О‘qituvchining diqqаti vа dаrs jаrаyonidа undаn fоydаlаnish yо‘llаri



Download 338,04 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi338,04 Kb.
#308807
  1   2
Bog'liq
Slayd ПП 201


П П-201 гурух Ибрагимов Хусниддин

“О‘qituvchining diqqаti vа dаrs jаrаyonidа undаn fоydаlаnish yо‘llаri.”

О‘qituvchining diqqаti vа dаrs jаrаyonidа undаn fоydаlаnish yо‘llаri.

Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati- bu qobiliyat bir vaqtning o’zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida g’oyat muhim ahamiyatga egadir Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zining diqqat e’tiborini o’quv materialini qanday bayon etilishiga , uning mazmuniga, o’z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishiga yki o’quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan toliqmaganliga e’tiborli yoki e’triborsizligiga, darsni tushunish tushunmasligiga ahamiyat berib, o’quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o’zining shaxsiy xulq atvoriga ( yurish turishiga, o’zining qanday tutishiga, mimika va pontamimikasiga ) e’tibor beradi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qobiliyatlardan tashqari o’qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik, kabi qator ijobyuiy xislatlariga ega bo’lishi lozim. U o’quvchilarni tarbiyalar ekan, o’zining xulq- atvori, yurish- turishi, xullas, butun o’qituvchilik shaxsi bilan o’quvchilarga o’rnak bo’lishi kerak. O’qituvchining o’zini qo’lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa qilib, shuni aytish joizki, o’qituvchining barcha ijobiy, umum insoniy axloq me’yorlariga mos keluvchi xislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi xislatlarni olib qaraydigan bo’lsak, bularning barchasi ham o’ta muhim omillardir. Jumladan,o’qituvchining tashqi qiyofasi uning obro’si shakllanishiga ta’sir etadi. O’qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta- saranjonligi, sipogarchiligi, uning qiliqlari, o’zining chiroylik tutishi, uning qaddi- qomati va yurish- turishlari o’quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi.

O`qituvchining diqqatini to`g`ri taqsimlash qobiliyati dеganda diqqatni barcha xususiyatlarining ham hajmi, ham uning kuchi, ham ko`chuvchanligi, ham idora qilina olishi, ham ishga solinishining taraqqiyo etgan bo`lishi muhimligini tushunamiz. O’qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari – hajmi, kuchi, ko’chuvchanligi, idora qilina olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. O’qituvchi avvalo o`z diqqatini va o`quvchilar diqqatini tashkil qila olish, diqqatni taqsimlay olish, ta`limda birorta ham jarayonni diqqat e`tibordan tushurib qoldirmaslik va ularni diqqat hajmiga sig`dira olishi, taqsimlash, shuningdek, o`quvchilar qanday diqqat (ixtiyorsiz, ixtiyoriy, beqaror, barqaror va h.z.) bilan darsda o`tirgan bo`lsa o`sha diqqat xususiyatidan foyadalanib ish ko`rish qobiliyatidir. Rossiyalik psixolog I.V.Straxov bu qobiliyatni diqqatni taqsimlash qobiliyati deb ko`rsatadi.

Diqqatni to’g’ri taqsimlash.



O’z  diqqatini  taqsimlashni  bilmaydigan  o`qituvchi  darsda  juda  qiynaladi. U diqqatini  bir  narsaga, doska oldidagi  o`quvchi   bilan  band  qiladida,  boshqa  o`qituvchilarning  nima qilayotganligini ko`rmaydi, sinfda, intizom izdan chiqadi. O`quvchilarning  yozma ishlarini e`tibor bilan tekshirish o`qituvchidan diqqatning nihoyatda kuchli  va  chuqur  bo`lishini  taqazo  qiladi. Tajribali  o`qituvchilar  bir  o`quvchidan  so`raganda, boshqasini doskaga chiqaradi, uchinchisiga qaraydi, to`rtinchisining  yoniga  boradi, beshinchisiga individual  topshiriq  beradi  va  hakozo.  Bularning  barchasi  ortiqcha  ogohlantirishsiz  bajariladi  va qolgan o`quvchilar  ham  diqqat  ko`lamidan  chetga  qoldirilmaydi. Bu,  birinchidan,  ta`lim tarbiya vazifalarining muvaffaqiyatli bajarilishining ta`minlasa, ikkinchidan o`quvchilar diqqatining o`quv faoliyatiga  har  doim  faol  yo’naltirib borilishi  natijasida   ularda  ixtiyoriy  barqaror  diqqat tarbiyalanib  boradi.  Demak,  ta`lim-tarbiyadagi  muvaffaqiyat  o`qituvchi  diqqati  va kuzatuvchanligining yuqori sifatga ega bo`lishiga ham  bog`liqdir. 






Download 338,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish