6. KIYIMDAGI DEKOR VA TANLANADIGAN MATERIALLAR. MATERIALLARNING PLASTIK VA MANZARALI XUSUSIYATLARI
Kiyimni hajmli shakl deb karalganda uning qanday materialdan tikilganini bilish kerak (gazlamalar, trikotaj, mo’yna, charm, zamsha, noto’qima materiallar, qavat gazlamalar, plyonka, yogoch, plastmassa, shisha va boshqalar).
Bu materallardan har birining o’z plastik xususiyatlari (mayinlik, osiluvchanlik, dag’allik va shu kabilar), dekorativligi (faktura, rang, naqsh, gul), fizikqmexanik xususiyatlari (zichlik, qayishqoqlик, cho’ziluvchanlik, kirishuvchanlik, titiluvchanlik va boshqalar) va gigienik xususiyatlari (havo o’tkazuvchanlik, nam o’tkazuvchanlik, chang o’tkazuvchanlik, issiklik o’tkazuvchanlik va hokazo) bo’lib, shaklning xarakteri va konstruktiv echimi kanday xal etilishini ushbu xususiyatlar belgilab beradi. Masalan, harir shifon gazlamalar mayin, osiluvchan, drapirovkabop bo’ladi, shuning uchun ulardan choklari minimal darajada kam, yumshok ovalsimon shakl yaratilishi kerak, bunda drapirovkalar, burmalar, mayin taxlamalar, klyosh bichiq hisobiga shakl xosil qiladi: bemalol tashlanib turadigan (krepsatin tipidagi) gazlamalarning drapirovkabop ekanligi etarli darajada xajmli, gavda bo’ylab "sirpanib" osilib turadigan kiyim tikish imkonini berib, gazlamaning jimirlashi uning yuqoridagи xususiyatlarini kuchaytirib ko’rsatadi: sintetika aralash jun gazlamalardan juda aniq, kat`iyaн geometrik shakldagi buyumlar tiqiladi.
Materiallarning gigienik xususiyatlari ham kiyim shaklini xosil qilishga ta`sir etadi. Masalan, xavo o’tkazishi va nam o’tkazishi yomon materiallardan bo’lgan kiyimlarni, kiyim tagidagi havo ventilyatsiya bo’lib turishi uchun, gavdaga yopishmaydigan ochi- shaklli qilib tikish tavsiya etiladи.
Faktura - bu material yuzasining tuzilishini xarakterlovchi xususiyat. Faktura tabiiy (mo’yna, teri, yogoch, zamsha va boshqalar) va mexanik yul bilan olingan hosila bo’ladi. Materiallar sillik, g’adir - budur, yaltiroq, xira, tukli va hokazo fakturali bo’lishi mumkin. hosila fakturaning xarakteri materialning kanday usulda (to’qimachilikda, to’r to’qishda va hokazo) olinganiga, yuzadagi bo’rtik qismlarning baland - pastligini va iplarning merial zichligini belgilaydigan chalishish xarakteriga bog’liq. Sath birligiga to’g’ri keladigan faktura elementlarining katta - kichikligi va mikdoriga qarab materiallarning yuzasi ifodaliligi jihatidan har xil bo’ladi.
har bir fakturada badiiy obraz belgilari bo’ladi. Faktura sovuqlik va iliklik, engillik va vazminlik va boshqa taasurotlar xosil qilishi mumkin.
Faktura tanlashda mavsum kiyimning nimaga mo’ljallanganligi, odamning jinsi, yoshi va gavda tuzilishi turi hisobiga olinishi kerak. Kechqurungi bashang kiyimlarga oliyjanob yaltillaydigan sidirg’a materiallar ishlatiladi, lekin olachipor gazlamalar zinxor - bazinxor to’g’ri kelmaydi.
Gazlamalarning faktura xususiyatlari umuman shaklni va uning qismlarini idrok qilishda ko’z aldanishи paydo bo’linishiga ta`sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, vazmin, xira, tukli fakturalar shaklni kattalashtirib ko’rsatadi.
SHaklning va umuman gavdaning idrok etilishida naqsh gulning muhim ahamiyati bor. SHaklni naqsh guldan ajratib bo’lmaydi. hamonki shaklda naksh gul bor ekan, demak naqsh gul shaklning zarur komponenti, bir qismi bo’lib turadi. Naqsh gulning ham kostyum singari ko’p asrli tarixi, xalklarga, millatlarga mansubligi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |