2.4. OB`EKT VA TASVIR
San`at asarining yaratilish daqiqalari, ya`ni "inkubatsiya" davri - ijodiy jarayonning amaliy davri hisoblanadi. Asarning tug’ilish davri, ibtidosini esa dunyoning birlamchi tafakkur his etish damlaridan izlash lozim. SHu o’rinda rassom qalbidagi go’zallikka intilish, ishtiyoq g’oyat quchli ekani haqida o’ylab qolasan, kishi. Nima uchun rassom aynan bir qator voqealar ichidan bittasini tanlaydi. havas, istak, izlanish badiiy tafakkur uchun zamin hozirlaydi. Lekin quruq xayol yoki ehtiros badiiy yuksaklik hisoblanmaydi.
Biror shakl matoga ko’chirilsa va hatto rassom tomonidan g’oyat bezalib, tirik tabiatdagidek jonlantirilsa ham, u faqat voqelikni naturalistik yoki romantik jihatdan aks ettirishi mumkin, holos. Bu asar iste`dod yoki g’ayrat hisobiga bajarilishi sababli san`atga dahldor hisoblanadi. har qanday san`at asari esa turli materiallar, rangqbo’yoqlardan foydalanib yaratilgan bir mo’`jizadir. Agar o’shа voqelik tasviriy modelni, badiiy ifodani o’zida mujassam etmasa, tasviriy san`at undan manfaatdor bo’lolmaydi. SHuning uchun ham ko’rgan narsadan, voqeadan hayratlangan, maftun bo’lgan, hayajonlangan rassom agar hissiyotlarini gavdalantirishi lozim bo’lgan material vositasida badiiy jihatini topolmasa, izlanishda, xayol surishda davom etaveradi. SHundan so’ng ijodning eng og’ir bosqichi - ya`ni badiiy tasavvurning badiiy tasvir sifatida kundalik hayot bilan hamnafas bo’lib yashashi uchun vosita rolini o’tovchi turli unsurlarini qidirib topish boshlanadi.
Natijada bo’lajak asar tagiga etib bo’lmaydigan sirli olamga aylanadi. San`atning barcha qonuniyatlarini o’rganish va hattoki o’zlashtirib olsada, har qanday inson ham etuk rassom bo’lavermaydi. SHuning uchun qo’lidan rasm chizish kelmaydigan, falsafiy mushohada qila olmaydigan kishi o’z kuchini ko’rqko’rona istiqbolsiz mashg’ulotga sarf etmagani ma`qul. San`at asari uning g’oyalarini his etishdan boshlanib, o’sha hissiyot jarayonining ifodasi bilan tugaydi. Bu ijodiy'tsikl o’rtalarida izlanish, tasvir vositalarini tanlash kabi jarayonlar sodir bo’ladi. Bo’larning hammasi ifodaning badiiy shakli yuzaga kelishi bilan nihoyasiga yotadi. Ana shu oraliqda ijodiy uslub o’zini namoyon etadi. Agar rassom o’zining dastlabki hisqtuyg’ularidan uzoqlashib yoki ortiqcha tafsilotlarga berilib ketsa, avvalgi sodda tasavvurdan voz kechsa, u mantiqiy rivojlanish tufayli ijodiy o’sish jarayoniga tushib qoladi. Bu holatda ijodkor, ba`zan boshlangich impul'sga mos tushmaydigan ijodiy uslubga - yuzaki stilizatsiya yo’liga tushib qolishi mumkin. Natijada quyma tarzda tug’ilgan dastlabki hisqtuyg’u badiiy shaklda o’z ifodasini topolmaydi. Ba`zi holatlarda musavvir yagona to’g’ri yo’lni izlab topish uchun etarli darajada izlanmay, tirishqoqlik ko’rsatmay, qiyinchiliklardan o’zini olib qochishi ham mumkin. Ochig’i, bu holda rassom o’z vijdoni bilan yakkamaqyakka olishadi va tabiiyki, obraz ifodasidagi samimiyatni hech kim nazorat qila olmaydi.
Har qanday nazariya biror foydali tajribaning aks sadosi bo’lib, u biror qoidani asos qilib olib ish boshlashga yoki xatoni tushunishga yordam beradi. Tasviriy san`atda kontseptsiyaning yorqinliги, mantiqi, ifoda vositalari chinakam uyg’unlashib bir obrazga birlashgandagina badiiy natija berishi mumkin. Odatda jo’shqin ma`noli fikr barcha boshqa umumiy fikrlarni o’ziga mujassam qila oluvchи ichki o’zak bo’la oladi. hissiy - plastik debocha va uning ifoda vositalari rassomning asosiy maqsadi nima ekanligidan dastlabki ma`lumotni beradi. CHunki u maqsadni shivirlab gapirsada, agar u o’rinli bo’lsa, darhol eshitiladi. Ba`zan bunday debocha bilan qattiq "qichqirilsada", uni hech kim eshitmasligi mumkin. Tasviriy vositalar tayyor holda bo’lmaydi, ular faqat shakliy ifoda zarurati tufayli paydo bo’ladi, ular material xususiyatiga bog’liq bo’lib, inson kuzlarining psixofizik ko’rish qonunlariga va ranglarni, chiziqlarni, hajmni, bo’shliqni idrok etishlariga asoslanadi. Bunda ish rassomning madaniyati va mahorati bilan o’lchanadi. Rassom kim o’zih Kashfiyotchimi yoki ixtirochimih Deylik, kashfiyotchi ilgaritdan mavjud narsani izlab topadi va ma`lum qiladi. Ixtirochi esa tamoman yangi narsani yaratadi.
Rassom odatda avval mavjud bo’lmagan narsalarni yaratmoqchi bo’ladi. Ammo san`at buyumi bo’lishni ko’tib turgan narsani kashf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |