Topshiriq. Shumometr asbobi bo’lmagan xollarda berilgan ko’rsatkichlar asosida (1-jadval) formala bo’yicha shovqin kuchini hisoblab toping.
Formula:
SH =∑ (p x n )
SH – umumiy shovqin,
∑ - yig’indi (summirovaniya),
p – transportlarning shovqin ko’rsatkichi
n – 1soat davomida o’rganilayotgan maydondan o’tgan transportlar soni.
1-jadval
№
|
Maishiy shovqinlar
|
Db
|
Sanoat shovqinlari
|
Db
|
1.
|
Quloqning eng past sezishi
|
0
|
Tipografiya
|
74
|
2.
|
Shivirlash, barg shitirlashi
|
10
|
Mashinasozlik zavodlari
|
80
|
3.
|
Soatning 1 metr masofadagi chiqillashi
|
30
|
Tokarlik stanogi
|
90
|
4.
|
So’zlash, magazindagi shovqin
|
60
|
Qurilish
|
95
|
5.
|
Ko’chadagi shovqin
|
55
|
Metallurgiya zavodlari
|
99
|
6.
|
Yengil avtomobil
|
77
|
SHtamplovchi press
|
100
|
7.
|
Avtobus
|
80
|
Kompressor stantsiyalari
|
100
|
8.
|
Temiryo’l transporti
|
100
|
Diskli arra
|
105
|
9.
|
Havo transporti
|
100
|
Reaktiv dvigatel
|
120
|
10.
|
Momaqaldiroq
|
120
|
Metall qirqish
|
130
|
Formula asosida hisoblash
Agar 10 minut davomida o’rganilayotgan maydondan 2 ta avtobus, 4 ta engil avtomobil o’tgan bo’lsa, avval avtobusning so’ngra avtomobilning shovqin kuchi ko’rsatkichi jadvaldan olinadi, formulaga qo’yib umumiy shovqin hisoblanadi.
SH =∑ (p x n )=80x2=160 Db
SH =∑ (p x n )=77x2=144 Db
Demak ko’chadagi o’rtacha shovqin ko’rsatkichi (160+144):6=50,6 Db teng.
4-topshiriq. Ko’cha chetida, uy yonida o’tgan transportlarning turi va soni yoziladi, shovqin kuchi o’lchanadi yoki xisoblab topiladi (2-jadval).
2-jadval
Transport turi
|
SHovqin ko’rsatkichi
|
1 soat davomida o’tgan transportlar soni
|
Umumiy shovqin
|
Ko’cha chetida
|
Uy yonida
|
Poezd
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Yuk mashinasi
|
180 Db
|
100 Db
|
6
|
1080 Db
|
Traktor
|
190Db
|
120Db
|
10
|
1900 Db
|
Avtobus
|
80Db
|
60 Db
|
4
|
320Db
|
Yengil mashina
|
70 Db
|
55Db
|
40
|
2800Db
|
Mototsikl
|
75 Db
|
65 Db
|
6
|
450Db
|
Velosiped
|
30Db
|
20Db
|
90
|
2700 Db
|
Oʻrtacha shovqin 1080+1900+320+2800+450+2700=9250
6+10+4+40+6+90=156
9250:156=59,3Db ga teng
5-topshiriq. Tajriba natijalarini solishtirib eng shovqinli maydonini aniqlang va xulosa qiling.
Uy yaqinidagi shovqin kuchi pastligini aniqlang.
Shovqindan himoyalanish choralarini ayting.
Shaharda shovqinga qarshi qanday kurash choralarini qo’llagan bo’lar edingiz?
Uyga vazifa. Jadvalni to’ldiring
Nazorat maydonlari
|
Umumiy shovqin kuchi
|
Magazin
Maktab
Garaj
|
70 Db
75 Db
80 Db
|
SHovqin va musiqaning bir-biridan farqlari
SHovqin
|
Musiqa
|
nutq va musiqani toʻgʻri qabul qilishga, xordiq chiqarishga va aqliy mehnatga xalaqit beruvchi begona tovushlar. exnika va fizikada (tebranma jarayonlar bilan bogʻliq boʻlgan radio, elektronika, radiolokatsiya, radioastronomiya, akustika, tovush yozish, optika va boshqalarda) davriy boʻlmagan tartibsiz tebranishlar. odam organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan va turli kasalliklarga sabab boʻladigan tovushlar.
Shovqin — 1) keng maʼnoda — nutq va musiqani toʻgʻri qabul qilishga, xordiq chiqarishga va aqliy mehnatga xalaqit beruvchi begona tovushlar. Shovqin detsibel bilan oʻlchanadi. Masalan, nafas olish, barglarning shitirlashi 10, qattiq gapirish 60—70, transportning shovqini 80—100, reaktiv samolyot ovozi 140—175 detsibelga teng va h.k. Qattiq, suyuq, gazsimon muhitlardagi har qanday tebranishlar, turli dvigatel va mexanizmlar shovqinlarning asosiy manbaidir. Mashinalarning detallarini aniq qilib ishlash, mexanizmlarning tovush chiqarishini pasaytirish, tovushni toʻsadigan, yutadigan va titrashni kamaytiradigan vositalarni qoʻllash yoʻli bilan shovqin kamaytiriladi; 2) texnika va fizikada (tebranma jarayonlar bilan bogʻliq boʻlgan radio, elektronika, radiolokatsiya, radioastronomiya, akustika, tovush yozish, optika va boshqalarda) davriy boʻlmagan tartibsiz tebranishlar. Masalan, elektron lampalarda elektr tokining tartibsiz tebranishi, oʻtkazgichlarda elektronlarning issiqlik harakati (issiqlik Sh.i), Yer va yer atmosferasidan, Quyosh, yulduzlar, yulduzlararo muhit va boshqalardan tarqalayotgan issiqlik nurlanishlari (kosmik shovqinlar) natijasida shovqin hosil boʻladi. Shovqinning umumiy foydali jihatlari ham bor. Mas, radioastronomiyada chastotaning maʼlum diapazonidagi shovqin boʻyicha yulduzlar va boshqalar kosmik jismlarning radionurlanishi tekshiriladi, harbiydengiz texnikasida esa suv osti qayiq va kemalari topiladi; 3) gigiyenada — odam organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan va turli kasalliklarga sabab boʻladigan tovushlar. Odam organizmiga uzoq vaqt taʼsir etishi natijasida markaziy asab sistemasi, tomirlar tonusi, hazm yoʻllari aʼzolari, endokrin sistemasi va h.k.ning faoliyati buzilishi, quloq ogʻirligi, karlik paydo boʻlishi mumkin. Shovqin taʼsirida harakatning aniq muvozanati buzilib, mehnat unumdorligi pasayadi. Ortiqcha shovqin odamni ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan kuchsizlantiradi. Inson uchun 20—30 detsibel zararsiz
|
Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (katʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi
Musiqaning , ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir. Musiqa (yun. mousiche —muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (katʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqsir. Musiqa asarlari mazmunida badiiy gʻoyalar umumlashgan holda berilib, musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra musiqa mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika Musiqaning "botiniy" tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning , ayniqsa, insonning axloqiy va estetik
|
Do'stlaringiz bilan baham: |