Vashington navi Amerikadan keltirilgan. Tupi o`rta bo`yli, bo`yi 3–4 mm ga yetadi, shox-shabbasi yumaloq shaklda, ba`zan keng yoyilgan, tikansiz bo`ladi. Mevasi yirik, vazni 130–150 g, ba`zilari 250–300 g va undan og`ir bo`ladi.
Mevalarining ayrimlaridagina urug` bo`ladi. Ko`pincha mevasining eti quruqroq, bu navning kamchiligi hisoblanadi.
Sochinskiy navi Vashington Navel apelsinning kloni hisoblanadi. Mevalari yirik, vazni 150–200 gr yumaloq shaklda, bunda 45– 50 foiz sharbat ajraladi, uning kislotaliligi 0,9–1,1 foiz. Tarkibida 6,5–7 foiz shakar, S vitamini bor.
Mandarin navlari. Italyanskiy yoki tolbargli mandarinning tupi kichik, shox-shabbasi qalin, serbarg, shoxlari ingichka, mevalari o`rtacha yirik, yassi sharsimon, vazni 65–75 gr. Mevasi tarkibida 20 tagacha urug` bo`ladi.
Italyanskiy mandarin navi transheyalarda o`stirilganda mevasining o`rtacha vazni 70–80 gr, po`stining og`irligi mevaning umumiy vazniga nisbatan 28–30 foizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |