6-mavzu. Badiiy obraz va obrazlilik



Download 76,83 Kb.
bet1/5
Sana01.01.2022
Hajmi76,83 Kb.
#297713
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6 мавзу

6-mavzu. Badiiy obraz va obrazlilik

  • Reja:
  • 1. Badiiy obraz haqida tushuncha. Obrazlilik can’at va adabiyotning bosh xususiyati.
  • 2. Obrazning umumiy turlari: kishilar obrazlari, hayvonlar, narsa-predmetlar va tabiat obrazi (peyzaj).
  • 3. Asarda kishilar obrazi va ularning ifodalanish: personaj, qahramon, xarakter, tip.
  • 4. Tabiat, jonzod va o‘simliklar obrazlari. Majoziy obrazlar.
  • 5. Narsa-predmetlar obrazi. Ramziy obrazlar.
  • 6. Obrazlarning ifodaviyligi: portret, prototip, arxetip.
  • Obraz ruscha so‘z bo‘lib, “manzara”, “ko‘rinish” ma’nolarini ifoalaydi. Obraz badiiy asarning mavjudlik shakli bo‘lib, u aniq bir shaxs, voqea yoki hodisa va tushunchani umumlashtirishi bilan birga tasvirdagi badiiy asarning mohiyatini anglatadi.
  • Badiiy obraz – adabiyot va san’atning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi. Lug‘aviy ma’nosida har qanday aksni bildiruvchi “obraz” so‘zi turli fan sohalarida (falsafa, psixologiya) muayyan terminologik ma’noda qo‘llanadi. Jumladan, estetika va adabiyotshunoslikda u “badiiy obraz” ma’nosida tushuniladi. Badiiy obraz deganda, borliq (undagi inson, narsa, hodisa va h.)ning san’atkor ko‘zi bilan ko‘rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksi tushuniladi. Albatta, bu aksda borliqning ko‘plab tanish izlari bor, biroq endi u biz bilgan borliqning ayni o‘zi emas, balki undan shartlilik asosida ajralgan yangi mavjudlik – badiiy borliqdir. Quronov D. va b. Adabiyotshunoslik lugʻati. T.: Akademnashr, 2010.
  • Xuddi shu hol badiiy obrazni ob’ektiv va sub’ektiv ibtidolar birligiga aylantiradi. Ya’ni, bir tomondan, borliqning aksi sifatida badiiy obraz makon va zamonda mavjud bo‘lgan konkret narsadek his etiladi. Ikkinchi tomondan, u tushuncha, tasavvur, faraz va shu kabi tafakkur unsurlariga xos xususiyatlarga ega: ijodkor badiiy obraz vositasida fikrlaydi, borliqni oddiygina aks ettirmasdan, uni ijodiy qayta yaratadi. Shunga ko‘ra, badiiy obrazning vujudga kelishini quyidagicha sxemada ko‘rsatish mumkin: borliqning hislar orqali ongda akslanishi – tafakkur kuchi bilan o‘z ma’naviy-ruhiy ehtiyojlariga mos ijodiy qayta ishlash va umumlashtirish – konkret his etiladigan tarzda (badiiy obraz shaklida) ifodalash. Konkret his etiladigan tarzda ifodalangan Badiiy obraz qator spetsifik (o’ziga xos, aynan o’zida uchraydigan) xususiyatlarga ega.
  • Avvalo, badiiy obraz individuallashtirilgan umumlashma sifatida namoyon bo‘ladi. Voqelikdagi har bir narsa-hodisada turga xos umumiy xususiyatlar bilan uning o‘zigagina xos xususiyatlar mujassamdir. Narsa-hodisaning umumiy xususiyatlariga tayanuvchi abstrakt tafakkurdan farqli o‘laroq, obrazli tafakkur uning individual xususiyatlariga tayangan holda fikrlaydi. Deylik, fan umuman odam haqida (mas., biolog umuman odamning fiziologik xususiyatlari haqida) so‘z yuritishi mumkin, biroq san’at hech vaqt umuman odam obrazini yarata olmaydi. Shu ma’noda konkretlilik – badiiy obrazning muhim spetsifik xususiyatidir. Misol uchun, A.Oripovning “Ayol” she’ridagi ayol obrazi o‘zida katta badiiy umumlashmani tashiydi va shu bilan birga u o‘quvchi tasavvurida konkret bir inson sifatida gavdalanadi. San’at konkret narsa-hodisaning individual xususiyatlarini bo‘rttirish orqali umumlashtirishga erishadi.
  • Mas., A.Qahhor “O’g‘ri” hikoyasida amin haqida: “og‘zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin baqbaqasini osiltirib kuldi”, “chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga tiqib kuldi” qabilidagi individual belgilarni bo‘rttiradi. Shu individual belgilarni bo‘rttirish bilan adib zamona amaldorlariga xos umumiy xususiyatni – qo‘l ostidagi fuqaro taqdiriga befarqlikni ko‘rsatadi. Ya’ni individuallashtirish hisobiga, bir tomondan, amin obrazi ko‘z oldimizda konkret inson sifatida gavdalanadi, ikkinchi tomondan, obraz badiiy umumlashmalilik kasb etadi. Shu tariqa badiiy obrazda bir-biriga zid ikki jihat (individuallik va umumiylik) uyg‘un birikadi.
  • Shunga o‘xshash, badiiy obraz o‘zida aql bilan hisni ham birlashtiradi, shu bois uni ratsional va emotsional birlik sifatida tushuniladi. Badiiy obrazdagi ratsional jihat shuki, uning yordamida ijodkor o‘zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi. Mas., “Kecha” romanidagi qator obrazlar yordamida Cho‘lpon Turkistonning tarixiy taraqqiyoti masalalari, yurtining ertasi bilan bog‘liq muammolarni badiiy tadqiq etadi, obrazlar tizimi vositasida bu boradagi fikr-qarashlarini shakllantiradi va o‘zi anglagan haqiqatni badiiy kontseptsiya (tugal bir qarash, tizim holidagi badiiy xulosa) tarzida ifoda etadi. Ayni paytda, asardagi obrazlarda adibning hissiy munosabati ham o‘z aksini topgan. Hissiy munosabat badiiy kontseptsiyani shakllantirishda, asar mazmunining o‘quvchiga yetkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Har bir konkret obrazning hissiy tonalligi turlicha bo‘lib, bu, birinchi galda, ijodiy niyat bilan bog‘liqdir. “Kecha”ning boshlanishidayoq Cho‘lpon Zebiga bir turli, Razzoq so‘figa yana bir turli, Akbaraliga esa boshqa bir turli munosabatda bo‘ladi. Voqealar rivoji davomida hissiy munosabatda ham ma’lum o‘zgarishlar kuzatiladi. Jumladan, asar boshlanishidagi Zebiga shaydolik to‘la mehr susayib (adib xarakter mohiyatini xolis idrok etadi), Razzoq so‘fi yoki Akbaraliga nisbatan mazaxli nafrat qisman achinishga (adib ularning taqdiridagi fojelikni kashf etadi) aylanib boradi. Ya’ni xarakter mohiyatiga kirilgani sari hissiy munosabatda o‘zgarish yuzaga keladi. Hissiy munosabatdagi o‘zgarish o‘qish jarayonida kitobxonga ham o‘tadi va ayni shu narsa uni asar mazmunini adib istagandek tushunishiga yo‘naltiradi.
  • Demak, badiiy obrazdagi ratsional (aqliy) va emotsional(hissiy) jihatlar uyg‘unligi badiiy kontseptsiyaning shakllantirilishida ham, ifodalanishida ham birdek muhim ekan.
  • Badiiy obrazning muhim xususiyatlaridan yana biri uning ko‘p ma’noliligi bo‘lib, bu uning metaforikligi va assotsiativligi bilan belgilanadi. Badiiy obrazga xos “metaforiklik”ni “o‘xshashlik” bilangina bog‘lab qo‘ymaslik lozim. Ya’ni “metaforiklik” deganda, badiiy obrazning bir narsa mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochishga intilishi, san’atga xos fikrlash yo‘sini tushuniladi. Chinakam san’atkor nigohi mohiyatga qaratiladi, u narsa-hodisalar orasidagi tashqi o‘xshashlikka emas, nigohimizdan yashirin ichki o‘xshashligiga tayanib fikrlaydi.
  • U biz kutmagan ichki o‘xshashlikni kashf etadi, natijada o‘sha biz bilgan narsa-hodisa ko‘z oldimizda butkul yangicha bir tarzda gavdalanadi, o‘zining bizga noayon qirralarini namoyon qiladi. Mas., shoir (X.Davron) rangtasvir san’ati haqida yozadi: “Musavvir bo‘lmoq ersang, Tilingni sug‘urib ol Va yaradan to‘kilgan qon rangiga quloq sol”. Albatta, rangtasvirda ranglar “gapirishi” hammaga ma’lum, biroq ayni shu fikrni “gapirayotgan qon rangi” obrazi orqali berilgani – kashfiyot, metaforik fikrlash natijasi va xuddi shu narsa bizni hayratga soladi, shuurimizda muqim o‘rnashadi. Mohiyatga qaragan san’atkor qobig‘iga o‘ralib yashayotgan odam bilan sassiq ko‘lmakdagi tilla baliqcha yoxud o‘zida cheksiz kuch-qudrat sezgani holda maqsadsiz yashayotgan odam bilan bemaqsad uchib yurgan burgut orasida (A.Oripov), turg‘unlikning biqiq muhitida yashayotgan ziyoli bilan bir izdan beto‘xtov yurayotgan tramvay (A.A’zam) yoki qatag‘on sharoitida ijod qilayotgan shoir bilan vahshiy qoyalar orasida quyoshga oppoq gul uzatgancha nafis chayqalayotgan na’matak (Oybek) orasida o‘xshashliklar topadi, birining mohiyatini ikkinchisi orqali ochib beradi.

Download 76,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish