollar orqali imitatsiyalash, so‘ngra modellashtirish orqali olingan natijalarni originalga o‘tkazgan holda interpretatsiyalash va tegishli ilmiy bashoratlarni berish va xulosalar olishdan iboratdir.
Bizningcha, dastlabki bosqichda geografik jarayonlarni matematik modellashtirish texnologiyasi quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
eksperiment natijalaridan ularning adekvat tarzdagi matematik modellariga o‘tish; turli xil mazmundagi matematik modellarni tuzish; matematik modellarni tahlil qilish va ularning biridan boshqasiga o‘tish; turli xil ierarxik darajadagi geografik jarayonlarning matematik modellarini tazimlash.
Odatda hayotiy jarayonlar ko‘p komponentli tizimdan iborat bo‘lib, goegrafik ob’ektlar orasidagi o‘zaro aloqadorlik o‘ta murakkab bo‘lganligi bois ular biror-bir еtarlicha qoniqarli bo‘lgan tahliliy qolipga tushmaydi. Shunga qaramasdan ba’zi bir modellarning amal qilish qonuniyatini biror-bir usul bilan aniqlash mumkin. Demak, real geografik jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganish o‘rniga ularning imitatsiyaviy modelarini tadqiq etish va so‘ngra olingan natijalarni xaqiqiy jarayonlarga qo‘llagan holda interpretatsiyalash maqsadga muvofikdir.
Ayniqsa, miqdoriy mezonlarga ega bo‘lmagan sifatli miqdorlarni
zatish natijalarining adekvatligini ta’minlash bir qadar muammo tganligi uchun ideal belgili matematik modelardan foydalanishning imkoniyatlari real modellarga qaraganda ancha keng hisoblanadi.
Geografik tizimlarni matematik modellashtirish usulini ikki xil
ananadan foydalanib taklif qilish mumkin. Birinchisi, adekvat emasligi oldindan ma’lum bo‘lgan simvolli modellarning chuqur nazariy asoslarini ishlab chiqish bo‘lsa, ikkinchisi matematik model tarkibiga haqiqiy ob’ektning o‘rganilgan ayrim xususiyatlarini imkon darajasida ko‘proq kiritishdan iboratdir. Agar haqiqiy jarayonlar mikdoriy jihatdan noto‘g‘ri baholangan bo‘lsa, u holda imitatsiyaviy model’ geografik jarayonlarning xolatini noaniq aks ettirdi.
Sof nazariy tadqiqotlarga asoslangan aprior modellarni tuzishda odatda differensial tenglamalar yordamga keladi. Ushbu tenglamalar tabiiy tizimlarning amal qilish nazariyasining umumiy holatlarini baholashda keng nmkoniyatlarga ega. Shu bilan birga geografik ob’ektlarni, ayniqsa, atrof-muxit muhofazasi bilan bog‘liq jarayonlarni differensial tenglamalar vositasi modellashtirishda tabiiy tizimning sifat jihatdan yangi xusiyatlarga o‘ta olishini yodda saqlash lozim, chunki tizim tarkibiga kiruvchi ayrim komponentlar xususiyatini oldindan belgilashning iloji bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ham qabul qilinadigan barcha ma’lumotlar okimi u yoki bu jarayonning amal qilish qonunini to‘liq aks ettira olmaydi. Ta’kidlash joizki, barcha tabiiy tizimlar faqat eng faol va sezilarli omillar orqali boshqariladi va nazorat qilinadi, qolgan barcha omillar esa model tarkibidan chiqarib tashlanadi.
Turli hil tizimlarni modellashtirish bilan shug‘ullanib kelgan mualliflarning fikri bo‘yicha statistik modellashtirish usuli samaraliroq xisoblanadi. Agar xaqiqiy jarayonlar to‘g‘risida tajribaviy ma’lumotlar еtarlicha bo‘lsa, u holda korrelyatsion yoki regression tahlillardan foydalangan ma’qul. Bunda ma’lum bir tizimning alohida elementlari orasidagi bog‘liqlik regressiya tenglamasi ko‘rinishidagi modelga keltiriladi. Biroq jarayonlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish dinamikasini bashoratlash imkoniyati ma’lum shartlar mavjudligi tufayli chegaralangan bo‘ladi.
Shunday qilib, barcha fan sohalarida progressiv hisoblangan matematik usullar va apparatlarning bevosita geografik jarayonlarni nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etishga qo‘llash fandagi munozarali masalalarni aniq faktlar asosida ochib tashlashga hamda uzoq muddatlarga mo‘ljallangan ilmiy bashoratlar va xulosalar yasashga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |