6-ma’ruza
Mavzu: Sodda gapning murakkablashuvi
Tayanch tushunchalar: gap markazi, kengaytiruvchi, so`z kengaytiruvchisi, minimal qolip, maksimal qolip, yoyiq gap, yig`iq gap, birikuv usullari, birikuv omillari, aktant, hokim a `zo, tobe a`zo, minimal qolip, maksimal qolip, so`z kengaytiruvchisi, gap kengaytiruvchisi, ajratilgan gap kengaytiruvchilari, ajratilgan so`z kengaytiruvchilari, ajratilgan gap bo`lagi, ajratilgan hol, ajratilgan to`ldiruvchi, ajratilgan hol, ajratilgan ega, ajratilgan kesim
Reja:
1. Ajratilgan bo`lak ta`rifi va tavsifi.
2. Ajratilgan bosh bo`laklar: ega, kesim.
3. Ajratilgan ikkinchi darajali bo`laklar: aniqlovchi, to`ldiruvchi, hol.
4. Undalmaning ta`rif va tavsifi. Undalmaning tuzilishi (yig`iq va yoyiq). Undalmaning gapga nisbatan aytilish
ohangi, qo`llanish o`rni, unda qo`llanadigan tinish belgilar.
5. Kirishlar bilan kiritmalarning yaqinligi va farqlari. Kirish va kiritma unsurli gaplarda tinish belgilarining o`rni.
7. Uyushiq bo`lakka ta`rif va tavsif. Yig`iq va yoyiq uyushiq bo`laklar. Ochiq va yopiq uyushiq bo`laklar.
8. Uyushgan egalar. Uyushgan kesimlar. Uyushgan aniqlovchilar. Uyushgan to`ldiruvchilar. Uyushgan hollar.
9. Umumlashtiruvchi bo`lak.
10. Darak gap, So`roq gap va Buyruq gaplarning sintaktik xususiyatlari.
11. Aktual bo`linish.
Ajratilgan bo`laklar: Odatda har xil maqsadlar bilan gapning biror bo`lagiga boshqalariga nisbatan alohida e`tibor beriladi. Bu bo`lak maxsus ohang bilan ta`kidlanib, mazmun va grammatik jihatdan nisbiy mustaqil holatga keltiriladi—ajratiladi. Masalan, qishloqimda bir yigit bor, mardona (qo`shiq). Ular—vatan o`qlonlari, mudofaaga hamisha tayyordir ( “Xalq so`zi”.). Bu gaplardagi bo`laklarning ajratilishida ikki holat bor: birinchi gapda ajratilgan aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keltirilgan: tartib o`zgarishi—inversiya yuz bergan. Ikkinchi gapdagi bo`lak (vatan o`qlonlari( intonatsiya bilan ajratilgan. Ajratilgan bo`laklarga so`zlovchining diqqati kuchaytirilgan, ta`kid, logik urqu bilan aytilib, pauza orasiga olingan. Natijada bu ajratilgan bo`laklar nisbiy hukm yoki predikativlikning ayrim belgilarini ifodalashga moyil bo`lgan.
Demak, gapda biror bo`lak ajratilar ekan, u gapning fikriy va grammatik tomoniga ham ta`sir qiladi. Sardor-ukam, injener bo`ldi gapida ukam so`zining ajralishi natijasida aniqlovchi bo`lak, Sardor ega vazifasini bajargan. Gap bo`laklarini ajratishning bu usuli (ohang orqali( intonatsion, tartib o`zgartirish orqali ajratish (Qishloqimda bir yigit bor, mardona tarzida( pozitsion usul deb ataladi.
Gapda bosh bo`laklar: ega, kesim ajratiladi. Ajratilgan bosh bo`laklar quyidagi xususiyatlarga ega:
Ajratilgan bosh bo`laklar o`z aslidan—izohlanmishdan keyin kelib, uning ma`nosini konkretlashtiradi, izohlaydi, ta`kidlaydi, taraqqiy ettiradi.
Bosh bo`laklarning ajratilishi, xususan bosh bo`laklar ma`nosi umumiy, mavhum so`zlar (masalan, olmosh kabi( bilan ifodalanganda, zarur bo`lib qoladi: Ko`l bilan qishloq o`rtasida ko`zni qamashtiradigan bepoyon yashil maydon—buqdoy dalasi—cho`zilib ketgan (O.). Avval banoras paranji yopingan qaynona—Mirzakarimboyning xotini—harsillab aravaga chiqdi (O.). Tushgacha hech kim, hatto Ro`zimat ham bir oqiz gapirmadi (O.). (Egalar ajratilgan). Men qishloqda bekor turmadim: mol boqdim, kanal qazdim, paxta suqordim (O.). Rayonim—Nuroto—tog`lar orasi, Otim —Ergash Jumanbulbul bolasi (E.J.). (Kesimlar ajratilgan).
Ikkinchi darajali bo`laklar: aniqlovchi, to`ldiruvchi, hollar ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |