7. MAVZU:Bolalarda idrokning rivojlanishi
REJA:
Idrokning rivojlanishi
Idrokning faoliyatida bolalar ongi
Bola uch yoshga to‘lib bog‘chaga qatnay boshlagach, birinchidan, bolaning faoliyat darajasi juda kengayib ketadi, ikkinchidan, nutqi g‘oyat zudlik bilan o‘sa boradi. Buning natijasida bola juda ko‘p narsalar bilan mustaqil hamda bevosita munosabatda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bola hayotidagi bu o‘zgarish o‘z navbatida uning idrokiga ta’sir etmay qolmaydi. Ular kundalik faoliyatlari davomida juda ko‘p narsalar bilan to‘qnashadilar. Shunday bo‘lishiga qaramay katta yoshdagi bog‘cha bolalari ham o‘zlari idrok etayotgan narsalarning nima ekanligini har doim kattalarning yordamisiz bilavermaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasi (nutq)ning roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, tevarak-atrofdagi narsalarni anglab idrok qilishda faqat narsaning o‘zigina emas, balki uning nomi ham birga qatnashadi. Bolalar idrokini takomillashtirish maqsadida uyushtiriladigan ekskursiyalarda (hayvonlar va o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirishda) bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasining rolini oshirishga intilish kerak. Chunki, qo‘zg‘atuvchilarning (ya’ni ekskursiya paytidako‘rsatilayotgan narsalarning) ayni bir paytda har ikkala signallar sistemasiga barobar ta’sir etishi idrok qilinayotgan narsalarning butun va to‘la-to‘kis aks etishini ta’minlaydi.Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining xarakterli tomonlaridanbiri shundaki, ular turli narsalarni idrok qilishda bu narsalarning ko‘zga tashlanib turadigan belgilariga asoslanadilar. Biroq tajribalari hali yetarli bo‘lmagani, ya’ni ko‘p narsalarning mohiyatiga mutlaqo tushuna olmasliklari tufayli narsalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va umumiy belgilarni aks ettira olmaydilar. Ular narsalarni idrok qilishda faqat aniq tasavvurlarga asoslanadilar. Shu sababli bog‘cha yoshidagi (xususan kichik bog‘cha yoshidagi) bolalar uchun narsalarning eng asosiy va muhim belgilari ularning rangi va shaklidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar shuning uchun ham o‘xshash narsalarning shaklini bir-biridan bemalol ajrata oladilar. Lekin, bog‘cha yoshidagi kichik bolalar (kichkina guruh bolalari) narsalarning shaklini farqlashda biroz qiynaladilar. Chunonchi, kichik yoshdagi bog‘cha bolalariga mavhum geometrik shakllar yoki ularning rasmi ko‘rsatilsa, ular bu shakllarni o‘zlariga ma’lum bo‘lgan aniq narsalar bilan bog‘lab, ya’ni predmetlashtirib idrok qilishga intiladilar. Masalan, ular aylanani «g‘ildirak», to‘rtburchakni «deraza» yoki «eshik» deb ataydilar. Rus psixologlaridan S.L. Rubinshteyn, S.N. Shabalin va M.N. Volokitinalar tajribalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalar aniq narsalarning shaklinigina emas, balki bu narsalarning qora rang bilan qilgan siluetlariga (andazalariga) qarab ham ularni bir-biridan farqlay oladilar. Bolalar siluetga qarab (ya’ni qora rangda ishlangan quruq shaklga qarab) bu narsalarning nima ekanligini yanglishmay aytib bera oladilar. Bunda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bog‘cha yoshidagi bolalar narsalarning shakllarini ularning mazmuni bilan bog‘liq ravishda idrok qila boshlaydilar. Demak, bog‘cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi turli-tuman narsalarni idrok qilishda shu narsalarning mazmuni, mohiyati bilan organik bog‘liq bo‘lgan shaklga ham asoslanadilar. Kichik guruh bolalari turli geometrik shakllardan qilingan mozaikalar bilan o‘ynaganlarida ularni shakliga qarab, ya’ni to‘rtburchakni to‘rtburchaklar guruhiga, uchburchakni uchburchaklar guruhiga, aylanani aylanalar guruhiga yanglishmay ajratadilar. Bu o‘rinda shu narsa xarakterliki, mozaikadagi geometrik shakllar har xil rangda bo‘lishiga qaramay, ular rangni emas, balki shaklni asos qilib olib guruhlarga ajratadilar. Bog‘chada bolalarning narsalarni shakliga qarab to‘g‘ri farqlay olish xususiyatlarini o‘stirish kerak. Bunga loy yoki plastilindan turli narsalar yasash va rasm chizish mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali erishish mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsalarni chuqur analiz qila olmaydilar. Bolalar idrokidagi bu yetishmovchilik turli rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Bolalar (xususan kichik yoshdagi bog‘cha bolalari) rasmda tasvirlangan narsalarning holatiga va fazoviy munosabatlariga tamomila befarq bo‘ladilar. Ular rasmlarni teskari ushlab ham zavq bilan tomosha qilaveradilar. Buning asosiy sababi rasmni idrok qilishga nisbatan bolalarning analitik munosabatda bo‘lolmasliklaridir. Bolalar rasmda tasvirlangan narsalarni bir-biri bilan ma’lum munosabatda emas, balki tasvirlangan narsalarning hammasini butunligicha idrok qilishga intiladilar. Ularda hali analiz qilish xususiyatlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Kichik guruh bolalari turli geometrik shakllardan qilingan mozaikalar bilan o‘ynaganlarida ularni shakliga qarab, ya’ni to‘rtburchakni to‘rtburchaklar guruhiga, uchburchakni uchburchaklar guruhiga, aylanani aylanalar guruhiga yanglishmay ajratadilar. Bu o‘rinda shu narsa xarakterliki, mozaikadagi geometrik shakllar har xil rangda bo‘lishiga qaramay, ular rangni emas, balki shaklni asos qilib olib guruhlarga ajratadilar. Bog‘chada bolalarning narsalarni shakliga qarab to‘g‘ri farqlay olish xususiyatlarini o‘stirish kerak. Bunga loy yoki plastilindan turli narsalar yasash va rasm chizish mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali erishish mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsalarni chuqur analiz qila olmaydilar. Bolalar idrokidagi bu yetishmovchilik turli rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Bolalar (xususan kichik yoshdagi bog‘cha bolalari) rasmda tasvirlangan narsalarning holatiga va fazoviy munosabatlariga tamomila befarq bo‘ladilar. Ular rasmlarni teskari ushlab ham zavq bilan tomosha qilaveradila
Do'stlaringiz bilan baham: |