6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
Reja
1.
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning
yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
2.
Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
3.
Pul islohotining o‘tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq
xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari.
4.
Soliq tizimidagi islohotlar.
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi,
uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, xususiylashtirish bu - iqtisodiy
islohotlarning tamal toshidir. Boshqa yosh mustaqil davlatlardan farqli o‘laroq
O‘zbekistonda o‘tish davrida xususiylashtirishni vau-shersiz amalga oshirishga
qaror qilindi. Xususiylashtirish jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik qilish
uchun 1992-yil fevralida Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat
qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda uning vazifalari o‘zgartirilib, u Davlat mulkini
boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat Qo‘mitasi deb atala
boshlandi. Ushbu Davlat Qo‘mitasi maqomining o‘zgarishi muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi, zero u xususiylashtirishning ikkita g‘oyat muhim vazifasini bajarar edi.
O‘zbekiston vaucher tizimidan voz kechgani uchungina emas, balki
xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag‘lar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
uchun berilishi jihatidan ham o‘ziga xos, o‘z yo‘liga ega bo‘lgan davlat sifatida
ko‘zga tashlandi.
Yana shuni aytish lozimki, tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asosini
vujudga keltirish, qonunlar majmuini yaratishni tashkil qilishni uyushtirish uchun
Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish
qo‘mitasi tuzildi.
O‘zbekistonda ko‘p ukladli, davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq
hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi
bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika
hissadorlik jamiyatiga aylandi. Sirdaryo shoyi to‘qish fabrikasi va boshqa qator
korxonalar ijaraga o‘tib ishlay boshladi. Bu yerda to‘plangan dastlabki tajribalar
keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali
foydalanildi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan
tamoyillari eng avvalo mahalliy xususiyatlar va talablarni hisobga olganligi, tag-
zaminli va asosliligi, ayni paytda hozirgi zamon ilg‘or tajribalariga mos kelishi
bilan alohida ajralib turadi. Buni nimalarda ko‘rish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |