6 мавзу: Мускулларнинг аҳамияти, тузилиши, шакллари, номланиши, такомиллашуви


Qad - qomatning noto‘g‘ri shakllanishi



Download 59,88 Kb.
bet5/6
Sana22.04.2022
Hajmi59,88 Kb.
#571983
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1474625347 64898

Qad - qomatning noto‘g‘ri shakllanishi bir necha xil bo‘ladi: egilgan, kifotik, lordotik va skoliotik qad -qomat.
Egilgan qad-qomatli odamlar tik turg‘anda, boshi bir oz oldinga engashgan, yelkalari oldinga osilgan, ko‘krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi. Bunday holat skelet muskullari, ayniqsa, gavdaning orqa qismidag‘i muskullar yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz bo‘lishi tufayli yuzaga keladi.
Kifotik qad-qomatli odamlar tik turganda orqasining yuqori qismi do‘ppaygan va yumaloqlashgan, yelkalari oldinga osilgan, boshi oldinga egilgan, qornining pastki qismi bo‘rtgan bo‘ladi. Kuraklar qanotga o‘xshab ko‘tarilib turadi, bukir holat yuzaga keladi. Umurtqa pog‘onasining bo‘yin va bel qismidagi oldinga egilishlarning normaga nisbatan kam, ko‘krak qismidagi orqaga egilishning esa ko‘p bo‘lishi tufayli vujudga keladi.
Lordotik qad-qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz botiqroq bo‘ladi. Bunday holat umurtqa pog‘onasining bel qismi oldinga normadan ko‘proq, bo‘yin qismi esa kamroq bukilishi hamda qorin devori muskullarining kuchsiz rivojlanganligi tufayli yuzaga keladi.
Skoliotik qad-qomatli odamlar tik turganda yelkalarining bir qismi past, ikkinchisi baland bo‘ladi, ko‘kraklari ham past - baland bo‘lib, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo‘ladi. Bunday odam tanasini tik va to‘g‘ri tuta olmaydi, ya’ni tik turganida gavdasi bir tomonga qiyshaygan holatda bo‘ladi.
Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning tashqi ko‘rinishi o‘zgarmasdan, balki u ichki a’zolar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, me’da va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganda, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi va hokazo.
Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyyena qoidalariga amal qilish kerak:
- bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to‘shakda uxlashga o‘rgatish, yostiq pastroq bo‘lishi kerak. To‘shakning qalin va yumshoq bo‘lishi, yumshoq prujinali krovat, baland yostiq, bolaning umurtqa pog‘onasi egrilanib qolishiga sabab bo‘ladi;
- bolani olti oylik bo‘lguncha o‘tqazmaslik, o‘n oylik bo‘lguncha oyog‘ida uzoq vaqt tik turg‘azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog‘onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo‘lganligi sababli tana massasini ko‘tara olmasdan, egrilanib qolishi mumkin.
- 4 - 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo‘lidan yyetaklab yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko‘tarilishi tufayli umurtqa pog‘onasi egrilanib qolishi mumkin;
- kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir buyumlarni ko‘tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qo‘lida ish bajarmasligi kerak. Bularning barchasi bolaning umurtqa pog‘onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad -qomati buzilishiga sabab bo‘ladi.
- bolalar va o‘quvchilar bo‘ylariga mos parta, stol-stulda o‘tirishi kerak (maktabda, uyda dars tayyorlaganda, ovqatlanganda);
- o‘quvchilar parta, stol-stulda o‘tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur: o‘tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul (parta) suyanchig‘iga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm ga yaqin masofa bo‘lsin.
Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun ana shu yoshgacha bo‘lgan odamlar yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarga amal qilsalar, ularning qad-qomati to‘g‘ri, chiroyli bo‘lib shakllanadi.

Download 59,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish