6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja


Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/57
Sana13.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#354054
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
Bog'liq
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. 

Kategoriya nima? Bu savolga javob 

berish  uchun  biz  qanday  fikrlashimiz  va  o’z  fikrlarimizni  boshqa  odamlarga 

qanday  yetkazishimizni  ko’rib  chiqamiz.  Biz  tushunchalar,  mulohazalar  va 

mushohadalar  ko’rinishida  fikrlaymiz.  Fikrlash  jarayonining  asosiy  materiali 

tushunchalar  bo’lib,  predmetlar  umumiy  va  muhim  belgilarida  ular  orqali 

fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqyea va hodisalar ma’nosini anglaymiz, 

ularning  o’zimiz  uchun  ahamiyatini  aniqlaymiz.  Tushuncha  va  tushunish 

o’zakdosh  so’zlardir,  shu  sababli  bizning  dunyoni  tushunishimiz,  dunyoga  ongli 

munosabatimiz  inson  ixtiyorida  mavjud  bo’lgan  tushunchalar  apparati  bilan 

belgilanadi.  Biz  o’z  fikrlarimizni  so’zlar  yordamida  ifodalaymiz. 

So’z  –  fikr  va 

dunyo  o’rtasidagi  vositachi

.  U  fikrlash  omili,  fikrni  ifodalash,  uni  boshqalarga 

yetkazish  vositasi  hisoblanadi.  So’z  boyligimiz  qancha  katta  bo’lsa,  bizning 

dunyoni  anglash  borasidagi  imkoniyatlarimiz  shuncha  keng  bo’ladi.  Obyektiv 

borliqni  aniqroq  va  teranroq  aks  ettirish  uchun  inson  fikrlash  mantiqiy 

vositalarining  muayyan  majmuini,  tushunchalarning  muayyan  doirasini  yaratadi. 



Tushuncha  –  bu  shunday  bir  fikrki,  unda  narsaning  takrorlanuvchi  xossalari, 

aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so’z bilan ifodalanadi

. Masalan, 

«talaba»,  «universitet»,  «auditoriya»  so’zlari  muayyan  darajada  umumiy  va 

mavhumdir.  Ammo  shunday  tushunchalar  ham  borki,  ularda  shunchaki  umumiy 

emas, balki o’ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar 

juda  yuqori  darajadagi  mavhumlashtirish  (muayyandan  uzoqlashish)  mahsuli 

hisoblanadi.  

Mana  bunday  mavhumlashtirishning  taxminiy  yo’li:  «bu  atirgul»  («bu»  so’zi 

bilan  aniq  belgilangan);  «atirgul»  (bu  yerda  «bu»  ishorasi  mavhumlashtirilgan); 

«atirgul»  so’zi  «bu  atirgul»  iborasidagidan  umumiyroq  narsani  qayd  etadi. 

Shundan  so’ng  bu  iboraga  «gul»  so’zini  qo’shamiz  va  u  amalda  mavjud  barcha 



gullarni  qamrab  oladi.  Shunday  qilib  biz  gullarning  muayyan  rang-barangligidan 

fikran  uzoqlashamiz,  chunki  e’tibor  barcha  gullarda  mavjud  bo’lgan  umumiy 

jihatga qaratiladi. «O’simlik» so’zi butun o’simliklar dunyosini o’z ichiga oladi va 

yanada  kengroq  mavhumlik  hisoblanadi.  Mavhumlashtirish  (muayyandan 

uzoqlashish)  yo’lida  harakatni  davom  ettiramiz.  Bu  yo’lda  «tirik»  tushunchasi 

yanada umumiyroq bo’ladi, chunki o’simliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot 

dunyosini  ham  o’z  ichiga  oladi.  «Tiriklik»  tushunchasi  mavhumlashtirishning 

yanada  yuqoriroq  darajasida  turadi.  Bunday  tushunchalar  kategoriyalar  (yunon.  – 

asos, umumiy baho) deb ataladi. 

Fikr  bizning  dunyo  bilan  o’zaro  aloqa  qilish  tajribamizni  u  yoki  bu  darajada 

umumlashtiradi.  Dunyo  o’z  xossalari,  narsalari  va  munosabatlarining  rang-

barangligi  jihatidan  cheksiz  darajada  boydir.  Bizning  so’z  boyligimiz  o’zimiz 

yashayotgan  dunyodan  qashshoqroqdir.  Fanda  yangi  kashf  etilgan  hodisalarni 

ifodalash  uchun  mos  keladigan  atamani  topish  zaruriyati  tez-tez  yuzaga  kelishi 

tasodifiy  hol  emas.  Bizning  dunyo  haqidagi  tasavvurlarimizni  ifodalovchi 

so’zlarning  ma’no  boyligi  qancha  aniq  bo’lsa,  tafakkurimiz  shuncha  teranroq 

bo’ladi,  bizning  tushunchalar  apparatimiz  qancha  keng  bo’lsa,  fikrlash 

qobiliyatimiz shuncha teranroq bo’ladi.  

Har  qanday  tushuncha  muayyan  narsalar  va  hodisalarning  jamuljam  ifodasi 

hisoblanadi.  Ammo  uning  hajmi,  ya’ni  unda  fikrlangan  narsalar  va  hodisalar 

miqdori har xil bo’ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga kelgan tilida 

odamlar  kundalik  hayoti  va  faoliyatining  tajribasi  qayd  etiladigan  va  anglab 

yetiladigan tushunchalar mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til 

so’z  boyligining  kengayishi  va  boyishiga  turtki  beradi.  Fan  va  falsafaning 

rivojlanishi  alohida  maqomga  ega  bo’lgan  va  bilish  jarayonida  maxsus 

funksiyalarni  bajaradigan  tushunchalar  shakllanishiga  olib  keldi.  Bu  tushunchalar 

kategoriyalar deb nomlandi.  


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish