6-mavzu. Tabiiy geografiyaning tamoyillari geografiya fani turli ko‘lamdagi hududlarni (geotizimlarni) o‘rganish davomida quyidagi tamoyillarga tayanishi va unga amal qilishi shartdir. Hududiylik tamoyili



Download 64,47 Kb.
bet6/12
Sana31.03.2022
Hajmi64,47 Kb.
#521581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4-мавзу гео кириш

Bashoratlash tarixidan
Insoniyat paydo bo‘lganidan boshlab, ya’ni ertangi kun, kelajakka qiziqib keladi. Sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlar, ularning turlicha takrorlanishini insonlar sinchkovlik bilan kuzatganlar. Oddiygana xalq maqol-larini, ob-havoni oldindan aytib berish borasidagi xulosa va taxminlarni ham bashoratga tegishli deyish mumkin. Xalq orasida folbinlar (negbin, bashoratgo‘ylar) paydo bo‘lgan. G‘ayritabiiy iste’dodga ega bo‘lgan bunday kishilarni odamlar e’zozlagan, ularga muruvvatlar ko‘rsatilgan. Ularning aksariyati xalq ishonchiga kirgan. "Folbinga ishonma, folbinsiz ham yurma", degan hikmatomuz so‘zlar bejiz aytilmagan. Xalqlar orasida buyuk karomatgo‘y avliyolar paydo bo‘lgan, ularning bashoratlari aksariyat hollarda to‘g‘ri chiqqan va ular kishilarni, hatto ayrim davlat rahbarlarini qiziqtirgan.
Buyuk bashoratchilardan biri, ilmiy nujum - astrologiya (yun. astrum-yulduz va 1ogos-fan ) fani vakili, fransiyalbk avliyo Mishel Nostradamusdir (1504 - 1566). Uning 1555 yilda yozblgan "Yuz yilliklar" nomli kitobida umumiy Yer bilimi, mintaqaviy va sotsial geografiyaga tegishli qator bashoratlar mavjud. M. Nostradamusni astrogeografiya fanining asoschisi desa bo‘ladi. U Yer yuzasidagi mintaqalarning alohida yulduzlar burjlari bilan bog‘liqligini asoslaydi.
Bashoratlashning ilmiy asoslari XX asrning o‘rtalarida shakllana boshlagan. Bu fan futurologiya deb atalgan. Futurologiya (lot. futurum-kelajak va 1ogos -ta’limot) -keng ma’noda: insoniyat kelajagi, dunyoviy muammolar haqidagi tasavvurlar majmui; tor ma’noda ijtimoiy jarayonlar haqida ilmiy - texnika taraqqiyotiga oid sohalardagi jarayonlarni izchillikda o‘rganish va kelajakni bashorat qilish hamda ilmiy-texnika, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarni rejalashtirish va istiqbollarni belgilash imkoniyatini yaratadigan fan sohasidir. Bu atama 1943 yilda nemis sotsiologi O.Flextxeym tomonidan fanga kiritilgan. Futurologiya "kelajak falsafasi" deb tilga olina boshladi. XX asrning oxirlariga kelib futurologlar asosan ikki yo‘nalishga ajraldi: biri "ekologik pessimizm", ikkinchisi - ilmiy - texnikaviy optimizm. 1960 yillarda bashoratlash ko‘pgina davlatlarda rejalashtirish ishlariga joriy etila boshlagan. Geografik bashoratlash asoslari ilk bor Moskva davlat universiteti olimlari Yu.G.Saushkin (1967, 1968), T.V.Zvonkova, M.A.Glazovskaya, K.K.Markov, Yu.G.Simonovlar tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur universitetning V kurs talabalariga "Ratsionalnoe prirodopolzovanie i geograficheskiy prognoz" nomli maxsus kurs o‘qitilgan. 1987 yilda T.V.Zvonkova: tomonidan ilk bor "Geograficheskoe prognozirovanie" nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan. T.V.Zvonkova "Geografik bashorat majmuali ekologik muammodir, unda bashoratlashning nazariyasi, usullari va amaliyoti, tabiiy muhit va uning resurslarini muhofaza qilish, rejalashtirish, loyihalarni ekspertiza - taftish qilish bilan uzviy bog‘liqdir",-deb qayd qiladi. O‘zbekistonda geografik bashorat bilan shug‘ullangan to‘ng‘ich olimlardan biri A.Rafiqovdir (1939-2003). Uning ilk bor o‘zbek tilida "Geografik prognozlashtirish asoslari" o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Millim universiteti nashriyotida chop ettirildi (2003). Olim, "prognoz", "prognostika" atamalari o‘zbek tilida "bashorat" va "bashoratlashtirish" ma’nosini bildirsa-da, bu so‘zlar to‘la ma’noda "prognoz" va "prognozlashtirish"ning muqobil varianti bo‘la olmaydi. Kishilarning ismi ham Bashorat va boshqa ma’nolarni anglatishi tufayli ulardan haqiqiy atama sifatida foydalanish chegaralangan, deb yozadi (Rafiqov, 2003, 5-6.).

Lekin o‘zbek tilining izohli lug‘atida (1-jild, 2006, 3-jild, 2007) "bashorat" va "prognoz" so‘zlari o‘zbek tilining zahirasiga (lug‘at fondiga) kiritilgan. Lug‘atda bashorat so‘zining uchta ma’nosi izohlangan. Shulardan biri "bashorat - oldindan ko‘rish, oldindan aytib bera olish, oldindan amtilgan fikr, taxmin, mo‘ljal yoki bashorat qilmoq - biror voqea - hodisaning natijasini oldindan ko‘rmoq, oldindan aytib bermoq", degan talqinga ega. Bizningcha, ushbu talqin asosida ish tutish maqsadga muvofiq. Bunday yondashuv o‘zbek tili va milliy qadriyatlarimizga mos tushadi va uni tushunish oson bo‘ladi. Geografik bashoratga oid izlanishlar tarixi T.V.Zvonkova (1987), Sh.S.Zokirov (1998), V.P.Maksakovskiy (2004), V.T.Bogucharskov(2004)lar tomonidan tahlil qilingan.





Download 64,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish