L.Valrasning «Sof iqtisodiy fan elementlari» (1874) asari iqtisodiyot bilimlari
olamida matematikaning shaxdam qadamlariga asos soldi.
Shu sababli u matematik maktabning davomchisi hamdir. Har qanday iqtisodiy tahlilni matematik izohlashga intilish bu maktab va uning izdoshlarining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Valrasning fikricha, har qanday iqtisodiy nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq isbotlash mumkin. Uning o'zi matematika ni yaxshi bilgan va Kurnoni o'zining ustozi deb hisoblagan holda undan ilhomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |