prinsip obyektlarga xos barcha turli-tuman va qarama-qarshi xususiyatlarni, sifatiy
xolatlarni izoxlashga, ular o’rtasidagi muhim qonuniyatli va muqarrar aloqalarni,
bir holatdan boshqa holatga va o’z ziddiga aylanishlarni aniqlashga imkon beradi.
Bu prinsipning tarixiylik prinsipi bilan yaqinligi va uzviy bog’liqligi shak-
shubhasizdir.
Qarab chiqilayotgan obyektning qarama-qarshi tomonlar va qirralarga ajralishi,
ular o’rtasidagi o’zaro aloqalarni aniqlash zarurati shundan kelib chiqadiki, har bir
narsa qarama-qarshi tendensiyalarni o’z ichiga oladi. Nisbatan barqaror tizim
bo’lgan har bir obyekt o’zini tashkil etgan elementlarning ichki o’zaro harakati
hamda uning boshqa obyektlar bilan o’zaro ta’siri natijasida uzluksiz o’zgarib
boradi va shu bilan birga o’zini, saqlab qolgan holda ma’lum vaqtgacha
o’shandayligicha qoladi.
Biroq madomiki har bir narsa qarama-qarshiliklar birligi sifatida real mavjud
ekan, ularning o’zaro ta’siri (kurashi) davomida harakatda bo’lar, o’zgarar ekan,
narsaning mohiyatini bilish uning qarama-qarshi tomonlarga ajralishini,
rivojlanishning qarama-qarshi tendensiyalarini aniqlashni va undan obyektga hos
sifatiy va miqdoriy ko’rsatkichlarni chiqarishni taqozo etadi.
Bu prinsip talablari tahlilning har qanday turiga
emas, balki faqat
genetik tuzulmaviy
turiga xosdir, bu tur
asosdan asoslangan narsagacha bilish davomida, boshlang’ich asosdan
tekshirilayotgan birbutunning boshqa tomonlarini keltirib chiqarish jarayonida
amalga oshiriladi. Tahlil va sintez bunday yondashuvda subyekt tafakkurida tadqiq
etilayotgan obyektning rivojlanishi davomida yuz bergan obyektiv ajralish va
birikish jarayonlarini takrorlaydi.
Predmetni tahlil etuvchi fikr harakati va tadqiq etilayotgan predmetning
harakati bu yerda ayni bir bosqich va pog’onalardan o’tadi, ayni bir yo’nalishdan,
ayni bir yo’ldan boradi. Madomiki tafakkur o’z harakati bilan ongda predmetning
o’z rivojida bosib o’tgan barcha asosiy bosqichlarni takrorlar ekan, tafakkur
natijalari ham predmetning rivojlanishi natijalarini muayyan aniqlik bilan
takrorlaydi. Bilish jarayonida tahlil bilan sintezning qo’shilishiga obyektning
vujudga kelishining obyektiv ichki (ya’ni immonent xos) mantiqi, obyektning
rivojlanishidagi
differensiyalashtiruvchi
(ajratuvchi)
va
integrasiyalovchi
(biriktiruvchi) tendensiyalarning o’zaro aloqasi sabab bo’ladi.
Tizimiylik prinsipi o’rganilayotgan voqyelikni universal
kategoriyalar (tushunchalar) va qonunlar tizimida ayrim
elementlar va tomonlarga ajratilgan
yaxlit tizim
sifatida qayta
tiklashni talab qiladi. Bu tizimda har bir element, har bir tomon va qirra o’zining
shu tizimning paydo bo’lish va yashash, mavjud bo’lish qonunlari taqozo etgan,
Do'stlaringiz bilan baham: