Hadislarda ilm olishga bo‘lgan targ‘ibotlar haqida ni malarni bilasiz?
Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʼ-ondan keyin 2-manba hisoblanadi. H. 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. H. 2 turga — H.i qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan H.lar) va H.i nabaviyga boʻlinadi. H.lar eʼti-borga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.
Hadis ilmidan saboqlar
<>. <> degan eʼtiqoddagi kishilar edilar>>.
Imom Buxoriy
8-mavzu:
Islomda ilk bo‘linish qaysi yili bo‘lib o‘tgan?
To’g’ri yo’ldagi halifalar davridan keyin Islom dinidan turli adashgan mashab oqim va firqalar paydo bo’ldiki bulardan Havorijlar, Mo’taziylar Murjialar kabilar Islom birligi va birdamligiga jiddiy zarar keltirdi. Turli bo’linishlarga sabab boldi, ana shundau og’ir paytda sof Islom aqidasini saqlab qolish uchun harakat qiladigan ulamolar yetshib chiqdilar. Ular Qur’oni Karim va Sunnat ta’limotlari asosida Nabiiy s.a v. ning sahobalari uslubida aqida masalarini yorita boshladilar. Ularga “Axli Sunnat val Jamoa” nomi berildi. Keyinroq odamlarga tushunarli bo’lishi uchun matnlarni tabil qilishga ham majbur bo’lindi. Turli kitoblar bitildi. “Axli Sunnat val Jamoa” ning aqida bobidagi ta’limotlari to’lanib tartibga solindi. Nihoyat aqidaviy mashab bo’lib shakllandi va o’z iymomlariga ega bo’ldi.
Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishiga qanday omillar bo‘ldi?
Islom dini kelgandan keyin bir asr o‘tar-o‘tmas turli diniy huquqiy (fiqhiy) maktablarning paydo bo‘lishiga zamin yaraldi. Islom dini jug‘rofiy jihatdan katta hududlarga tarqalib, turli millat va xalqlar bu dinni qabul qilib, uni o‘zlarining hayot tarziga aylantira bordilar. Dindagi xuquqiy masalalarni yechishda esa, asosiy rolni mazhab asoschilari o‘tadi.
Payg‘ambarimiz (alayhis-salom) vafotlaridan keyin to‘rt ishonchli xalifalar, sahobiylar, tobeinlar va ulardan keyingilar “Sunnat”ga tayanganliklari uchun “Sunniylar” yoki “Ahli sunna val-jamoa” nomini oldilar. Davrlar o‘tishi bilan sunniylik yo‘nalishi bo‘yicha turli mazhablar yuzaga keldi. Unga ko‘ra musulmonlarning amal qilishlari uchun har tomonlama qulay, yengil va kamchiliklardan xoli bo‘lgan mujtahidlar tutgan yo‘llariga ehtiyoj sezildi. Payg‘ambarimiz (alayhis-salom) ham hayotda duch kelinadigan masalalar xususida to‘xtalib: “Avvalo Allohning kitobi-Kalomullohga murojaat qiling, Unda nima deyilgan bo‘lsa ana o‘shanga amal qiling, agar Qur'onda biron masalaning yechimini topa olmasangiz, u holda mendan qolgan sunnatimga murojaat qiling, hadislarimdan ham topmasangiz, sahobiylarim aytgan gaplarga ergashing, chunki sahobiylarim yo‘ldagi yo‘lchi yulduzga o‘xshaydilar” deb, marhamat qilganlar. Bu o‘rinda Payg‘ambarimiz (alayhis-salom)ning bir necha minglab sahobiylari bo‘lganligi ma'lum va mashhur.
Do'stlaringiz bilan baham: |