2.22-rasm parametrning elektr maydoniga bog‘liqligi
Stabilitronlarning asosiy parametrlari. Stabilitronlarning asosiy parametrlari quyidagilar:. Ust-stabilizatsiya (barqarorlashish) kuchlanishining nominal qiymati; Ist-stabilizatsiya (barqarorlashish) tokining nominal qiymati, I min-stabilizatsiya tokining minimal qiymati; Imax-stabilizatsiya tokining maksimal qiymati; Rd-differensial qarshilik; KTK-kuchlanishning temperatura koeffitsienti, Pmax-maksimal ruxsat etilgan quvvat. Stabilizatsiyaning nominal toki quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:
bu yerda Imin-teshilish turg‘un bo‘lga holdagi eng kichik tok, Imax-kattaligi mumkin bo‘lgan quvvat sochilishi orqali aniqlanuvchi maksimal ruxsat etilgan stabilizatsiya toki. Nominal, maksimal va minimal tokni, shuningdek stabilizatsiya kuchlanishining aniqlash metodikasi 2.23-rasmda ko‘rsatilgan. Rd–differensial qarshilik teshilish sohasida stabilitronning volamper xarakteristikasi qiyaligini xarakterlaydi, ya’ni stabilizatsiya darajasini ko‘rsatadi. Rd0 va stabilitron orqali o‘tuvchi tok o‘zgarishi undagi kuchlanishning o‘zgarishiga olib kelmaydi. Kuchlanishning temperatura koeffitsienti (KTK) temperatura o‘zgarishi chog‘ida kuchlanish qiymatining o‘zgarishini ko‘rsatadi. Kuchsiz legirlangan yarimo‘tkazgichlarda erkin yugurish yo‘li, tashuvchilarning kristall panjara bilan to‘qnashishi orqali aniqlanadi. Temperatura ortishi bilan erkin yugurish yo‘li kamayadi. p-n o‘tish sohasida eng kichik yugurish yo‘lida zaryad tashuvchilar valent bog‘lanishlarni ionlashtirish uchun yetarli energiya olishi uchun elektr maydoni yetarlicha katta bo‘lishi lozim. Demak, teshilish kuchlanishining kattaligi temperatura ortishi bilan ortadi. Kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichlarda erkin yugurish yo‘li, zaryad tashuvchilarning kirishma atomlarning ionlashgan zaryadlaridagi sochilish bilan aniqlanadi. Shu sababli, bu yerda teshuvchi kuchlanishning temperaturaga bog‘liqligi birinchi navbatda taqiqlangan zona kengligining temperaturaga bog‘liqligi bilan aniqlanadi. Temperatura ortishi bilan ta’qiqlangan zona kengligi kamayadi, tunnel effekti ortadi va teshuvchi kuchlanish qiymati kamayadi. Tashuvchi kuchlanishning temperaturaga bog‘lanishidan odatda teshilish mexanizmini aniqlashda foydalaniladi. Kuchlanishning temperatura koeffitsienti %grad larda o‘lchanadi va quyidagi
TKN q % / grad
ifoda orqali aniqlanadi, bu yerda u-stabilizatsiya kuchlanishi, du-temperatura o‘zgarishi natijasida stabilizatsiya kuchlanishining o‘zgarishi, dT-temperatura o‘zgarishi. Stabilizatsiya kuchlanishining temperaturaviy o‘zgarishini bir necha usullar bilan kompensatsiyalash mumkin. Ma’lumki, r-n o‘tishda to‘g‘ri kuchlanish tushishi temperatura ortishi bilan chiziqli kamayadi (2.24-rasmga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |