44 - rasm. Bir yo’nalishli va naqsh motivli ipak gazlamalar
Gazlama rasmini tanlashga kiyimni tayyorlash uchun muhim ta`sir etadi. Individual buyurtmalar bo’yicha kiyim tayyorlashda rasmlarning bir yo’nalishligi yoki naqsh motivi kattaligi kabi xususiyatlar mayda rasmli gazlamadagidan ko’ra gazlama sarfi ko’pligini hisobga olmaganda alohida qiyinchilik tug’dirmaydi.
SHaklning keyingi juda muhim xususiyati - bu rang. Mahsulotni tayyorlashda gazlama ajralmas tavsifi sifatida rang mahsulot xususiyatiga, ba`zan esa uning timsoliy tavsifiga aylanadi. Biz "qizil sarafan", "binafsha rang beret" va hokazo so’zlarni har bir buyum o’z aniqlovchisiga ega bo’lgan oddiy so’z birikmasidek qabul qilmaymiz. Bu so’z birikmalari mustahkam timsollarga aylanib qolgan kishi tasavvurida rang - ob`ektning eng hajmli, ifodali tavsifi. Turli sharoitlarda bir rangning o’zi kishi individualligini aks ettira oladi va xalqda bir davr davomida timsoliy ma`no kasb etishi mumkin (qorа rang - aza rangi. Bugungi kunda yosh kelishgan qizlar o’z tashqi imkoniyatlarini qora rang bilan ajratib turishini yaxshi ko’rishadi).
Kiyimning jins yosh belgisi, funktsional vazifasi, kasbiy tegishliligiga ko’ra mo’ljallanishiни aniqlovchi tavsif sifatida rangga nisbatan an`anaviy munosabatlar mavjud. Masalan, to’q ranglarning jarangdor faolliligi - maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimini tavsiflaydi. o’smirlar kostyum rangining moda takliflarini kuzatib borishadi, biroq ko’pincha ularning shakllanib borayotgan dunyoqarashidaги maksimalizmiga, jo’shqin energiyasi va sport bilan qizikishiga mos keluvchi, kontrastlarni afzal ko’rishadi. o’rta yoshlilar moda takliflariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishadi va ko’pincha murakkab ranglarning chuqur jiddiy tuslarini afzal ko’rishadi. Kiyimga nisbatan funktsional yondashув uning rang tuzilishini aniqlaydi. Kiyimning kundalik va tantanali, ostki kiyim va ustki kiyimlarga мавжуд bo’linishi bugungi kundagi modaning kuchli ta`siriga qaramay taqqoslashda rang echimida baribir printsipial farqlanishga ega. Rang kostyum xususiyati sifatida ko’p omillarga va eng avvalo kostyum vazifasiga bog’liq bo’lgan murakkab hodisa. Kostyum shakli bilan bog’liq holda u katta ma`lumot hajmiga ega va ma`lum ma`noda belgi funktsiyasini bajaradi.
Materialning rangi, rasmi va fakturasi - fonini zich tuldirib turgan yirik rasmli odam yoki tuk rangli metallar va fakturasi yaltirok materiallar massasi maksimal, fonini siyrak tuldirib turgan mayda rasmli ochiq rang, oqish materiallar fakturasi siyrak materiallar massasi minimal bo’lib ko’rinadi. Kiyimlarni loyixalayotganda uning massasini yoshga, mavsumga va kanday maqsadga muljallanganligiga bog’liqligini hisobga olish kerak. Masalan, yasli yoshidagi va maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimining massasi engil bo’lishi uchun ularni hamma vaqt ochiq, mayin rangli, mayda siyrak rasmli materiallardan tiqilishi maqsadga muvofiqdir; qishki kiyim ham ko’rinishdan engil bo’lishi kerak; chunki uning tabiiy vazni nisbatan katta bo’ladi, shuning uchun ular xurpaygan turli fakturali materiallardan tiqiladi; maktab bitiruvchilarining tantanali marosimdagi ko’ylaklarini ok, pushti, xavorang va boshqa rangdor gulli materiallardan tiqiladi, chunki bunda yoshlarga xayolchanlik xos bo’lgani uchun sho’xchanlik, qushdek engillik, parvoz hissi sezilib turishi kerak.
Kiyimni ommaviy ishlab chiqarishda rasmning bunday xususiyatlari umuman to’g’ri kelmaydi. Ular gazlama sarflanishini oshiradi, bu mahsulot nomuvofiqligiga olib keladi. SHunday qilib, gazlama rasmini tanlash qator omillar bilan shartlanadi: kiyimning yosh - jins belgisi, mavsum, funktsional vazifasi va tayyorlash usuli bo’yicha mo’ljallanishi. Bu omillarni mahsulotni ommaviy ishlab chiqarishda hisobga olish juda zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |