6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/57
Sana13.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#354054
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Bog'liq
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Ziddiyatlarning  turlari.

 Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli asoslarga 

ko’ra tasniflanadi. Xususan,  

1) namoyon bo’lish shakliga ko’ra – ichki va tashqi ziddiyatlar; 

2) rivojlanishdagi roliga ko’ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar; 

3) vujudga kelish xususiyatiga ko’ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar; 

4)  jamiyatdagi  tipiga  ko’ra  –  antagonistik  va  noantagonistik  ziddiyatlar 

farqlanadi.

  



Asosiy  ziddiyatlar  strukturaning  qarama-qarshi  tomonlari  o’rtasida,  ikkinchi 

darajali  ziddiyatlar  esa  –  bog’lovchi  bo’g’inlar  o’rtasida  yuzaga  keladi.  Asosiy 

ziddiyatlar  sifatli,  muhim  va  zarurdir.  Asosiy  ziddiyatlarsiz  predmet,  uning  sifat 

jihatidan muayyanligi va yaxlitligi mavjud bo’lmaydi. Ikkinchi darajali ziddiyatlar 

tasodifiy  xususiyat  kasb  etadi,  ularning  borligi  yoki  yo’qligi  predmetning  sifatini 

o’zgartirmaydi.  zaruriy  ziddiyatlar  –  bir  lahzalik  ziddiyatlardir:  ular  ichki  yoki 

tashqi,  asosiy  yoki  ikkinchi  darajali  bo’lishi  mumkin.  Masalan,  inson  hayoti  qil 

ustida  turadigan  avtomobil  halokati  yuz  bergan  paytda  barcha  ichki  ziddiyatlar 

(psixologik  konfliktlar,  stresslar  va  fiziologik  patologiyalar)  ikkinchi  darajali 

ahamiyat kasb etadi.  

Borliqning ichdan ziddiyatligi – obyektiv hodisa, tabiat va jamiyatning asosiy 

va umumiy xossasidir. Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan har kuni 

to’qnash  keladi,  qarorlar  qabul  qiladi,  baholar  beradi,  o’z  qilmishlaridan 

pushaymon bo’ladi, ko’pincha yo’l qo’ygan xatolaridan afsus chekadi. Har qanday 

voqyea,  vaziyat,  taxminning  ichki  ziddiyatlarini  ko’rib,  o’zi  qabul  qilayotgan 

qarorlarning  ijobiy  va  salbiy  tomonlarini  taroziga  solish  tafakkurning  yetuklik 

belgisidir.  

Bizni qurshagan dunyoda ziddiyatlar juda serqirra; ularni turli asoslarga ko’ra 

tasniflash odat tusini olgan 

Yuqorida  aytilganlardan  kelib  chiqib  shuni  qayd  etish  mumkinki,  dialektik 

ziddiyatlilik  qonuni  barcha  narsalar,  tizimlar,  hodisalar  va  jarayonlar  ichki 

ziddiyatlar,  qarama-qarshi  tomonlar  va  tedensiyalar  bilan  tavsiflanishini  nazarda 

tutadi.  Ularning  o’zaro  aloqasi,  ular  o’rtasidagi  «kurash»  o’zgarish  va  rivojlanish 

manbai  hisoblanadi,  ziddiyatlarning  kuchayishiga  sabab  bo’ladi.  Bu  ziddiyatlar 

oxir-oqibatda muayyan bosqichda eskining yo’qolishi va yangining vujudga kelishi 

bilan yechiladi.  

Dialektika  tizimida  bu  qonunning  markaziy  o’rni  nima  bilan  belgilanadi? 

Birinchidan, bu qonun har qanday harakat va rivojlanish manbaini yoritadi, ya’ni 

rivojlanish  nazariyasining  eng  muhim  savollariga  javob  beradi.  Ikkinchidan,  bu 

qonun  dialektikaning  qolgan  barcha  qonunlari  va  kategoriyalarining  asosi 

hisoblanadi.  Ko’rsatilgan  qonunlar  va  kategoriyalarning  har  birida  biz  birlik  va 

kurash  munosabati  bilan  bog’liq  bo’lgan  qarama-qarshiliklarga  duch  kelamiz. 

Uchinchidan,  dialektik  ziddiyatlilik  qonuni  yagonani  tafakkurda  ikkilantirish  va 

uning  qarama-qarshiliklarini  ularning  tahlilini  sintez  bilan  birlashtirish  orqali 

o’rganishni talab qilib, bilish dialektik metodining bosh mazmunini belgilaydi.  

Rivojlanish  manbaini  yorituvchi  dialektik  ziddiyatlilik  qonunidan  farqli 

o’laroq,  miqdor  va  sifat  o’zgarishlarining  bir-biriga  o’tishi  qonuni  rivojlanish 

jarayonining  mexanizmini  yoritadi,  u  qay  tarzda  va  qanday  shakllarda  amalga 

oshirilishini ko’rsatadi (Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo’lishi va 



amal  qilishini  aniqlash  uchun  uning  asosiy  tushunchalari:  sifat,  miqdor,  me’yor, 

sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi. 




Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish