6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi


Insonning ko‘p o‘lchovliligi



Download 270,96 Kb.
bet35/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Insonning ko‘p o‘lchovliligi. SHu bilan bir qatorda insonni o‘rganishga nisbatan boshqa ko‘p sonli yondashuvlarni ham qayd etish mumkin bo‘lib, ularning orasida «introvertiv» va «ekstrovertiv» yondashuvlar ayniqsa ajralib turadi.
Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar kabi muhim xususiyatlarini tahlil etib, uni «ichdan» tushunish, anglab etishni nazarda tutadi. Bunda insonning jismoniy va ma’naviy mohiyati haqidagi falsafiy mulohazalar aksariyat hollarda tabiiy fanlarning empirik ma’lumotlariga, avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi, lekin ba’zan mistika, ezoterika, okkultizm bilan belgilanadi. Bunday yondashuvlar ayniqsa nemis antropologlari M.SHeler (1874-1928) va A.Gelen (1904-1976), avstriyalik faylasuf K.Lorens (1903-1989) ijodiga xosdir.
Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish go‘yoki «sirtdan» amalga oshiriladiki, buning natijasida diqqat markazidan uning ijtimoiy va tabiiy mohiyati o‘rin oladi; tegishli mo‘ljallarga muvofiq insonning Xudo, kosmos, universum va shu kabilar bilan aloqasi tahlil qilinadi. Bu erda falsafa ko‘pincha tarix, sotsiologiya, ekologiya, teologiya bilan ittifoq tuzadi, bu hol N.A.Berdyaev, S.N.Bulgakov, S.L.Frank, N.O.Losskiy kabi diniy falsafa vakillari ijodiga ko‘proq xosdir.
SHunday qilib, insonni falsafiy tushunish uchun yagona asos mavjud emas, xuddi shuningdek bunday asos yaqin kelajakda paydo bo‘lishiga umid qilish uchun ham asoslar yo‘q. Hozircha faqat shuni qayd etish mumkinki, diqqat markazidan yuqorida sanab o‘tilganlardan qaysi biri, chunonchi: kosmos, tabiat, Xudo, jamiyat yoki bevosita inson o‘rin olganiga qarab, falsafa tarixida insonni tushunish bilan bog‘liq masalalarni halqilishda asos bo‘ladigan turli falsafiy nuqtai nazarlar farqlanadi. Ularning orasida kosmotsentrizm, teotsentrizm, sotsiotsentrizm va antropotsentrizm ayniqsa keng tarqalgan bo‘lib, turli davrlarda ularning har biri har xil ko‘rinishda namoyon bo‘lgan, lekin inson muammolarini o‘rganuvchi falsafiy konsepsiyalarda doim u yoki bu tarzda mavjud bo‘lgan.
SHarq falsafasida inson. Qadimgi SHarq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo‘lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy bog‘liq deb qaraladi. «Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o‘rtasida, oila, jamiyat, davlatda rioya qilish inson hayotining muhim ma’nosi hisoblanadi; bunga jamiyatda qabul qilingan me’yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va shu kabilarga izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat yaratadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan o‘lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun o‘zini kamol toptirishi lozim. SHu ma’noda mashhur qadimgi xitoy faylasufi Konfutsiy (mil. av. 551-479 yillar)ning fikrlari diqqatga sazovor bo‘lib, u shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o‘rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so‘nggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis bo‘lsa, qalb rostgo‘y va samimiy bo‘ladi. Qalb rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, inson to‘g‘ri yo‘lga kiradi, kamol topadi. Inson to‘g‘ri yo‘lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‘rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi»57.
Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‘ringa qo‘yish, ya’ni antropotsentrizm xosdir. Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining pirovard maqsadi deb e’lon qilinadi. Nirvana jonning shunday birholatiki, bunda har qanday mayllar yo‘qoladi va ichki uyg‘unlik yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va tashqi dunyoga qaram emaslik tuyg‘usi paydo bo‘ladi.
Qadimgi hindlarning boshqa bir diniy-falsafiy ta’limoti –jaynizm nuqtai nazaridan inson o‘zining ma’naviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni nazorat qilish va boshqarishga erishish uchun uzoq va og‘ir yo‘l – jonning erkinlashuvi yo‘lini bosib o‘tishi lozim.
Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida insonni nazariy aql boshqaradi. Jumladan al-Forobiy fikricha «Inson shaxsini shakllantiradigan, uni boshqa maxluqotlardan ajratib turadigan va unda insoniy xislatlarni rivojlantiradigan narsa uning faol aqlidir. Bu kuch avval - boshda faqat qobiliyatdir, bu quvvat o‘ylash, mulohaza yuritishga qobil, ammo hayotga tadbiq etish, ya’ni joriy qilishga qobil emas»58. Aqlni hayotga tadbiq etish uchun, unga tashqi kuch ta’sir etishi kerak, bu esa faol aqldir. Faol aql - mustaqil quvvat bo‘lib, o‘z mohiyati, birinchi, ikkinchi va boshqa sabablar mohiyati haqida fikrlay oladi. Aynan shu faol aql odam imkoniyatlarining tashqi voqealarga ta’sir etishi va uni rivojlantirishga turtki beradi. Forobiy ta’biri bilan «moddiy aqldan amaliy aqlning yuqoriroq pillapoyasiga ko‘tariladi va uning faol aqlga munosabati quyosh bilan ko‘zni solishtirlandek bo‘ladi»59. Agar quyosh bo‘lmasa, inson narsalarni ko‘ra olmaydi. Faol aql quyoshi inson ruhida paydo bo‘lganidan keyin, aqliy quvvat faol aqlga qaraydi. Inson tabiat gultoji, ya’ni aqlli mavjudod. YUsuf Xos Xojib fikricha, inson dunyoda abadiy emas, bu dunyoga kelgan har qanday odam vaqti etgach ketadi. Inson umrining qimmati necha yil yashagani bilan emas, qanday ezgu ishlarni amalga oshirganligi, hayotda qoldirgan izi bilan belgilanadi. U kishi olamdan o‘tgandan so‘ng, bu dunyoda undan ikki xil, biri yomon, ikkinichisi yaxshi degan nom qoladi Inson iloji boricha o‘zidan yaxshi nom qoldirishi, yaxshi olqish olishi lozim deb ta’kidlagan.
Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash bilan band bo‘lgan SHarq tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi dunyo bilan aloqasini tushunishga nisbatan G‘arb falsafasidagidan o‘zgacha yondashuv xosdir. XX asr boshida hind mutafakkiri S.Vivekananda shunday deb yozgan edi: “Inson tabiatni o‘ziga bo‘ysundirish uchun tug‘iladi va bu o‘rinlidir, ammo G‘arb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni tushunadi. Bu tashqi tabiat o‘zining barcha tog‘lari, okeanlari, daryolari, o‘zining cheksiz kuchlari, cheksiz rang-barangligi bilan juda ulug‘vor, lekin undan ham ulug‘vorroq dunyo borki, bu insonning ichki dunyosidir. U quyosh, yulduzlar, er va butun moddiy Koinotdan yuksakroq, bizning shaxsiy jajji hayotlarimizning tor chegarasiga sig‘maydigan dunyodir. G‘arb odami tashqi dunyoda «o‘ziniki» bo‘lganidek, bu ichki dunyoda SHarq odami ham xudi shunday «o‘ziniki»dir. SHu bois... G‘arb ma’naviy dunyo nima ekanligini, xudo nima ekanligini, inson joni nima ekanligini bilmoqchi, dunyoning siri va mazmuni nimada ekanligini anglab etmoqchi bo‘lsa, u SHarq oyoqlari ostiga cho‘kib quloq solishi kerak. Hamonki dunyo hozir ma’lum ma’naviy uyg‘onishga muhtoj ekan, bunda u kuchni SHarqdan oladi”60.
Ibn Xaldun fikricha, inson tabiatida ezgulik va yovuzlik mavjud. Agar odamlar o‘z holiga qo‘yilsa va insoniylik ruhida tarbiyalanmasa, unda Xudo ne’matini qo‘lga kiritish kamdan–kam kishiga muyassar bo‘ladi. Xayr va sharr oralig‘ida qolib, har ikkisidan birini tanlash lozim bo‘lganida, juda kam odam xayr tomoniga o‘tadi. CHunki inson tabiati xayrdan ko‘ra sharrga moyil. Adolatsizlik va boshqalarga hujum qilish insonlarga xos xislat. SHuning uchun badaviy jamiyatda ham, shahar jamiyatida ham kishilarning bir-birlariga jabr qilmasliklariga yo‘l qo‘ymaslik uchun muhim omil mavjud bo‘lishi zarur61. Keltirilgan so‘zlar nafaqat teran ma’noga ega, balki hozirgi dunyoning globallashuvi va yagona insoniyatning shakllanishi nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish