6-mavzu. 2-mashg’ulot seminar harbiy xizmatchilarning kasbiy va ma’naviy-axloqiy takomillashuvi jarayoni



Download 83,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana27.05.2023
Hajmi83,21 Kb.
#944511
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-2 мавзу семинар



12 
6-MAVZU. 2-mashg’ulot seminar HARBIY XIZMATCHILARNING
KASBIY VA MA’NAVIY-AXLOQIY TAKOMILLASHUVI
JARAYONI. 
 
O‘quv savollari: 
1. Harbiy xizmatchilarning mustaqil ta’limi va tarbiyasi jarayonining 
mazmuni va maqsadi. 
2. Ofitser pedagogik madaniyatining mazmuni, uni shakllantiri va
rivojlantirish.
 
Tayanch so‘zlar va iboralar: 
Mustaqil tarbiya; mustaqil ta’lim; mustaqil tarbiya va ta’lim mazmuni, 
maqsadi, metodlari. 
2.
 
Harbiy xizmatchilarning mustaqil ta’limi va tarbiyasi jarayonining 
mazmuni va maqsadi. 
Shaxsiy 
tarkib 
faoliyatining 
samaradorligi, 
kasbiy 
mahoratining 
takomillashuvi har bir harbiy xizmatchining o‘z ustida ishlashi, o‘z-o‘zini 
rivojlantirishi, takomillashtirib borishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shaxs o‘z ustida 
ishlashi natijasida o‘z bilimi doirasini kengaytiradi, ko‘nikma va malakalarini 
takomillashtiradi, xulqi, fe’l-atvoridagi nuqsonlarni yo‘qotishga intiladi. 
Ofitser va askarlarning mustaqil rivojlanishi o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan ikki 
jarayonda, ya’ni mustaqil tarbiya va mustaqil ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. 
Bu har ikkala jarayon o‘ziga xos xususiyatlarga, o‘zining mazmuniga, shakl va 
metodlariga ega bo‘lib, doimo bir-birini to‘ldirib boradi.
Mustaqil tarbiya
– insonning o‘zida ijobiy xislatlarni shakllantirish va 
rivojlantirish hamda salbiy xislatlarni yo‘qotish yo‘lidagi ongli, faol, maqsadli 
faoliyatidir. Mustaqil tarbiyaning ichki asosini insonning quyidagi qobiliyatlari 
tashkil etadi: 
- o‘zi haqida qayg‘ura olishi; 
- o‘z ishi va kelajagi haqida o‘ylashi; 
- o‘ziga chetdan nazar sola olishi; 
- o‘z qobiliyati, kuchi va imkoniyatlariga to‘g‘ri va haqqoniy baho bera olishi; 


13 
- o‘z kamchiliklarini va nojo‘ya hatti-harakatlarini ko‘rishi, xulosa chiqarishi 
va bartaraf eta olishi; 
- o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘la olishi; 
- o‘z harakatlari va turmush tarzi uchun mas’uliyat his etishi; 
- oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish yo‘lida qat’iyat bilan harakat qilishi. 
Mustaqil tarbiya – murakkab aqliy, axloqiy, ma’naviy va irodaviy jarayondir. 
Bu jarayon davomida shaxsning o‘ziga va atrofdagilariga nisbatan ongli, maqsadli 
va tanqidiy munosabatda bo‘lishi talab qilinadi. Shaxsning o‘zgarishi tashqi 
ta’sirlar, ya’ni tarbiya, atrof muhit, boshqa odamlar ta’sirida ongsiz, stixiyali 
ravishda bo‘ladigan bo‘lsa, bunda o‘z-o‘ziga tarbiya berish haqida gap bo‘lishi 
ham mumkin emas. Mustaqil tarbiya uchun shaxsning ma’lum darajada 
tarbiyalanganligi, o‘zini anglashga, o‘z harakatlarini tahlil qilishga va o‘ziga baho 
berishga, o‘z xulqi va harakatlarini boshqalarniki bilan solishtirishga va 
taqqoslashga qodirligi talab qilinadi. 
Mustaqil tarbiyaning mazmuni quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
- harbiy-kasbiy; 
- ma’naviy-axloqiy; 
- estetik; 
- jismoniy;
- ruhiy; 
- irodaviy va boshqalar. 
Mustaqil tarbiyaning metodlari quyidagilardan iborat: 
- o‘z ustiga majburiyat olish; 
- o‘z hayoti va faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va tartibga solish; 
- o‘z-o‘zini tushunish, anglash; 
- o‘z xulqi va harakatlarini tahlil qilish; 
- o‘z-o‘ziga hisob berib borish; 
- o‘z-o‘zini ishontirish; 
- mashq qilish; 
- o‘z-o‘zini tanqid qilish; 


14 
- o‘z-o‘zini jazolash va boshqalar. 
Mustaqil tarbiya jarayonining natijalarini ko‘rish, o‘zini nazorat qilish 
maqsadida o‘z-o‘ziga hisob berib turishi, qilgan ishlariga ma’lum bir vaqt 
oralig‘ida, masalan, har kuni, har haftada, har oyda, har yili yakun yasab turishi 
yaxshi natijalar beradi. Bunda quyidagicha baho berilishi mumkin:
- o‘tgan davrda qanday ishlar bajarildi, bu ishlarning mazmuni, miqdori va 
sifati, rejaga muvofiqligi; 
- qanday yutuqlarni alohida ta’kidlash mumkin; 
- qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi; 
- o‘z xarakterining qirralarini, irodasini va qobiliyatini qayerda va qanday 
namoyon qildi; 
- o‘z shaxsida qanday ijobiy o‘zgarishlarga erishdi; 
- o‘z-o‘zini tarbiyalash bo‘yicha keyingi davrga o‘z oldiga qanday vazifalar 
qo‘yishi lozim va hokazo. 
Askarlarning mustaqil tarbiyasi jarayoni o‘z holiga tashlab qo‘yilmasligi, 
boshqaruvsiz qolmasligi lozim. Bu jarayon komandirlar, boshliqlar, tarbiyachilar 
tomonidan doimo boshqarib turilishi lozim. 
Mustaqil tarbiya jarayoniga rahbarlik qilish va uni boshqarishning asosiy 
shartlari quyidagilardan iborat: 
- askarlarning ongliligini, ma’naviy-axloqiy xislatlarini, fazilatlarini oshirib 
borish; 
- xizmatni harbiy nizomlar talablari asosida tashkil qilish, doimiy ravishda 
tartib va intizomga rioya qilishga o‘rgatish; 
- komandir va tarbiyachilarning shaxsiy ibratliligi, doimiy har sohada o‘rnak 
bo‘lishi; 
- askarlarga mustaqil tarbiyaning mazmuni, maqsadlarini, shakllarini va 
metodlarini tushuntirib borish; 
- zarur xislatlarini o‘zida rivojlantirish uchun sharoit yaratib berish; 
- mustaqil tarbiya bo‘yicha shaxsiy ish rejalarini tuzishga ko‘maklashish va 
boshqalar. 


15 
Mustaqil tarbiya bilan birga mustaqil ta’lim jarayoni ham shaxsning rivojiga, 
kamolotiga yordam beruvchi jarayondir. 

Download 83,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish