6-Mavzu: Dukkakli don ekinlarining xalq xo’jaligidagi axamiyati,mevalar va rezavor mevalarning ahamiyati ularning guruhlari biologic xususiyatlari Reja



Download 2,71 Mb.
bet4/5
Sana23.03.2022
Hajmi2,71 Mb.
#507104
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-Ma'ruza

Qulupnay.
`zbekistonda o`stiriladigan rezavor meva o`simliklari ichida qulupnay ko`p tarqalgan o`simlik hisoblanadi. Mamlakatimizning tuproq-iqlim sharoitida qulupnay may oyining birinchi o`n kunligida pishadi. Mevasining mazasi, parhez uchun iste`mol qilinishi, texnologiya sifati va rangining chiroyliligi jihatidan yuqori baholanadi. Qulupnay mevasining tarkibida 4–11 foizgacha qand, 0,3–1,6 foizgacha kislota, 0,1–0,4 foiz oshlovchi va bo`yoq moddalar bo`ladi. Qulupnayning 450 ga yaqin turi mavjud. O`zbekistonda esa uning 42 turi hamda jaydari turlari ekiladi va keng tarqalgan navlarga quyidagilar kiradi: Zengazengana, Kulver, Madam Muto, festivalniy, Dilbar, Uzbekistanskaya, Pamyat Shredera va boshqa mahalliy navlar.

Sitrus o`sımlıklar


Sitrus avlodi rutedoshlar oilasiga kiradi va 33 avlod, 250 turni o`z ichiga oladi. Bular yovvoyi holda asosan Osiyodagi, Zond arxipelagi va boshqa yerlardagi musson shamoli esadigan joylarda o`sadi. Vakillari boshqa joylarda uchramaydigan o`ziga xos, rezavorsimon meva tugadi. Mevasi po`stli yoki qalin etli bo`ladi. Ular meva barglarining ichki devorlarida sersuv o`simliklar shaklida hosil bo`ladi. Madaniy sitrus o`simliklar mevasi uch qavatdan tuzilgan. Tashqi qavati qalin, tig`iz, zarg`aldoq rangda bo`lib, unda efir moylari saqlanadigan ko`p hujayrali bo`shliqlar mavjud.
Ichki qavati (endokarniy) yoki mevaning eti pallaga bo`lingan va har bir pallasi po`stga o`ralgan. Bu pallalar urchuqsimon ko`pgina o`siqlardan hosil bo`ladi, bu o`siqlar shira xaltachalari deyiladi, ular guj shira massasini hosil qiladi. hujayra shirasi tarkibida shakar, organik kislotalar va boshqa moddalar mavjud bo`ladi.
Bularga limon, apelsin, mandarin, greypfrut kiradi.
Sitrus mevalarda urug`lar miqdori har xil bo`ladi. Ayrim navlari urug`siz, boshqa navlari esa juda serurug` bo`ladi. O`zbekistonda sitrus o`simliklar har xil shakldagi usti yopiq joylarda ekib o`stiriladi. Ularni ikki asosiy tipga birlashtirish mumkin. Qish davrida isitilmaydigan usti yopiq joy va sovuq vaqtda isitiladigan usti yopiq joylarda yetishtiriladi. Qoplamalarda isitish tizimi bo`lganligidan yilning sovuq davrida sitrus o`simliklarini parvarish qilishning termik sharoitini tartibga solish mumkin. Transheyalarda qish oylaridagi termik rejim yerning va transheyalarda usti yopilgan konstruksiyalarning issiqlik berishiga qarab aniqlanadi. Sitrus o`simliklar transheyalarda qoplamalarga qaraganda anchagina qattiq sharoitda o`sadi.
O`zbekistonda sitrus o`simliklar tarqalgan yildan boshlaboq R.Shreder nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish instituti Markaziy eksperimental bazasida, janubiy O`zbekistonda tajriba stansiyasida va uning Namangan tayanch punktida transheya va qoplamalarda ilmiy amaliy ishlar olib boriladi.
Yangi sitrus mevazorlarini barpo etishda navlarni ishlab chiqarish uchun tavsiya etiladigan nisbatda tanlash, ya`ni 70 foiz limon, 15 foiz apelsin, 10 foiz mandarin hamda boshqa sitrus mevalardan 5 foiz miqdorida ekish kerak
Limon navlari. Meyer navi eng serhosil, ertapishar navlardan biri hisoblanadi.
Limonanj navi limon bilan apelsinning tabiiy duragayi hisoblanadi. Mevasi o`rtacha yiriklikda, yumaloq oval shaklda, tub tomoni biroz ingichka, biroz bo`rtib turadigan so`rg`ichi bor, so`rg`ichi ba`zan noksimon bo`yni uzun bo`ladi. Mevasi erta oktabr oxiri noyabr boshlarida yetiladi. Bu nav juda serhosil bo`lib, transheyada o`stirilganda 9–10 yoshli daraxtlari 200–300, ba`zan esa 500–600 dona meva tugadi. Sovuqqa juda chidamliligi bilan boshqa navlardan farq qiladi.
Villa Frank. Bu limonning tupi o`rta bo`yli, shox-shabbasi yoyiq, serbarg va pishiq bo`ladi. Mevasining vazni o`rtacha 70–80 gramm keladi. Meyer limoniga ulangan Villa frank ekilgandan keyin uchinchi yili hosilga kiradi. hosildorligi o`rtacha bo`lib to`la yoshdagi tuplaridan 150–200 donadan limon olinadi.
Apelsin navlari. Gamlin – apelsinning eng serhosil, ertapishar navi bo`lib, o`rta dengiz guruhiga kiradi. Bu transheyada o`stirish mumkin bo`lgan eng yaxshi nav. Mevasi o`rtacha yiriklikda, ba`zan mayda, vazni 100–130 gr keladi, shakli yassi yumaloq yoki sharsimon. Mevasining umumiy vazniga nisbatan 45–50 foiz sharbat chiqadi. Sharbatida 6,5–7 foiz shakar,
1–1,1 foiz kislota va 50–55 mg C vitamini bor.

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish