8.MAVZU: Inson hayotida xotiraning ahamiyati
Reja:
1. Xotira to’g’risida umumiy tushuncha. Inson hayotida xotiraning ahamiyati
2. Xotiraning fiziologik asoslari, assotsiatsiyalar.
3. Tasavvurlar va ularning turlari
Tayanch tushunchalar: Xotira to’g’risida umumiy tushuncha,inson hayotida xotiraning ahamiyati,xotiraning fiziologik asoslari, assotsiatsiyalar,tasavvurlar va ularning turlari
Xotira – bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizgaaloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir. Tevarak-atrofdagi biz idrok qilgan narsa va hodisalar ongimizda izsiz yo‘qolib ketmaydi, balki miya po‘stlog‘ida obrazlar tarzidasaqlanib qoladi. Keyinchalik narsa va hodisalarning o‘zi ko‘z oldimizda bo‘lmagan paytda ham biz bu obrazlarni ongimizda qayta tiklay olamiz. Odatda biz biror-bir ma’lumotni o‘qiydigan bo‘lsak, uni hech bir o‘zgarishsiz eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajablanarlisi shundaki, borgan sari ma’lumot ma’lum o‘zgarishlarga yuz tutib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq bo‘lib saqlanadi. Ba’zi bir ma’lumotlar xohlasak ham xotiradan o‘chmaydi, boshqasini esa juda qattiq xohlasak ham kerak paytda yodimizga tushira olmaymiz. Ma’lum bo‘lishicha inson miyasi har qanday ma’lumotni saqlab qoladi. Agar shu ma’lumot biror sabab bilan odamga kerak bo‘lmasa yoki o‘zgarmasa, u ongdan tabiiy tarzda yo‘qoladi, lekin har doim ham bizning professional faoliyatimiz manfaatlariga mos ma’lumotlarni esda saqlash juda zarur va shuning uchun ham ko‘pchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Inson xotirasining yaxshi bo‘lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko‘rgan-kechirganlarimizning mazmuni to‘laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog‘liq: – esda saqlab qolish bilan bog‘liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga; – shaxsning o‘zi shug‘ullanayotgan ishga nechog‘liq qiziqish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga; – shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatiningqandayligiga; – shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga; – irodaviy kuchi va intilishlariga.
O‘tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo‘lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirish yoki unutish xotira deb ataladi. Tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilar ta’sir ko‘rsatishi tufayli miyaga keluvchi qo‘zg‘alishlar miyada «izlar» qoldiradi, bu izlar-uzoq yillar (ba’zan butun hayot) davomida saqlanib qoladi. Yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alishlar uchun go‘yo yo‘l ochiladi, buning natijasida nerv bog‘lanishlari keyinchalik oson va tez vujudga keladi. Agar qo‘zg‘alishlar takrorlanib tursa nerv bog‘lanishlari saqlanadi va jonlanadi, aksincha qo‘zg‘alishlar takrorlanmasa nerv bog‘lanishlari so‘nadi. Nerv bog‘lanishlari so‘nsa ilgari esda qoldirilgan ma’lumotlar unutiladi. Vaqtincha nerv bog‘lanishlarining vujudga kelishi va saqlanishi xotiraningfiziologik asosini tashkil etadi. Xotiraning mohiyati narsa va hodisalar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat ekanligini qadim zamonlardayoq greklar tushunib yetgan edilar. Bunday aloqalar assotsiatsiyalar deb atab kelinadi. Assotsiatsiyalar uch xil bo‘ladi:
Izdoshlik – (yoki ketma-ketlik) assotsiatsiyasi, masalan: biror hodisa esga keltirilgan paytda, shu davrda yuz bergan boshqa faktlar ham xotirada gavdalanadi.
Kontrastlik – shovqin-suronli shaharga kelib qolsam tinch qishloq hayotini eslayman.
O‘xshashlik – tanishimni portretini ko‘rsam uni o‘zini ham eslayman.
Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qayta gavdalanishiga tasavvur deb ataladi. Tasavvurlar tufayli ayni paytda ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan lekin ilgariidrok qilgan narsalarni aks ettira olamiz. Tasavvurlar va uning turlari Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari asosidaamalga oshiriladi. Odatda mazmun jihatidan ikki xil tasavvur,ya’ni xotira tasavvuri va xayoliy tasavvur farqlanadi. Xotiratasavvuri ilgari idrok qilingan, ya’ni ilgari o‘z shaxsiy tajribamizda bo‘lib o‘tgan, lekin hozir ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan narsalarning obrazlarini ongimizda gavdalantirishdan iboratdir. Masalan, birinchi marta maktabga borganimizdagi taassurotlarni ongimizda qayta tiklashimiz xotira tasavvuri bo‘ladi. Xayoliy tasavvur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo‘lib, ongimizdagi bilimlarimiz, tajribamiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shupaytgacha turmush tajribamizda uchratmagan narsalarning obrazlarini yaratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan tasavvurdir. Masalan: matndagi obrazlarning tasvirlanishiga qarab, ular obrazlarining ko‘z oldimizda paydo bo‘lishi xayoliy tasavvurga misol bo‘la oladi. Tasavvurlar narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish orqali hosil bo‘lishidan tashqari so‘zlar orqali, ya’ni so‘z bilan bironnarsani tasvirlab berish orqali ham hosil bo‘lishi mumkin. Tasavvur obrazlarining to‘la va ravshan bo‘lishi birinchi navbatda idrokning chuqur va to‘laligiga bog‘liqdir. Unchalik e’tibor bermay pala-partish idrok qilgan narsalardan hosil bo‘lgan obrazlar juda xira bo‘ladi. Binobarin, bunday obrazlar tasavvurda qayta tiklanganda undan ham xira va noaniq bo‘ladi. Bundan tashqari tasavvur obrazlarining sifati odamning ayni chog‘dagi ahvoliga, his-tuyg‘ulari va diqqatiga bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, tobi qochib kayfiyati buzilib (ko‘ngli biron narsaga g‘ash bo‘lib), diqqati chalg‘ib turgan paytida odam idrok qilgan narsalarini yaxshi va osonlik bilan tasavvur eta olmaydi. Idrok qilish jarayonida qaysi sezgi a’zosining ustunlik qilishiga qarab tasavvurlar quyidagi turlarga bo‘linadi: ko‘rish tasavvuri, eshitish, hid bilish tasavvurlari, ta’m bilish tasavvuri, harakat tasavvuri va shu kabilar. Odamlarning kasbiga qarab tasavvurlarning ayrimlari nisbatan kuchli rivojlanadi. Masalan: rassomlarda ko‘rish tasavvuri, kompozitor va sozandalarda eshitish tasavvuri,raqqosalarda harakat tasavvuri nisbatan ustun turadi. Tasavvurlar yakka va umumiy tasavvurlarga bo‘linadi. Yakka tasavvur deb birorta yakka narsa yoki hodisaning obrazini tasavvur qilishga aytiladi. Masalan: tanish bo‘lgan odamlar (o‘rtog‘i, sinfdoshi haqidagi) va shaxsiy narsalari haqidagi (avtoruchkasi, portfeli kabi) tasavvurlar. Umumiy tasavvur deb bir jins, bir tur, bir guruhni tashkil qilgan narsalarning obrazlarini tasavvur etishga aytiladi. Masalan: umuman odamni, umuman daraxtni yoki umuman o‘simlikni tasavvur qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |