6-Mavzu. Marjinalizm ta'limoti. (2-soat). Reja



Download 34,14 Kb.
bet3/19
Sana29.12.2021
Hajmi34,14 Kb.
#77296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Ma'ruza 6

To'rtinchi. Neoklassiklar iqtisodiy ta'limotlar tarixida alohida o'rin egallagan klassiklardan iqtisodiy liberalizm tamoyillariga sodiq qolishni meros qilish bilan birga tadqiqot mavzuini yanada kengaytirib, unda funksional tadqiqot usulidan va iqtisodiy ko'rsatkichlarni taqqoslash usuli va nihoyat sistemali matematik usuldan keng foydalanishni amalga oshirdilar.

XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta'limotlarning nufuzli maktablaridan biri bo'lgan Avstriya maktabi vujudga keldi. Avstriya maktabini sub'ektiv yoki sub'ektiv-psixologik maktab deb ham ataydilar. Uning mafkurachilari qo'llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi K.Menger (1840-1921) bu g'oyani rivojlantirib, uni sub'ektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga aylantirdi. Evgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix Vizer (1851-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari K.Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), F.Vizerning «Xo'jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to'g'risida» (1884), E.Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-89), «Xo'jalik ne'matlari boyligi nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi» (1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan, Avstriya maktabining ta'limoti Angliya, Germaniya, AQSh va Rossiyada hamda boshqa mamlakatlarda yoyildi. Bu ta'limot iqtisodiyot fanining shundan keyingi rivojiga katta ta'sir o'tkazdi.



Avstriya maktabi iqtisodchilarining asarlarida avvalo siyosiy iqtisod predmeti, uning uslubiy negizlari va tadqiqot usuli to'g'risidagi ta'limot yanada kengaytirildi. Menger va uning tarafdorlari ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqarishning rivojini tartibga soluvchi iqtisodiy qonunlarni siyosiy iqtisod predmetiga kiritmas edilar. Ularning konsepsiyasiga ko'ra siyosiy iqtisod xo'jalik sub'ekti tajribasining butun xilma- xilligi bilan uni idrok etishni o'rganishi lozim edi. Byom-Baverkning da'vo qilishicha, siyosiy iqtisod sub'ekt hislarida iqtisodiy hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo'jalik tadqiqot ob'ekti qilib olinar va shu xo'jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinar edi. Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs - Robinzon xo'jaligi mana shunday xo'jalikning oliy maqsadi deb atalardi (D.Defoning asarini eslang). Avstriya maktabi kapitalistik xo'jalikni mana shunday eng oddiy elementlarning mexanik yig'indisi deb talqin etardi. Umuman iqtisodiyot qonunlarini o'rganish uchun alohida olingan bir xo'jalik (firma, korxona) misolida shu qonunlarni ko'rib chiqish etarli deb hisoblanardi (mikroiqtisodiyot).

Avstriya maktabining nazariyotchilari kapitalizmni faqat bozor munosabatlari bilangina bog'langan yakkaxo'jaliklarning mexanik yig'indisi deb tasvirlab, mehnatning rolini inkor etdilar va kapitalistik ekspluatasiyani niqobladilar. Ular iqtisodiy jarayonni va uning omillarini sub'ektiv idealistik tarzda izohladilar. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning psixologiyasi bu jarayonning asosi deb hisobladilar. Avstriya maktabining namoyandalari ijtimoiy ishlab chiqarish taraqqiyotining ob'ektiv xarakterini va unga xos qonunlarni inkor etib, xo'jalik turmushida iqtisodiyotni rivojlantirishda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyatini belgilaydigan psixologik sabablar hal qiluvchi rol o'ynaydi, deb da'vo qildilar. Iqtisodiy jarayonlarni mana shunday sub'ektiv-psixologik talqin etish Avstriya maktabi metodologiyasining asosini tashkil qildi. Avstriya maktabining nazariyotchilari siyosiy iqtisodni ishlab chiqarishni o'rganishdan «xalos» etib, iste'molni birinchi o'ringa qo'ydilar. Ular individlarning moddiy ne'matlarni iste'mol qilishi xo'jalik faoliyatini tashkil etuvchi asosiy omil deb da'vo qilishdi.


Download 34,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish