Umumiy o’zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari.
Har qanday
konsepsiyaning mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish ayniqsa
muhim ahamiyat kasb etadi. Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar
nima?
Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida, birinchi
asosni, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi.
Falsafiy nazariya sifatidagi dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning
qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi. Dialektikaning hozirgi
konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik,
tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o’ynaydi. Quyida bu tamoyillarni tahlil
qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |