6-mavzu. 2-mashg’ulot seminar harbiy xizmatchilarning kasbiy va ma’naviy-axloqiy takomillashuvi jarayoni



Download 83,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana27.05.2023
Hajmi83,21 Kb.
#944511
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-2 мавзу семинар

Mustaqil ta’lim
shaxsning o‘z bilimlarini 
kengaytirish va chuqurlashtirish, mavjud ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish 
va yangilarini egallash bo‘yicha faol, maqsadli faoliyatidir. Mustaqil bilim olish 
faoliyati shaxsning ma’naviy, axloqiy xislatlarini va kasbiy mahoratini 
rivojlantirishga yordam beradi, aqliy salohiyati oshadi, kasbiy mahorati va 
madaniy saviyasi o‘sadi, dunyoqarashi, fikrlash qobiliyati kengayadi. 
Mustaqil ta’lim har bir harbiy xizmatchining doimiy ishiga, odatiga 
aylanishi lozim. Bu jarayon, ayniqsa, askarlar, yosh ofitserlar uchun juda 
muhimdir. 
Mustaqil ta’lim jarayonini qanday tashkil etish kerak, degan savolga aniq 
javob berish, biror ko‘rsatma berish qiyin. Chunki bu jarayon har bir shaxsning 
qiziqishi, imkoniyati, xohishi, ehtiyojiga bog‘liq. Biroq, shunday bo‘lsada, ba’zi 
bir ko‘rsatmalarni berish mumkin:
1. Hozirgi zamon axborot oqimidan to‘g‘ri va samarali foydalana olish 
(ommaviy axborot vositalari, “Internet”, adabiyotlar). 
2. Mustaqil ta’lim dasturlarini tuzish ( ma’lum bir sohalar, yo‘nalishlar 
bo‘yicha va aniq toifadagi harbiy xizmatchilar va ishchi-xizmatchilar uchun). 
3. Tajribali ofitserlar, o‘qituvchilar, instruktorlar bilimidan foydalanish. 
4. Vaqtdan unumli foydalanish (reja asosida ish yuritish, natijalarni tahlil 
qilib borish, o‘z-o‘ziga hisob berib turish va boshqalar). 
5. Ko‘proq o‘qish (ilmiy, metodik, maxsus, o‘quv, badiiy adabiyotlar, gazeta 
va jurnallar). 
6. Ilg‘or tajribani o‘rganish.


16 
2. 
Ofitser pedagogik madaniyatining mazmuni, uni shakllantiri va
rivojlantirish
Tayanch so‘zlar va iboralar: 
Madaniyat; ma’rifat; moddiy madaniyat; ma’naviy madaniyat; pedagogik 
madaniyat; pedagogik yo‘naltirilganlik; keng dunyoqarash; yuksak axloqiylik; 
bilimdonlik, zukkolik va ziyolilik; pedagogik mahorat; yuksak muomala 
madaniyati, so‘zlashish odobi; o‘ziga nisbatan talabchanlik, izlanuvchanlik.
 
Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, yuksaltirish bo‘yicha belgilangan 
masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri xalqning 
ma’naviy, ma’rifiy va madaniy saviyasini o‘stirish hisoblanadi. Chunki xalqning, 
jamiyatning har bir a’zosining ma’naviy, ma’rifiy va madaniy saviyasi qancha 
yuqori bo‘lsa, kadrlar salohiyati shuncha baland bo‘ladi, xalqning turmush darajasi 
oshadi. 
Ma’naviyat, ma’rifat va madaniyat tushunchalarining har biri alohida chuqur 
mazmunga ega bo‘lishiga qaramasdan, ular o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, 
yagona uzilmas zanjirni tashkil etadi, bir-birini to‘ldirib va rivojlantirib boradi. 
Madaniyat haqida so‘z yuritilar ekan, uning marakkab va serqirra ma’naviy-
ijtimoiy hodisa ekanligini, jamiyat hayotini, inson turmushi va ko‘p tomonlama 
faoliyatini aks ettirishini ta’kidlash muhimdir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, 
adabiyotlarda madaniyat ikki guruhga, ya’ni moddiy va ma’naviy madaniyatga 
bo‘lingan va quyidagicha ta’rif berilgan. 
Moddiy madaniyat
deganda mehnat qurollarini, mehnat ko‘nikmalarini, 
shuningdek ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va moddiy hayot uchun xizmat 
qiladigan inson tomonidan yaratilgan barcha moddiy boyliklar tushuniladi. Moddiy 
madaniyat bir necha turga bo‘linadi. Masalan, ishlab chiqarish va texnika 
madaniyati, dehqonchilik madaniyati, mehnatni tashkil etish madaniyati, injenerlik 
madaniyati, pazandachilik madaniyati va boshqalar. 
Ma’naviy madaniyat
ga esa insonning aqliy va ma’naviy yaratuvchanlik 
faoliyatlari va ularning natijalari kiradi. Ma’naviy madaniyat fan, falsafa, san’at, 


17 
adabiyot, axloq, din, huquq, siyosat, maorif, ma’rifat va hokazolar yig‘indisidan 
tashkil topadigan insonning tashqi va ichki ma’naviyati, ruhiyati olamidir. 
Ma’naviy madaniyatni yaratish, o‘zlashtirish va rivojlantirish jarayonida jamiyat 
taraqqiy etadi, mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanadi, 
kishilarning ma’naviy qiyofasi shakllanadi, axloq-odobi, did va farosati, estetik 
zavqi, ijodiy kuchi va qobiliyatlari taraqqiy etadi. 
Demak shaxs madaniyati jamiyat madaniyatining shunchaki aks etishi emas, 
balki uning (shaxsning) ijtimoiy xislatlari, faoliyati va xulqi mazmunida, 
shuningdek ehtiyojlarida namoyon bo‘luvchi rivojlanganlik darajasidir. 
Pedagogik madaniyat nima? Pedagogik madaniyat pedagogik faoliyat ta’siri 
ostida yuzaga keladi va bu faoliyatni amalga oshirishning muhim shartlaridan biri 
hisoblanadi. Pedagogik madaniyat shaxsning pedagog sifatida qay darajaga 
erishganligida namoyon bo‘ladi. 
Psixologik jihatdan 
pedagogik madaniyat
– pedagogik tushunchalar va 
mahorat, pedagogik axloq va kasbiy-pedagogik xislatlar, pedagogning ish uslubi 
va o‘z faoliyatiga munosabati yig‘indisidir. Pedagogik madaniyatning namoyon 
bo‘lishi va uning qadriyatga, turmush tarziga aylanishi uchun insondan yuqori 
kasbiy salohiyat, ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy barkamollik talab qilinadi. 
 
Ofitserning pedagogik madaniyatini chuqur harbiy bilimlarsiz ham tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Hozirgi zamon ofitseri zamonaviy harbiy texnika va qurollarni 
yaxshi bilishi va samarali qo‘llay olishi, umumharbiy nizomlar talablariga kundalik 
xizmat jarayonida rioya qilishi va buni boshqalardan talab qilishi lozim. 
Pedagogik madaniyat murakkab tuzilishga ega bo‘lib, quyidagi tarkibiy 
qismlardan iboratdir:
- pedagogik yo‘naltirilganlik (pedagogik faoliyatga moyillik, qat’iy pedagogik 
ishonch, bo‘ysunuvchilarga hurmat, g‘amxo‘rlik va shu kabilar); 
- keng dunyoqarash; 
- yuksak axloqiylik; 
- bilimdonlik, zukkolik va ziyolilik; 
- pedagogik mahorat; 


18 
- ta’lim - tarbiya ishlarini ilmiy izlanishlar bilan uyg‘unlashtira olish 
qobiliyati; 
- yuksak muomala madaniyati, so‘zlashish odobi; 
- o‘ziga nisbatan talabchanlik, izlanuvchanlik, kasbiy mahorati va bilimi 
saviyasini oshirib borishga doimiy ehtiyoj va hokazo. 
Pedagogik madaniyatning sanab o‘tilgan tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘liq 
bo‘lib, bir-birini to‘ldirib, rivojlantirib boradi va pedagogik faoliyat jarayonida 
yagona tizimda namoyon bo‘ladi. 
Quyida bu tarkibiy qismlar qanday mazmunga ega ekanligini ko‘rib 
chiqamiz. 
Shaxsning
 

Download 83,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish