6 Mavzu: Markaziy Osiyo tushunchasi. Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Markaziy Osiyo aholisi



Download 1,57 Mb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#252523
  1   2
Bog'liq
6-мавзу. Презентация


6 - Mavzu: Markaziy Osiyo tushunchasi. Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Markaziy Osiyo aholisi.

R E J A:

  • MOD ning tarkib topishi, hududi, chegaralari, geografik o’rni.
  • MOD hududining yer tuzilishi va foydali qazilmalari.
  • MOD hududining iqlimi va ichki suvlari.
  • MOD hududining tuproqlari, o’simlik va hayvonat dunyosi.
  • MOD aholisi, uning tabiiy o’sishi va zichligi.


Markaziy Osiyo davlatlarining tarkib topishi, hududi, chegaralari, geografik o’rni. O’tgan asrning 90 yillari boshida jahondagi davlatlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub o’zgarishlar ro’y berdi. Ayniqsa, sobiq SSSRning parchalanib ketishi va uning o’rnida mustaqil davlatlarning vujudga kelishi kishilarning xorijiy mamlakatlar haqidagi tasavvurini yana ham kengaytirdi va ayni paytda o’zgartirib ham yubordi. Sobiq Sovet Ittifoqining yemirilishi bilan Markaziy Osiyo zaminida Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston davlatlari tarkib topdi. Ularni mustaqil davlat sifatida jahondagi ko’plab mamlakatlar tan olishdi va mazkur davlatlarning barchasi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatishdi. Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo qilib olindi.

“Dengiz bo’ylab savdo sotiqni muximligini o’rgangan Adam Smit O’rta Osiyo va Rossiyaning ayrim xududlariga nisbatan salbiy munosabat bildirgan. Uning fikriga ko’ra Qora va Kaspiy Dengizlaridan tortib Afrika va Osiyoning markaziy qismida joylashgan davlatlarda dengiz yo’li orqali savdo qilish imkoni yo’qligi ushbu davlatlar rivojlanishini ancha yillar ortga qaytarmoqda.”1

___________________

1. Gordon L. Clark, Maryann P. Feldman “The Oxford Handbook of Economic Geography”, 2007. 246-page.

“Based on the importance of sea-based trade, Smith drew pessimistic conclusions regarding inland Africa and large parts of Russia, Siberia, and Central Asia:

All the inland parts of Africa, and all that part of Asia which lies any considerable way north of the Black and Caspian Seas, the ancient Scythia, the modern Tartary and Siberia, seem in all ages of the world to have been in the same barbarous and uncivilized state in which we find them at present . . . There are in Africa none of those great inlets . . . to carry maritime trade into the interior parts of that great continent.”1

MODlarning hududi va chegaralari. Markaziy Osiyo (Turkiston) davlatlari asosan Osiyo qit’asining Markaziy qismida joylashgan. Markaziy Osiyo davlatlari ( Tojikiston-143.100; Turkmaniston-488.100; O’zbekiston-448,900; Qirg’iziston-198.500; Qozog’iston-2.717.300) ning umumiy maydoni 3.995.900 kv.km.ni tashkil etadi.

“Markaziy Osiyoni 5 davlati – Qozog’iston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg’iziston Sobiq SSSR tarkibidagi davlatlar bo’lgan. Bugun ular mustaqil davlatlar hisoblanib Markaziy Osiyo davlatlarini tashkil etadi. “Iston” termini – o’lka ma’nosini anglatadi. Masalan, O’zbekiston – o’zbeklar o’lkasi deganidir. Bu davlatlar Turkiy tilda so’zlashuvchi davlatlardir.”1

___________________

1.“World Regional Geography: People, Places, and Globalization” - Prof. Ken Yanow M.S., -, Saylor academy, Washington D.C. 2012. 740-page.

“The five countries of Kazakhstan, Uzbekistan, Turkmenistan,Tajikistan, and Kyrgyzstan were part of the former Soviet Union until its breakup in 1991. Today, with Afghanistan, they are independent countries that make up the region called Central Asia. The term stan means “land of,” so, for example, Uzbekistan is the land of the Uzbeks. Central Asia is also referred to as Turkestan because of the Turkish influence in the region. The people of Turkey did not originate from the Middle East; they originated from northern Asia. They swept through Central Asiaand dominated the region on their way to the Middle East. The Turkish language and heritage have had the most significant impact on the people of Central Asia. Turkmenistan’s name is another reminder of the Turkish connection; it means “the land of the Turkmen”.”1

“Markaziy Osiyo – G’arbiy Xitoydan boshlanib Kaspiy dengizi sohiligacha cho’zilgan, janubda Afgahiston va Eron bilan chegaralangan va Shimolda Rossiya bilan tutashgan hududlardan iborat. Markaziy Osiyo Buyuk Ipak yo’lining Yevropa va Sharqni bog’lovchi qismi bo’lib bu yer savdo-sotiq, turli insonlar va fikrlar tutashgan maskan bo’lgan.

Markaziy Osiyoda bir-biridan juda farq qiluvchi geografiyaga ega. Pomir, Tyan Shan va Hindikush kabi tog’ tizmalari bilan bir qatorda katta joyni egallagan Qoraqum va Qizilqum kabi cho’llarni ham vatanidir.”1

___________________

1.“World Regional Geography: People, Places, and Globalization” - Prof. Ken Yanow M.S., -, Saylor academy, Washington D.C. 2012. 739-page.

“Central Asia is a region in the Asian continent that extends from the mountains of western China to the shores of the Caspian Sea. Pakistan and Iran create the southern border of the region, and the vast expanse of Russia is to the north. Afghanistan is considered a part of the region even though it was never a formal part of the Soviet Union. Central Asia was located on what was known as the Silk Road between Europe and the Far East and has long been a crossroads for people, ideas, and trade.

Central Asia has an extremely varied geography, including high mountain passes through vast mountain ranges, such as the Tian Shan, Hindu Kush, and the Pamirs. The region is also home to the vast Kara Kum and Kyzyl Kum Deserts, which dominate the interior with extensive spans of sand and desolation.”1

Geografik o’rni. Markaziy Osiyo Yevroosiyoning markazidagi juda katta hududga ega ichki o’lka. Markaziy Osiyo iliq okean va dengizlardan juda uzoqda, u Hind okeanidan baland tog’lar bilan to’silib qolgan, ammo shimol tomoni ochiq bo’lganidan unga SHimoliy muz okean tomonidan sovuq havo massalari bemalol kirib kelaoladi.

Markaziy Osiyo o’lkasining asosiy tabiiy-geografik xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Okeanlardan uzoqda va berk havzada joylashgan.

2. Iqlimi keskin kontinental.

3. SHarq va janub tomonlari baland tog’lar bilan o’ralgan bo’lsa, shimoli va g’arbi ochiqdir.

4. Tekisliklarida kenglik, tog’larida balandlik mintaqalari xosdir.

“Dengiz bo’ylab savdo sotiqni muximligini o’rgangan Adam Smit O’rta Osiyo va Rossiyaning ayrim xududlariga nisbatan salbiy munosabat bildirgan. Uning fikriga ko’ra Qora va Kaspiy Dengizlaridan tortib Afrika va Osiyoning markaziy qismida joylashgan davlatlarda dengiz yo’li orqali savdo qilish imkoni yo’qligi ushbu davlatlar rivojlanishini ancha yillar ortga qaytarmoqda.”1

“Based on the importance of sea-based trade, Smith drew pessimistic conclusions regarding inland Africa and large parts of Russia, Siberia, and Central Asia:

All the inland parts of Africa, and all that part of Asia which lies any considerable way north of the Black and Caspian Seas, the ancient Scythia, the modern Tartary and Siberia, seem in all ages of the world to have been in the same barbarous and uncivilized state in which we find them at present . . . There are in Africa none of those great inlets . . . to carry maritime trade into the interior parts of that great continent . . . .”1

___________________

1.Gordon L. Clark, Maryann P. Feldman “The Oxford Handbook of Economic Geography”, 2007. 246-page.

MOD hududining rel’efi. Markaziy Osiyo relьefida tekislik va pasttekisliklar, qirlar, adirlar va baland tog’lar mavjud. Markaziy Osiyo hududining markaziy va g’arbiy qismini Turon pasttekisligi, shimoliy-g’arbiy qismini Ustyurt platosi, chekka shimoliy qismlarini qir va platalar, janubiy va sharqiy qismlarini esa tog’lar egallagan. Markaziy Osiyo hududining 2/3 qismini tekislik va pasttekisliklar, 1/3 qismini esa tog’lar ishg’ol etgan. Markaziy Osiyoda quyidagi yirik tekislik va pasttekiliklar mavjud: Kaspiy bo’yi sohili (pasttekisligi), Qoraqum, Qizilqum, Mo’yinqum, Farg’ona, Zarafshon, Surxon-SHerobod, Qashqadaryo, Murg’ob, Tajan vodiylari, Ustyurt, Orqaunguz va Betpaqdala platosi. Markaziy Osiyodagi eng past nuqta (dengiz sathidan 132 metr past) Mang’ishloq yarim orolidagi Qorag’iyo (Botir) botig’idir.

Markaziy Osiyoning sharqiy va janubiy qismlarini Tyanь-SHanь, Oloy, Pomir, Oltoy, Kopetdog’ tog’ tizimlari egallagan.

Tyanь-SHanьning eng baland cho’qqilari G’alaba (7439 m) va Xontangri (6995 m)dir. Markaziy Osiyoning ikkinchi tog’ tizimi Oloy tog’ tizimlaridir. Bu tog’ tizimiga Oloy, Turkiston, Zarafshin, Hisor, Morguzar, Nurota, Boysun, Ko’hitang tog’lari tegishli.

Pomir tog’ tizimi Markaziy Osiyodagi eng murakkab tog’ tizimlaridandir. Bu tog’ tizimiga Oloy orti, Pyotr-1, Darvoz, Vanch, Yazg’ulom, SHug’non, SHohdara, SHimoliy Alichur, Janubiy Alichur, Muzko’l, Qorategin, Bobotog’, Zulmat, Sariko’l, Fanlar Akademiyasi kabi tog’ burmalari kiradi. Pomirning eng baland cho’qqisi Ismoil Somoniy bo’lib - 7495 m. Pomir Markaziy Osiyoda eng baland tog’ tuguni hisoblanadi va baland tog’lardan iborat bo’lgani uchun uni “Dunyo tomi” ham deydilar.

Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar foydali qazilmalarga boy. Xususan, Qozog’iston qora va rangli metallarga boy. Qozog’iston past tog’larida oltin, mis, polimetall ruda konlarining g’oyat katta zahiralari aniqlangan. Toshko’mirning yirik konlari Qaraganda, Ekibastuz va Ubagan ko’mir havzalarida mavjud.

Neftning yirik konlari g’arbiy Qozog’istondagi Tengiz konida (Emba rayoni). Mang’ishloq yarim orolida nihoyatda ko’p. Gazning Mang’ishloq yarim orolida kattagina zahiralari mavjud. Yirik temir ruda konlari Qozog’istonda ochilgan va ishga tushirilgan. Ulardan eng yirigi To’rg’ay supasimon o’lkasida joylashgan Sokolov-Sarbay konidir. (Qozoq magnitkasi).

O’zbekistonning Farg’ona vodiysida neft, tabiiy gaz, har xil tuzlar juda ko’p. Surxondaryo vodiysida ham talaygina neft konlari mavjud. (Tolli, Lalmikor, Kakaydi va boshqalar).

Gazning yirik konlari O’zbekistonning Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari hududida, shuningdek Turkmanistonda, Ustyurtda aniqlangan. Ayniqsa, Gazachakdan, Turkmanistonning Amudaryo sohili qismlaridan yirik gaz konlari topilgan. Qoraqum markazidagi Gugurtdosh (Gavurdak), SHo’rsuv oltingugurt konlari bilan mashhur. Markaziy Osiyo bitmas-tuganmas tuz konlariga boy, bu yerda faqat osh tuzining 300 dan ortiq konlari mavjud. Bu konlar Turon pasttekisligidagi sayoz ko’llarda, Orol ko’li, Kaspiy dengizi sohillarida, Turkmanboshi (Krasnovodsk), Farg’ona, Balxash ko’li , Surxondaryo (O’zbekiston) da rayonlarida ayniqsa ko’p joylashgan.

Qorabo’g’ozgulda tuzining juda katta zahiralari to’plangan. Mang’ishloq yarim orolida, Qoratovda, Amudaryoning quyi qismida Qoraqalpogiston hududida fosfort konlari bor.

G’azg’on, Bo’stonliq, Omonqo’ton, Dushanbe rayonlarida va Qirg’izistonda chiqadigan marmar o’zining nafisligi bilan ajralib turadi.

Markaziy Osiyo shifobaxsh mineral suvlarga ham boy. Tojikistondagi Obigarm, Qirg’izistondagi Oqsuv, Arashon, Jalolobod, O’zbekistondagi Toshkent, CHortoq, Farg’ona, Uchqizil mineral suvlari va issiq buloqlari shular jumlasidandir. Bular turli kasalliklarni davolashda, kurort xo’jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

MOD hududining iqlimi va ichki suvlari. Markaziy Osiyo Yevroosiyo materigining markazida, okeanlardan ancha uzoqda joylashgan o’lka. Markaziy Osiyo hududi to’liq mo’’tadil va subtropik mintaqalarga to’g’ri keladi. Uning geografik o’rni o’ziga xos iqlimning vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Quyidagilar Turkiston iqlimini hosil qiluvchi omillar hisoblanadi: geografik o’rni, atmosfera tsirkulyatsiyasi, rel’efida tekislik va tog’li o’lkalarning mavjudligi.

Markaziy Osiyo iqlimga Arktika havo massalari va tropik havo massalari taьsir etadi.

Yozda cho’llarda havo nihoyatda qizib, issiq harorat kuzatiladi.

Qishda Qizilqum va Qoraqumda qishda eng past harorat – 25C dan 33C gacha boradi. Qishda Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismi muzlaydi. Janubda esa qish birmuncha iliq keladi.

Ichki suvlari. Markaziy Osiyo daryo va ko’llarini suv bilan ta’minlab turuvchi manba tog’lardagi muzliklar, yer osti, yomg’ir va qor suvlaridir.

Markaziy Osiyo tog’larida 4000 ga yaqin muzlik bor. Ularning maydoni 17573 kv.km. muzliklar bitmas-tuganmas suv manbaidir.

Yirik daryolari: Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, So’x, Isfara, Norin, Qoradaryo, Chu, Chirchiq, Talas, Surxondaryo, Murg’ob, Tajan, Atrek, Qashqadaryo, G’uzordaryo, Sheroboddaryo, Ohangaron, Sarisuv, To’rg’ay va boshqalar kiradi.

Ko’llari. Markaziy Osiyoda 1000 dan ortiq ko’l bor. Ular ichida eng yirigi Orol ko’lidir. Ko’lning maydoni qurimasdan oldin 65.458 kv.km.edi. Hozir 15 ming kv.km.

Balxash ko’li dengiz sathidan 340 metr balandda joylashgan. Maydoni 17760 kv. km. Issiqko’l dengiz sathidan 1609 metr balandda joylashgan tektonik ko’l, maydoni 6200 kv. km, eng chuqur joyi 702 metr. Ko’l atrofini Kungay, Terskay Olatovlari o’rab turadi.

Issiqko’lga 80 dan ortiq daryo va soylar quyiladi, lekin bironta ham daryo oqib chiqmaydi. Issiqo’l suvi sho’r bo’lib ichishga yaramaydi.

Sarez ko’li 1911 yil fevralda Pomirning Usoy degan joyida Murg’ob daryosi vodiysiga tog’ning qulashi natijasida vujudga kelgan. Hozir uning uzunligi 100 km.ga yaqin, eni 55 km., chuqurligi 500 m. Ko’l dengiz sathidan 3200 metr balandda joylashgan.

Hisor tog’ tizmalarining shimoliy yonbag’rida morena to’sishdan hosil bo’lgan, go’zal tabiatli Iskandarko’l mavjud. Uning maydoni 4 kv.km., chuqurligi 76 metr.

Suv omborlari. O’simliklarni issiq, namga eng chanqoq davrdarida suv bilan muntazam ta’minlash maqsadida Markaziy Osiyoning bir qancha daryolarida sun’iy ko’llar - suv omborlari bunyod etilgan. Bu asosiy suv omborlari quyidagilar: Ili daryosida -Qopchig’ay, Norin daryosida - To’xtagul, CHirchiq daryosida - CHorvoq, Ohangaron daryosida – Ohangaron, Tuyabo’g’iz (Toshkent dengizi), Qoradaryoda - Andijon, Sirdaryoda -Qayroqqum, CHordara, Zarafshon daryosida - Kattaqo’rg’on va Qo’yimozor, Qashqadaryoda - CHimqo’rg’on, Amu-Qarshi magstrial kanalida - Talimarjon, Surxondaryoda - Janubiy Surxon, To’polang daryosida - To’polang, Amudaryoda - To’yamo’yin, Vaxshda – Norak va Rag’un, Qoraqum kanalida -Havuzxon suv omborlari qurilgan. Suv omborlari ichida eng yiriklari: Qopchig’ay, To’xtagul, Tuyamo’yin, CHordara, Qayraqum, CHorvoq.

MOD hududining tuproqlari, o’simlik va hayvonat dunyosi. Tuproqlari. Tuproq juda murakkab tabiiy hosiladir. Bu geografik komponentning hosil bo’lishi tog’ jinslari yuzasining yemirilishidan boshlanadi. Harorat, namlik va tirik organizmlar ta’sirida yemirilgan tog’ jinslarida o’simlik paydo bo’ladi. O’simliklar nobud bo’lar ekan, tuproqda organik modda qoldiradi. Tuproq hosil bo’lishida iqlim, relьef, mikroorganizmlar, o’simliklar, hayvonlar, inson faoliyatining roli muhim ahamiyatga ega.

Tuproqlar mexanik tarkibiga ko’ra gilli tuproqlar, loyqa tuproqlar, qumoq va qumloq toproqlarga bo’linadi.

O’simliklari. Markaziy Osiyo rel’efi va iqlimining xilma-xilligi bu o’lkada o’simliklar olamining rang-barang bo’lishiga sabab bo’lgan. Bu o’lkada Kavkaz, Eron, Sibir, O’rta yer dengizi bo’ylariga xos bo’lgan o’simliklar uchraydi.

Markaziy Osiyoda 9000 dan ortiq o’simlik turi uchraydi. Mavjud o’simliklarning atigi 10 foizi chalacho’l va cho’l zonasida, qolgan 90 foizi esa tog’li rayonlarda tarqalgan. Markaziy Osiyo o’simliklarining tarqalish xususiyatiga ko’ra 4 ta geografik o’lkaga: dasht; chalacho’l; cho’l; tog’lar o’lkasiga ajratish mumkin.

Dashtda asosan boshoqli o’t o’simliklari, bir yillik va ko’p yillik efemer o’tlar keng tarqalgan.

Tog’larda: Astragul, kavrak, arpag’on, bug’doyiq, zarang, olma, yong’oq, archa, namataklar o’sadi.

Hayvonot dunyosi. Markaziy Osiyo davlatlari hududining hayvonot dunyosi boy va rang-barang bo’lib, ular asosan dasht, chalacho’l va cho’l va tog’ sharoitiga moslashgan. O’lka hayvonot dunyosining aksariyati quruq va issiq yozga, sovuq qishga, suvsizlikka bardosh bera oladi.

MOD aholisi va uning tabiiy o’sishi va zichligi. Iqtisodiy va sotsial yoki umumjahon an’analariga mos ravishda ijtimoiy geografiya fani tizimida aholi nihoyatda muhim va markaziy o’rinni egallaydi.

2015 yil 1 yanvar holatiga ko’ra Markaziy Osiyo hududida 68 million (Qirg’izistonda 5,9 mln., Qozog’istonda 17,4 mln., O’zbekistonda 31,0 mln., Tojikistonda 8,3 mln. va Turmanistonda 5,4 mln.) kishi yashaydi.

“Dengiz bo’ylab savdo sotiqni muximligini o’rgangan Adam Smit O’rta Osiyo va Rossiyaning ayrim xududlariga nisbatan salbiy munosabat bildirgan. Uning fikriga ko’ra Qora va Kaspiy Dengizlaridan tortib Afrika va Osiyoning markaziy qismida joylashgan davlatlarda dengiz yo’li orqali savdo qilish imkoni yo’qligi ushbu davlatlar rivojlanishini ancha yillar ortga qaytarmoqda.”1

___________________

1. 5.Gordon L. Clark, Maryann P. Feldman “The Oxford Handbook of Economic Geography”, 2007. 246-page.

“Based on the importance of sea-based trade, Smith drew pessimistic conclusions regarding inland Africa and large parts of Russia, Siberia, and Central Asia:

All the inland parts of Africa, and all that part of Asia which lies any considerable way north of the Black and Caspian Seas, the ancient Scythia, the modern Tartary and Siberia, seem in all ages of the world to have been in the same barbarous and uncivilized state in which we find them at present . . . There are in Africa none of those great inlets . . . to carry maritime trade into the interior parts of that great continent.”1

Aholining tabiiy o’sishi har ming kishiga hisoblaganda tabiiy o’sish va o’lim koeffisienti Qirg’izistonda 26:8 kishini, Qozog’istonda 19:9, O’zbekistonda 31:7, Tojikistonda 33:9 va Turmanistonda 33:8 kishini tashkil etadi.

O’zbekiston aholisining 45,8 foizi qishloq xo’jaligida, 18,4 foizi sanoatda, 35,8 foizi xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgani holda, bu ko’rsatkichlar Tojikistonda 54,5; 1,8; 28,7; Turkmanistonda 44,2; 19,2; 36,6; Qirg’izistonda 42; 19,2; 38,7 foizni tashkil qiladi.

Markaziy Osiyoda aholi zichligi o’rtacha 1 kv.km.ga 16,5 kishini tashkil qiladi. Masalan, Qozog’istonda - 6 kishini, Turkmanistonda - 11 kishini, Qirg’izistonda - 27 kishini, Tojikistonda - 55 kishini va O’zbekistonda - 67 kishini tashkil qiladi.

MOD aholisining etnik kelib chiqishi va joylashishi.

Boysun tumanidagi “Teshik tosh”g’oridan topilgan Neolit davrida yashagan odam suyaklarining topilishi va boshqa ko’plab etnografik, arxeologik qazilmalar Markaziy Osiyo hududida qadimdan odamlar yashaganlgini isbotlamoqda.

Markaziy Osiyoda hozirgi davrda yashovchi o’zbek, qoraqalpoq, qirg’iz, qozoq, turkman, tojik xalqlarining tarixi bir-biri bilan uzviy bog’langan. Ularning ajdodlari - baqtriyaliklar, sogdiylar, saklar, massagetlar Turkiston va qisman Eronning bir qismi bo’lgan Xuroson hamda Afg’onistonning Hindiqush rayoni hududida istiqomat qilishgan.

XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olindi va bu zaminda Turkiston general-gubernatorligi joriy qilindi.

1917-1924 yillarda Turkiston Rossiya tomonidan qayta ishg’ol qilindi va “O’rta Osiyo” va “Qozog’iston” deb atala boshlandi.

Bugungi Markaziy Osiyoning aholisi etnik kelib chiqishi jihatidan bir xil bo’lgan, asrlar osha (va tinimsiz janglar) mobaynida shakllangan turkiy zabon tilida va unga yaqin bo’lgan tilda gaplashuvchi xalqlardir.

“Qadimdan Markaziy Osiyo aholisining ko’p qismi chavandozlik va qishloq xo’jaligida chorvachilik orqali kun ko’rishgan. Bu sharoit 1920-yilgacha davom etgan. Sovet Ittifoqi tarkib topgandan keyin kuchib yurib, chorvachilik qilishdan dehqonchilik qilishga, shahar va jamoa xo’jaliklariga moslashishga jalb etdi. Hozirgi kunda shaharda yashovchi aholilar mahalliy va rus madaniyati uyg’unligida kun kehcirishdi, bularni ularning keyinishi, kiyim-kechaklari va yashash tarzidan ham bilish mumkin. Sovet tuzumi vaqtida 6 milliondan ko’proq rus va Ukrainlar kochirib opkelingan. Ba’zi davlatlarda rus tili ikkinchi til sifatida foydalaniladi.”1

_____________

1. 6. “World Regional Geography: People, Places, and Globalization” - Prof. Ken Yanow M.S., -, Saylor academy, Washington D.C. 2012. 740-page.

“Most of the groups of Central Asia were nomadic peoples who rode horses and herded livestock on the region’s vast steppes. This way of life continued until the 1920s, when the Soviet Union forced many of the groups to abandon their lifestyle and settle on collective farms and in cities. Most of the people of Central Asia continue to identify culturally with their nomadic past. Central Asians who live in cities often demonstrate a mix of local and Russian culture in terms of dress and food because of the large influx of Russian populations in the region. More than six million Russians and Ukrainians were resettled into Central Asia during Soviet rule. Russian is often used as a lingua franca.”1

Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar

1. Markaziy Osiyo davlatlari ( Tojikiston-143.100; Turkmaniston-488.100; O’zbekiston-448,900; Qirg’iziston-198.500; Qozog’iston-2.717.300) ning umumiy maydoni 3.995.900 kv.km.

2. Markaziy Osiyo xududidagi eng baland tog’lar: Tyanь-SHan, Oloy, Pomir, Oltoy, Kopetdog’ tog’ tizimlari.

Eng baland cho’qqisi Pomirdagi Ismoil Somoniy bo’lib - 7495 m.

3. Qoraqum va Qizilqum cho’llari. Markaziy Osiyodagi eng past nuqta (dengiz sathidan 132 metr past) Mang’ishloq yarim orolidagi Qorag’iyo (Botir) botig’i.

4. Toshko’mirning yirik konlari Qaraganda, Ekibastuz. Neftning yirik konlari Tengiz koni (Emba rayoni).

5. Gazning Mang’ishloq yarim orolida katta zahirsi mavjud. Yirik temir ruda koni To’rg’ay o’lkasidagi Sokolov-Sarbay koni (Qozoq magnitkasi).

6. Daryolari: Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Norin, Qoradaryo, CHu, Talas, Murg’ob, Tajan, Atrek.

7. Ko’llari: Orol, Balxash, Issiqko’l, Sarez, Iskandarko’l, Arnosoy ko’llar tizimi.

8.Suv omborlari: To’xtagul, Tuyamo’yin, Chordara, Qayraqum, Chorvoq.

Mustaqil ta’lim olish uchun savollar.


  • MODlari tarkibiga kiruvchi mamlakatlarga geografik ta’rif bering.
  • MOD hududining yer tuzilishi qanday tarkibda.
  • MOD hududida qaysi foydali qazilmalar eng ko’p uchraydi. .
  • MOD hududining iqlimi va ichki suvlariga ma’lumot ta’rif keltiring.
  • MOD hududining tuproqlari, o’simlik va hayvonat dunyosi bir xildami?

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish