«О‘zbekinvest Interneyshnl»
qо‗shma kompaniyasi tashkil etildi va faoliyat kо‗rsatmoqda.
Chet el investitsiyasini О‗zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita
investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz
beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida
amalga oshirildi. Respublikamizda yaratilgan qulay vaziyat va rag‗batlantirish
tadbirlari natijasida iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmog‗i yildan
yilga о‗sib bormoqda. О‗zbekistonga eng kо‗p sarmoya kiritayotgan mamlakatlar
qatoriga Rossiya, Yaponiya, Angliya, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa
mamlakatlarni kiritish mumkin.
Dastlab chet el investitsiyalari davlatga qarashli yoki davlat ishtirokidagi
og‗ir sanoat korxonalariga jalb qilindi. Iqtisodiy islohotlarning keyingi
bosqichlarida chet el investitsiyalari kichik va о‗rta biznesga, xususiy sektorga
keng jalb etildi. Chet el investitsiyalari ishtirokida barpo etilgan va faoliyat
yuritayotgan qо‗shma korxonalar soni 2002 yil boshlarida 2087 taga yetdi.
Ularning ish va xizmat hajmi 2002 yilda 1044 mlrd sо‗mni tashkil etdi.
―Ro'yxatdan o'tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2020-
yil 1-fevral holatiga 11,0 mingtani tashkil etib, ulardan 10,6 mingtasi yoki 96,1 %i
faoliyat ko'rsatmoqda. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan olganda
3,0 mingtaga yoki 37,0 % ga oshganligini ko'rish mumkin‖
2
.
Islohot yillarida kiritilgan investitsiyalar respublikaning energetika,
metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari va boshqa sanoat tarmoqlarining
tanglikdan chiqib о‗zini о‗nglab olishiga, xalq xо‗jaligi uchun zarur mahsulotlar
ishlab chiqarish suratlarini izchil о‗sishiga kо‗maklashdi.
3. Sanoat sohasinining rivojlanishi. Yoqilg’i energetika sohasi rivoji.
Mustaqillikning davtlabki yillaridan boshlab iqtisodiyotning hayotiy muhim
tarmoqlarini rivojlantirish bilan bir qatorda mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga
erishishga alohida e‘tibor qaratildi. О‗zbekiston hududida 2 trillion kubometrga
yaqin gaz zaxiralari, 160 dan ortiq neft koni mavjud. Biroq mamlakat neft
mahsulotlari ishlab chiqarish bо‗yicha qaram bо‗lgan. Xususan, XX asrning 90 –
yillari boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600
ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun
berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi.
О‗zbekistonning neft mustaqilligini ta‘minlash asosiy vazifalardan biri
sifatida ilgari surildi. Respublikada tarqoq holda faoliyat yuritayotgan neft hamda
gazni qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari 1992 yilda tashkil etilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |