d – investisiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o‘zgarishga ta'sirchanligini
miqdoriy belgilovchi empirik koeffisient.
Grafikdan ye nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasibilan
kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksizko‘p bo‘lganda ham
mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi
tufayli investisiya
xarajatlari ma'lum miqdor bilan chegaralanadi.
4.Investisiyalar dinamikasini belgilovchi foiz ctavkasidan boshqa
omillar. Akselerator modeli.
Investisiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo‘lib
kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investisiya
xarajatlari miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik bo‘lsa, kutilayotgan sof foyda
normasi (KSFN) dinamikasi bilan investisiya xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik
bor.
Agarda kutilayotgan foyda me'yori foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa,
investisiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan
foyda miqdoridan
yuqori bo‘lsa, investisiyalash foydali bo‘lmay qoladi.
Misol uchun, zavodga 100000 so‘mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi
stanokni qo‘llashdan zavod 10000 so‘m sof foyda olgan bo‘lsin. Kutilayotgan sof
foyda normasi quyidagicha aniqlanadi:
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%.
Investisiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi
emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining
o‘zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyasiya darajasi ayirmasi ko‘rinishida
aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo‘lsa, inflyasiya darajasi
yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi.
Investisiya xarajatlari dinamikasiga ta'sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar
kiradi:
1. Soliqqa
tortish darajasi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‘zgarishlar;
3. Mavjud bo‘lgan asosiy kapital miqdori;
4. Investorlarning kutishi;
5. Yalpi daromadlarning o‘zgarishi.
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo
bo‘lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o‘zgarmagan
sharoitda ham) ko‘payishga olib keladi. Bu esa investisiya xarajatlarining ortishiga
turtki beradi.
Investisiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga bog‘liqligini
akselerator modeli aks ettiradi:
I = f(Y), ya'ni investisiyalar (I) YaMM (Y)ning funksiyasi ekan.
Akselerator modelining to‘liqroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
I= Ireja+ γY buerda: γ = ΔI/ΔY=(It –It-1)/(Yt-Yt-1)
Ireja – rejalashtirilgan investisiyalar;Y–YaIM (daromad) hajmi.
Akseletator modelini hisobga olib, investisiya funksiyasini quyidagicha
yozish mumkin:
I = ye - dR + γY
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‘payishiga olib keladi.
Korxona foydasi investisiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak,
bu holatda
investisiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya'ni iqtisodiy
faollik pasayishi sharoitida bo‘sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investisiya
xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaMMning davriy tebranishlari, innovasiyalarni
doim ham bir tekisda bo‘lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy
kutishdagi xavflar tufayli investisiyalar hajmi barqaror bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat
natijasida yuzaga kelgan qulay investisiya muhitiyaxshilandi. jumladan siyosiy va
iqtisodiy barqarorlikning ta'minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor
infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bakk foiz
stavkalarining
pasaytirilishi, investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining
yaratilganliga mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investisiyalar
hajmining o‘sishiga olib keldi(2-diagramma).
2-diagramma
Asosiy kapitalga investisiyalar hajmining yillar davomida o‘sish dinamikasi,
foizda
1.
Manba:B.Yu.Xodiev, A.Sh.Bekmurodov, U.V.G‘ofurov, B.K.Tuxliev.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari»
nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma.– T.:
Iqtisodiyot, 2009. , 32- b.
2008 yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ro‘y berganligiga qaramasdan
asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar 2007 yilga nisbatan 128,3 foizga o‘sdi. Shu
yili moliyalashtirishning barcha manbalari hisobiga iqtisodiyotimizga kiritilgan
investisiyalar hajmi 6,4 milliard AQSh dollariga teng bo‘ldi.
2009 yilda YaIMning o‘sishi 9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bunda
investisiyalarning hissa-si 2,5 foizga teng bo‘ldi( 2007 yilda mos tarzda 9,5 % va 2,1
%).
Ayni paytda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan investisiyalarning
moliyalash-tirish manbalariga, sarflanish ob'ektlariga ko‘ra va texnologik tuzilmasi
ham takomil-lashib bormoqda. Jumladan, korxonalar mablag‘larining jami
investisiyalardagi ulushi orta borib 2008 yilda 44,1% ni (3741,1 mlrd. so‘m), chet el
inuvestisiyalari va kredit-larining hajmi esa 1685,8 million dollarni tashkil qildi. Shu
yili investisiyalarning 75,4 foizi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan
loyihalarga
yo‘naltirildi. Investisiyalar umumiy hajmida texnologik uskunalarning ulushi ortib
bormoqda.
Qisqacha xulosalar
Iste'mol xarajatlarini YaIMning eng yirik komponenti bo‘lib, uning hajmini
avvalo uy xo‘jaliklarining tasarrufidagi daromadi belgilaydi. Aholining daromadlari
miqdori oshib borishi bilan undagi jamg‘armalar ulushi ham oshib boradi.
Iste'mol va jamg‘arish hajmi, shuningdek iste'molchilar boyliklari darajasiga,
narx va soliq o‘zgarishlari, iste'molchilarning qarzi darajasiga va boshqa omillarga
bog‘liq.
Iste'mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik aholi daromadlarining qancha
qismi iste'molga va qancha qismi jamg‘armaga sarflanganligini xarakterlovchi
ko‘rsatkichlardir.
Iste'molga chegaraviy moyillik (MRS) iste'moldagi o‘zgarishlarni ixtiyordagi
daromad darajasidagi o‘zgarishga bo‘lib topiladi. MRS ning katta yoki kichikligi
fiskal siyosat samaradorligini belgilovchi omillardan biridir.
Investisiya yoki kapital qo‘yilmalar
hali buyumlashmagan, lekin ishlab
chiqarish vositalariga qo‘yilgan mablag‘ hisoblanadi. Investisiya xarajatlari
dinamikasi, foiz stavkasi, kutilayotgan sof foyda normasi
va boshqa bir qancha
omillarga bog‘liq.
Investisiya hajmining YaMM hajmiga bog‘liqligini xarakterlovchi model' -
akselerator modeli deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: