6 мавзу: Мускулларнинг аҳамияти, тузилиши, шакллари, номланиши, такомиллашуви


Tayanch-harakatlanish tizimining rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli



Download 59,88 Kb.
bet4/6
Sana22.04.2022
Hajmi59,88 Kb.
#571983
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1474625347 64898

Tayanch-harakatlanish tizimining rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli.
Jismoniy tarbiya odam organizmining normal o‘sishi, rivojlanishida, qad - qomatning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Muntazam ravishda mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish natijasida muskul to‘qimasida moddalar almashinuvi kuchayadi, muskullarga qon kelishi ko‘payadi, bu esa ularning oziq moddalar bilan ta’minlashini yaxshilaydi. Tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, jismoniy mashq bilan shug‘ullanuvchi kishilarning har 100 ta muskul tolasida mayda qon tomirlar (kapillyarlar)ning soni boshqalarning muskulidagiga nisbatan ikki marta ko‘p bo‘ladi.
Bunday odamlar muskullarining qon, kislorod, oziq moddalar bilan ta’minlanishi yaxshi bo‘lganligi uchun muskul hujayralari sitoplazmasida oqsil, ATF, KF, glikogen miqdori ko‘payadi. Bu esa muskul tolalarining yo‘g‘onlashuviga va ular mustahkam bo‘lishiga, qisqarish kuchining ortishiga olib keladi.
Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarning baquvvat bo‘lishi, o‘z navbatida, suyaklarning yaxshi rivojlanishiga, ularning mustahkam bo‘lishig‘a imkon beradi. Shuning uchun ham odam yoshligidan boshlab jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug‘ullansa, tayanch - harakatlanish tizimining o‘sishi, rivojalanishi, shakllanishi yaxshi bo‘ladi. Shu bilan birga organizmning boshqa hayotiy muhim a’zolar (o‘pka, yurak-qontomir, jigar, buyraklar, oshqozon - ichak, nervlar) funksiyasi ham yaxshilanadi. Buning natijasida odam organizmi har tomonlama garmonik rivojlangan, baquvvat, tashqi muhitning noqulay ta’siriga chidamli va chiniqqan bo‘ladi, kasalliklarga kam chalinadi va uzoq umr ko‘radi.
Qad - qomatning shakllanishi. Har bir odam tanasini o‘zi odatlangan holatda erkin tutishi qad - qomat deb ataladi. Odamning qad - qomati uning skeleti, muskullari va nerv sistemasining rivojlanishiga bog‘liq. Qad - qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pog‘onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega.
Normal holda umurtqa pog‘onasi bemalol egiladi. Bo‘yin va bel qismida umurtqa pog‘onasi bir oz oldinga, ko‘krak va dumg‘aza qismida bir oz orqaga egilgan bo‘ladi. Shuning uchun oldinga egilish, orqaga egilish deb ataladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda bo‘lmaydi. Bolaning tik turishi, yurishi, boshni tik tutishi natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil bo‘ladi. Ularning normal holda bo‘lishi yoki normadan ortiqcha egilishi qad-qomatning noto‘g‘ri shakllanishiga ta’sir etadi. Bundan tashqari qad-qomatning shakllanishida ko‘krak qafasi, qo‘l va oyoq suyaklari hamda tana muskullarining normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega.
Qad-qomati to‘g‘ri odam tik turganida boshini, bo‘ynini tanasiga nisbatan to‘g‘ri va tik tutadi, ikkala yelkasi va ikkala kuragi bir tekislikda bo‘ladi. Oyoqlari tik va to‘g‘ri holatda bo‘lib, ularni juftlashtirganda tovonlar, oshiqlar, tizzalar bir - biriga tegib turadi, qorin bir oz ichga tortilgan, ko‘krak qafasi bir oz oldinga chiqqan bo‘ladi.

Download 59,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish