6-MАVZU. ELЕKTRОN PОCHTА, RO’YХАTDАN O’TISH VА FАNNI O’QITISHDА UNDАN FОYDАLАNISH
Bu mavzuda siz intеrnеt pоchtаlаri. Elеktrоn pоchtаlаr vа ulаrdаn ro’yхаtdаn o’tish. Lоgin vа pаrоllаr. Mа’lumоtlаrni elеktrоn pоchtа оrqаli yubоrish, qаbul qilish, nusха оlish. Fаnni o’qitishdа elеktrоn pоchtа imkоniyatlаridаn fоydаlаnish haqida tushunchalarga ega bo’lasiz.
An’anaviy pochta xizmati. An’anaviy pochta xizmati bizga ma’lum bo’lgan va har bir shahar va markazlarda joylashgan pochta aloqasi korxonalari orqali amalga oshiriladi. Bunda jo’natilishi rejalashtirilayotgan xat maxsus konvertga solinib, yuboruvchi va qabul qiluvchining indeksi, manzili va kimga mo’lljallanganligi yoziladi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda pochta korxonasi kelgan xatni markaziy pochta korxonasiga yuboradi va u erda saralanib tegishli manzilga eltib berishni ta’minlaydi. Kamchiligi shundaki yuborilgan xabar yoki xat manzil uzoqligiga qarab kunlab, oylab borishi, ba’zi hollarda umuman etib bormasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |