6-mavzu: miologiya. Tana muskullarining sinflanishi. Mavzu rejasi: Gavdaning orqa muskulari



Download 2,19 Mb.
bet2/3
Sana23.07.2022
Hajmi2,19 Mb.
#844316
1   2   3
Bilak muskuli 2 guruxga bo’linadi:
Oldingi gurux muskuli.
Orqa gurux muskuli
Oldingi gurux muskuli( Yuza muskuli )
1) Bilakni ichkariga buruvchi yumaloq muskuli (m. pronator teres).Yelka suyagining epicondylus medialis o’simtasidan va tirsak suyagining bo’rtig’idan boshlanib, bilak suyagining tashqi yuzasiga birikadi. Vazifasi: bilakni ichkariga buradi va tirsak bo’g’imida bukadi.
2) Kaftni bilak tarafga bukuvchi muskuli (m.flexor carpi radialis). Yelka suyagining o’simtasidan boshlanib, ikkinchi kaft suyagining asosiga birikadi. Vazifasi: qo’l panjasini bukadi va tirsak bo’g’imida bukishda va ichkariga burishda qatnashadi.
3) Kaftning uzun muskuli (m. palmaris longus)- yelka suyagining o’simtasidan boshlanib, ingichka payga davom etadi va kaftdagi payida tugaydi. Vazifasi: kaft aponevrozini taranglaydi hamda kaftni bukadi. Ba’zan bu muskul bo’lmasligi ham mumkin.
4) Kaftni tirsak tarafga bukuvchi muskuli (m. flexor carpi ulnaris)- yelka suyagining o’simtasidan boshlanib, kaft oldi sohasidagi no’xatsimon suyakka birikadi. Bu muskulda caput humerale va caput ulnare boshchalari bo’ladi. Vazifasi: kaftni tirsak tarafga bukadi. Bu muskul n. ulnaris orqali boshqariladi.
5) Panjani bukuvchi yuza muskuli (m. flexor digitorum superficialis)- yelka suyagining o’simtasidan, tirsak suyagining tojsimon o’simtasidan, bilak suyagining yuqori uchidan boshlanib, paylari 4 ga bo’lingan holda, II – V barmoqlarning o’rta falangalari asosiga birikadi. Vazifasi: II – V barmoqlarni bukadi. Bu muskullar n. medianus orqali boshqariladi.
Chuqur muskullar
1) Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskuli (m. flexor pollicis longus). Yelka suyagining o’simtasidan, bilak suyagining oldingi yuzasidan va bo’rtig’idan boshlanib, bosh barmoq tirnoq falangasining asosiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni bukadi. Bu muskul n. medianus orqali boshqariladi.
2) Barmoqlarni bukuvchi chuqur muskuli (m. flexor digitorum profundus) Tirsak suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, 4 ta payga ajraladi va II – V barmoqlarning tirnoq falangalariga birikadi. Vazifasi: II – V barmoqlarni bukadi.
3) Kvadrat muskuli (m. pronator quadratus)- tirsak suyagi pastki uchining oldingi yuzasidan boshlanib, bilak suyagining oldingi yuzasiga birikadi. Vazifasi: bilakni ichkariga buradi. Bu muskul n. medianus orqali boshqariladi.
Orqa guruh muskulari( Yuza muskuli )
1) Yelka-bilak muskuli (m. brachioradialis)- yelka suyagining tashqi yuzasidan boshlanib, bilak suyagi pastki uchidagi bigizsimon o’simta uchiga birikadi. Vazifasi: bilakni tirsak bo’g’imida bukadi.
2) Qo’l panjasini yozuvchi bilak tarafidagi uzun muskuli (m. extensor carpi radialis longus)- yelka suyagining epicondylus lateralis o’simtasidan va yon yuzasidan boshlanib, II kaft suyagi asosining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: qo’l panjasini bilak tarafga yozadi.
3) Qo’l panjasini yozuvchi bilak tarafidagi kalta muskuli (m. extensor carpi radialis brevis)- yelka suyagining epicondylus lateralis o’simtasidan boshlanib, III kaft suyagi asosining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: qo’l panjasini bilak tarafga yozadi.
4) Barmoqlarni yozuvchi muskuli (m. extensor digitorum)- yelka suyagining epicondylus lateralis o’simtasidan boshlanib, II – V barmoqlar o’rta falangasi va tirnoq falangalarining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: barmoqlarni yozadi.
5) Jimjiloqni yozuvchi muskuli (m. extensor digiti minimi)- barmoqlarni yozuvchi muskul paylaridan ajraladi va V barmoqqa birikadi. Vazifasi: jimjiloqni yozadi va tirsak tarafga uzoqlashtiradi.
6) Qo’l panjasini yozuvchi tirsak tarafdagi muskuli (m. extensor carppi ulnaris)-yelka suyagining epicondylus lateralis o’simtasidan va tirsak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, V kaft suyagining bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: qo’l panjasini yozadi va tirsak suyagi tarafga buradi. Bu muskullar n.radialis orqali boshqariladi.
Chuqur muskullari
1) Bilakni tashqariga buruvchi muskuli (m. supinator)-yelka suyagining epicondylus lateralis o’simtasidan, tirsak suyagining yuqori uchidan boshlanib, bilak suyagining yuqori uchiga birikadi. Vazifasi: bilakni tashqi tarafga buradi.
2) Bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi uzun muskuli (m. abductor pollicis longus)- bilak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, I kaft suyagining asosiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni uzoqlashtiradi.
3) Bosh barmoqni yozuvchi qisqa muskuli (m. extensor pollicis brevis)- bilak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, bosh barmoq asosiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni yozadi.
4) Bosh barmoqni yozuvchi uzun muskuli (m. extensor pollicis longus)- tirsak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, bosh barmoqning tirnoq falangasiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni yozadi.
5) Ko’rsatkich barmoqni yozuvchi muskuli (m. extensor indicis)- tirsak suyagi orqa yuzasining pastki qismidan boshlanib, ko’rsatkich barmoqninh o’rta falangasiga birikadi. Vazifasi: ko’rsatkich barmoqni yozadi. Bu muskullar n. radialis orqali boshqariladi.
Kaftning o’rta guruh muskullari
1) Chuvalchangsimon muskuli (m. lumbricalis)- barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul paylaridan boshlanib, barmoqlar proksimal falangalarining orqa yuzasida va ularni yozuvchi muskul paylarida tugaydi. Vazifasi: barmoqlarning proksimal falangalarini bukadi, distal falangalarini yozadi.
2) Suyaklararo muskuli (m. interossei)- kaft suyaklarini orasini to’ldirib turadi. Bu muskul kaft sohasida va qo’l panjasining orqa yuzasida uchraydi. Vazifasi: II – V barmoqlarni o’zaro uzoqlashtiradi va yaqinlashtiradi. Bu muskul m. interossei dorsales va m. interossei palmares guruhlariga bo’linadi. Kaft sohasidagi suyaklararo muskullar – m. interossei palmares suyaklarni yaqinlashtiradi. Kaft orqa tarafidagi suyaklararo muskullar m. interossei dorsales barmoqlarni uzoqlashtiradi. Bu muskul n. ulnaris orqali boshqariladi. ( F.N. Bahodirov. 112
Chanoq va oyoqning erkin muskullari va ularning sinflanishi
Chanoq muskuli. Bu muskul 2 guruhga bo’linadi: 1) Tashqi muskul 2) Ichki muskul. Сhanoqning ichki yuzasidagi muskullar. 1) Yonbosh-bel muskuli (m. iliopsoas)- ikki boshchadan tashkil topgan. A) m. psoas major - belning katta muskuli: XII ko’krak va I – IV bel umurtqalari tanasining yon yuzalaridan va bel umurtqalarining ko’ndalang o’simtalaridan boshlanadi. B) m. iliacus - yonbosh muskuli: yonbosh suyagining ichki yuzasidagi chuqurchadan va suyagining oldingi yuqorigi va ostki o’siqlaridan boshlanadi. Belning katta muskuli va yonbosh muskuli pastki sohada qo’shilib, songa lacuna musculorum hosilasi orqali o’tadi va son suyagi do’mbog’iga birikadi. Vazifasi: oyoqni chanoq-son bo’g’imida bukadi va tashqi tarafga buradi.
2) Kichik bel muskuli (m. psoas minor)- katta bel muskulining ustida joylashadi va yonbosh muskul fassiyasiga davom etadi. Chanoq suyagidagi eminentia iliopubica tepaligida tugaydi. Vazifasi: bel sohasini bukadi va yonbosh muskul fassiyasini taranglaydi.
Chanoqning tashqi yuzasidagi muskullar
1) Dumbaning katta muskuli (m. gluteus maximus)- yonbosh suyagining tashqi yuzasidan, dumg’aza suyagining yon sohasidan boshlanadi. Muskul tutamlari sonning keng fassiyasiga davom etadi va son suyagidagi tuberositas glutea bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: chanoq-son bo’g’imida son suyagini yozadi va tashqi tarafga buradi. Bu muskul n. gluteus inferior orqali boshqariladi.
2) Dumbaning o’rta muskuli (m. gluteus medius)- yonbosh suyagining tashqi yuzasidan boshlanib, son suyagidagi trochanter major bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: chanoq-son bo’g’imida son suyagini uzoqlashtiradi. Bu muskul n. gluteus superior orqali boshqariladi.
3) Dumbaning kichik muskuli (m. gluteus minimus)- yonbosh suyagining tashqi yuzasidan boshlanib, son suyagidagi trochanter major bo’rtig’ining oldingi yuzasiga birikadi. Vazifasi: chanoq-son bo’g’imida son suyagini uzoqlashtiradi. Dumba muskullarini birikish sohasida serbar pay hosil qiladi. Bu muskul n. gluteus superior orqali boshqariladi.
4) Keng fassiyani taranglaydigan muskuli (m. tensor fasciae latae)- dumbaning o’rta muskuli bilan birga boshlanadi. Bu muskul tutamlari son sohasida sonning keng fassiyasiga davom etib, uning tutamlari katta boldir suyagining codylus lateralis bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi; sonning keng fassiyasini taranglaydi, tizza bo’g’imini bukadi. Bu muskul n. gluteus superior orqali boshqariladi.
5) Noksimon muskuli ( m. piriformis)- dumg’aza suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, uning tolalari katta o’tirg’ich teshigi- foramen Ischia-dicum majus dan o’tadi va son suyaginin katta ko’st bo’rtig’I – trochanter major ga birikadi. Vazifasi: chanoq-son bo’g’imida son suyagini tashqi tarafga buradi. Bu muskul plexus sacralis orqali boshqariladi.
6) Ichki yopqich muskuli (m. obturatorius internus)- chanoq suyagidagi yopqich teshik - foramen obturatorium va yopqich parda - membrane obturatoria ichki yuzasidan boshlanadi. Muskul tutamlari kichik o’tirg’ich teshigi- foramen ischiadicum minus orqali yo’nalib, son suyagidagi fossa trochanterica chuqurchasiga birikadi. Vazifasi: son-chanoq bo’g’imida son suyagini tashqi tarafga buradi. Bu muskul plexus sacralis orqali boshqariladi.
7) Yuqori egizak muskuli (m. gemullus superior)- o’tirg’ich suyagining spina ischiadica o’simtasidan boshlanib, son suyagining fossa trochanterica chuqurchasiga birikadi. Vazifasi: son suyagini tashqi tarafga buradi. Bu muskul plexus sacralis orqali boshqariladi.
8) Pastki egizak muskuli (m. gemullus inferior)- o’tirg’ich suyagining tuber ischiadicum bo’rtig’idan boshlanib, son suyagining fossa trochanterica chuqurchasiga birikadi. Vazifasi: son suyagini tashqi tarafga buradi. Bu muskul plexus sacralis, n. gluteus inferior orqali boshqariladi.
9) Sonning kvadrat muskuli (m. quadratus femoris)- o’tirg’ich suyagining tuber ischiadicum bo’rtig’idan boshlanib, son suyagining crista intertrachanterica qirrasiga birikadi. Vazifasi: son suyagini tashqi tarafga buradi. Bu muskul plexus sacralis orqali boshqariladi.
10) Tashqi yopqich muskuli (m. obturatorius externus)- chanoq suyagidagi yopqich teshigining tashqi yuzasidan boshlanib, son suyagining fossa trochanterica chuqurchasiga birikadi. Vazifasi: son suyagini tashqariga buradi. Bu muskul n. obturatorius orqali boshqariladi.
Oyoqning erkin muskullari
I.Son muskullari II. Boldir muskuli III .Oyoq panjasi muskuli

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish