6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja



Download 353,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana08.06.2022
Hajmi353,09 Kb.
#643584
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
resources-9

Birinchidan, 
xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki ma’lum mafkura 
manfaati uchun xizmat qilmasligi lozim. CHunki xususiylashtirish eng avvalo, 
mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar mantig‘iga mos bo‘lmog‘i 
kerak edi. O‘zbekistonda davlat «bosh islohotshi» vazifasini amalga oshirar ekan, 
uning xususiylashtirishni o‘zi boshqarib borishi ko‘zda tutildi. SHuning uchun 
O‘zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan voz keshildi. Bu 
boradagi muhim xulosa shundan iborat bo‘ldiki, davlat mol-mulki faqat yangi 
mulkdorga sotish yo‘li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila 
boshlandi. 
Ikkinchi 
tamoyil shundan iborat bo‘ldiki, xususiylashtirishga dasturiy 
yondashuvni ta’minlash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi. 
SHuning uchun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra mulkshilik 
shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga 
bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar 
asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi. 
Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilash 
imkonini beradi. 
Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, 
savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «Kichik xususiylashtirish» jarayonini 
qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-
1993-yillarda 28 ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obekt egasi 
bo‘ldi. Bu jarayon vaqt o‘tgani sayin ko‘paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995-yilda 
8584 ta, 1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obektlar egasi 
bo‘ldi. 
Yuqorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir million kvartira 
xususiylashtirildi yoki O‘zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o‘rtacha 4,7 kishi 
bo‘lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi 
evaziga mulkdorga aylandi. 
1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish 
jarayonini 
yanada 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmonlari 
xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog‘onaga ko‘tarish, uni sifat jihatidan 
yaxshilash imkonini berdi. 


Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalarni oshiq turdagi 
hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayonga aholini va chet ellik 
investorlarni kengroq jalb qilish jarayonini avj oldirish vazifasi qo‘yildi. 
Qimmatli qog‘ozlar va ko‘shmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos 
yaratildi. Davlat mulkini sotish bo‘yicha kimoshdi savdolari va tanlovlari 
o‘tkaziladigan bo‘ldi. 
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila 
boshlandi. Hozirgacha mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga 
doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi. 
Dehqon xo‘jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon 
xo‘jaligi paydo bo‘ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi. 
Mustaqillikning o‘tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming 
300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o‘zida kichik va xususiy korxonalar soni 19 
ming 100 taga ko‘paydi. 1997-yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga 
yetdi. 
1997-yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Agar 1993-
yilda jami korxonalarning 39,4 foizdan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lmagan korxona 
bo‘lsa, 1994-yilda bu ko‘rsatkish 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi. 
Agar 1993-yilda xalq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining 48 foizi nodavlat 
sektorida ishlagan bo‘lsa, ayni paytda ularning 70 foizi mazkur sektorda faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat mahsuloti hajmining yarmidan ko‘pi, qishloq 
xo‘jalik mahsulotining 97 foizi, chakana tovar oborotining 94 foizi, pudrat 
ishlarining 61 foizi nodavlat sektori hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Kichik va xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Ro‘yxatdan o‘tgan Kichik va 
xususiy korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib 160,1 ming birlikka yetdi, bu esa 
respublika hududidagi yuridik shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 
260 mingdan ortiq respublika fuqarosi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni - 1,4 barobar, fermer 
xo‘jaliklari soni - ushdan bir hisobida ko‘paydi. Bu borada izchil siyosat olib 
borilishi tufayli 2007-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda faoliyat 
ko‘rsatayotgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni qariyb 350 
mingtaga yetdi. Bugungi kunda Kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 
42,1 foizni tashkil etmoqda. 2006-yilning o‘zida ushbu sohada qo‘shimcha 
ravishda 290 mingta yangi ish o‘rni yaratildiki, bu ko‘rsatkish mamlakatimizda 
oshilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. 
Xususiy sektor, Kichik biznes iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning faol 
harakatlantiruvchi kuchiga aylanganicha yo‘q. SHuning uchun yaqin yillar ishida 
mulkchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, mulkdor huquqlarini amalga 


oshirish va himoyalash uchun yanada kuchliroq kafolatlarni yaratish bo‘yicha keng 
ko‘lamli dasturni amalga oshirish kerak bo‘ladi. 
SHuni ta’kidlash lozimki, bularning barchasi o‘zining ijobiy natijasini berdi. 
Faqat 2006-yilning o‘zida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 
qo‘shimcha ravishda 290 ming yangi ish o‘rni yaratildi, bu esa mamlakatimizda 
oshilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. 
Ayniqsa, 2006-yilda yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalashish negizida 
kasanachilik faol rivojlanib, buning natijasida 60 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil 
etildi. 
Katta sarmoya, mablag‘ talab qilinmaydigan kasanashilikni yo‘lga qo‘yish 
maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh 
va uskunalar qo‘lidan ish keladigan odamlarga, oilalarga berildi. Natijada 60 ming 
odam, 60 ming oila qo‘shimcha daromadga ega bo‘ldi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
huquqiy davlat, demokratiq adolatli jamiyat qurish-ga kirishdi. 
Birinchi Prezident I. Karimov o‘zining «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish yo‘lida» nomli kitobida yozganidek 

Download 353,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish