Evolyuta va evolventa
Biror ℓ egri chiziqning hamma nuqtalari uchun egrilik markazlari yasalsa, ularning toʻplami ℓ1 egri chiziqni hosil qiladi. Bu ℓ1 egri chiziq berilgan ℓ egri chiziqning evolyutasi deb ataladi (10.4-rasm). ℓ egri chiziq ℓ1 evolyutaga nisbatan evolventa deyiladi. Evolyutaning urinmalari ℓ evolventaning normallaridir. Evolyuta urinmalarida cheksiz koʻp evolventalar joylashgan boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham evolyuta oʻz evolventasini aniqlay olmaydi, lekin evolventa oz evolyutasini aniqlay oladi.
Qoʻsh nuqta. Yarim urinmalar qarama-qarshi yoʻnalishga ega, normallar ustma-ust tushadi, egrilik markazlari esa har xil joylashadi (10.5-rasm);
Egilib otish nuqtasi. Yarim urinmalar ham, normallar ham qarama-qarshi yoʻnalishda boʻladi (10.6-rasm);
Birinchi turdagi qaytish nuqtasi. Yarim urinmalar ustma-ust tushadi va bir xil yoʻnalishda boʻladi, normallar qarama-qarshi yoʻnalishda boʻlib, bir chiziq ustida yoʻtadi (10.7-rasm);
Do'stlaringiz bilan baham: |