ALYUMINIY VA MAGNIY QOTISHMALARINI TERMIK ISHLASH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Alyumiiiyning ko’pchilik qotishmalaridan olingan quymalarning fizikaviy-mexanik xossalarini oshirish, ichki.kuchlanishlariga barham berish, oson kesib ishlanadigan qilish maqsadida ular termik ishlanadi. Magniy qotishmalarini termin ishlash uncha samara bermaydi, chunki ularning mexanik xossalarida katta o’zgarish bo’lmaydi. Alyuminiy qotishmalarni termik ishlashda yirik inter metall qo’shimchalar eritiladi va donalarning konsentrasiyasi butun hajm bo’ylab bir tekis qilinadi.
Termik ishlashda intermetall birikmalar — CuAl2, Mg2Sl, Al3Mg2 va boshqa fazalar erib, toblashda o’ta to’yingan eritma hosil qiladi, buning hisobiga qotishmaning puxtaligi va z.arbga chidamliligi ortadi.
Qotishma markasi
|
Termik ishlanishi
|
Cho`zilgan mustahkamligi oz kf\mm2
|
Nisbiy uzayishi 6%
|
Qattiqligi NV, kg\mm2
|
Ba`zi ishlatilish sohalari
|
ML 1
|
Termik ishlovsiz
|
9
|
2
|
40
|
Murakkab bo`lmagan, zich quymalar uchun
|
ML 2
|
Termik
ishlovsiz
|
9
|
3
|
30
|
Korroziyaga chidamli va payvantlanuvchi oddiy, quyma detallar uchun
|
ML 3
|
Termik ishlovsiz
|
16
|
6
|
40
|
Zichlikni talab etuvchi murakkab bo`lmagan detallar, pompa va nasos korpuslari uchun
|
ML 4
|
Termik ishlovsiz
|
16
22
23
|
3
5
2
|
50
50
60
|
Zarbsiz nagruzkada ishlovchi quyma detallar uchun samalyot dvigitellari,avtomobil qismlari uchun asbob korpuslari, asboblar va shunga o`xshashlar uchun
|
ML 5
|
Termik ishlovsiz
|
15
22
23
|
2
5
2
|
50
50
60
|
Yuqori nagruzkada ishlovchi quyma detallar (dvigatellar asboblar va boshqa konstruksiya detallari) uchun
|
ML 6
|
Termik ishlovsiz
Toblangan toblanib, eskirtirilgan
|
15
22
23
|
1
4
1
|
50
60
65
|
O`rtacha va yuqori nagruzkada ishlovchi detallar uchun
|
ML 7
|
Termik ishlovsiz
|
16
|
4
|
56
|
Dvigatel va asboblarning ish jarayonida 200 0 C gacha qizuvchi detallar uchun
|
O’ta to’yingan va turg’un bo’lmagan qattiq eritmada vaqt o’tishi bilan o’zgarishlar sodir bo’ladi, natijada SiA12 birikmalar ajralishi tufayli qotishmada faqat muvozanat konsentrasiyadagisi qoladi. Bu prosess eskirish (chiniqish) deb ataladi.
Bu prosess uy temperaturasida borsa, tabiiy eskirish deb, agar yuqoriroq temperaturada olib borilsa, sun’iy eskirtirish deb ataladi.
Odatda, quyma qotishmalarda eskirish prosessi uy temperaturasida sekin borganligidan ular 150—180°S temperaturada 10—20. soat davomida tutib turish yo’li bilan eskirtiriladi.8- jadval
Ko’pgina hollarda toblash natijasida erishilgan xossalar etarli bo’lsa, qotishma eskirtirilmaydi. Agar qotishma toblanganda uning puxtaligi etarli bo’lmasa, bu qotishma eskirtiriladi, natijada puxtaligi ortib, plastikligi bir oz pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |