BOB. II. ASBOB USKUNALAR, MASHINA, MEXANIZM, STANOKLAR VA MOSLAMALAR HAMDA ULARNI ISHLATILISHI
2.1. METALLARGA ISHLOV BERISHDA ISHLATILADIGAN O’LCHASH, REJALASH VA QAYD ETISH ASBOBLARI XAQIDA
Shtangensirkul (2-rasm) universal o’lchov asbobi bo’lib, uning yordamida chiziqli o’lchamlarni, tashqi va ichki o’lchamlarni, chuqurliklarni o’lchash, tayyor detal va buyumlarning o’lchamlarini tekshirish, shuningdek, rejalash ishlari bajari-ladi. Shuning uchun undan masshtabli lineyka, kronsirkul, nutromer, chuqurlikni o’lchaydigan asbob (shtaigen-glubinomer), sirkul, shtangenreysmus sifatida foydalanish mumkin. Asbobsozlik zavodlarida 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800, 1000, 1500 va 2000 mm gacha bo’lgan o’lchamlarni o’lchash imkonni beradigan, aniqlik darajasi 0,1; 0,05; 0,02 mm gacha bo’lgan shtangensirkullar ishlab chiqariladi. O’quv ustaxonalarida 300 mm gacha o’lchash imkonini beradigan shtangensirkullar ishlatiladi.
Aniqlik darajasi, 0,1 mm bo’lgan shtangensirkul (2-rasm, a) millimetr masshtabli shtanga 8, qo’zg’almas jag’ 2, 3, qo’zg’aluvchi jag’ 1, 4, noniusli ramka 6, qotiruvchi vint 5, nonius 9 va sterjens 7 day iborat. Nonius shkalasining uzunligi 9 mm bo’lib, u 10 ta teng bo’lakka bo’lingan. Demak, noniusning har bir bo’limi 9 mm : 10-0,9 mm ga teng. Noniusning noli shtanganing noli bila mos kelsa, uning o’ninchi chizig’idan tashqari hech bir chizig’i shtanga chizig’i bilan mos kelmaydi (bir to’g’ri chiziqda yotmaydi). Bunda noniusning o’ninchi chizig’i shtanganing to’qqizinchi chizig’iga mos keldi.
Shunday qilib, noniusning bir chizig’i shtanganing bir chizig’iga 0,1 mm etmaydi, noniusning ikki chizig’i shtanganing ikki chizig’iga 0,2 mm, uch chizig’i 0,3 mm va xokazo etmaydi. SHS-markali shtangensirkul tuzilishi quyidagi 2-rasmda tasvirlangan. Noniusning nol chizig’i shtanganing nol chizig’idan o’tib, birinchi chizig’iga etmagan bo’lsin. Noniusning oltinchi chizig’i shtanga chizig’iga mos kelsin. Bu holda hisob 0,6 mm bo’ladi. Ikkinchi o’lchashda noniusning noli shtanganing 25-chizig’idan o’tgan. Demak, butun son 25 mm. Noniusning 6- chizig’i shtanganing ixtiyoriy bir chizig’iga mos kelgan. Kasr son 0,6 mm. Bu holda shtangensirkulning ko’rsatishi 25,6 mm. Aniqlik darajasi, 0,05 yoki 0,02 mm gacha bo’lgan shtangensirkul 3-rasmda ko’rsatilgan.
Shtangensirkuldan ichki va tashqi diametrlarni o’lchashda foydalaniladi. Shtangensirkul yordamida 0,05— Yu,02 mm aniqlikkacha o’lchanadi. Ulchashda qo’zg’aluvchan ramka harakatlanadi, o’lchash tugagach ramkani mahkamlovchi vint burab mahkamlanadi. Uning tuzilishi 4 -rasmda ko’rsatilgan.
M ikrometr - skobasiga uning aniqlik darajasi, o’lchash chegarasi va asbobsozlik zavodining muhri tushirilgan bo’ladi. Mikrometr skoba 1, uning bir tomoniga qo’zg’almas qilib o’rnatilgan tovon 2, ikkinchi tomoniga o’rnatilgan vtulka stebel 5 dan iborat.
Vtulkaga mikrometrik vint-shpindel 3 kiritiladi. Vtulkastebelning tashqi tomoniga millimetrli va yarim millimetrli masshtab shkalali chizilgan. Vtulkaga gilza-baraban 6 kiyidirilib, uning aylanasi bo’ylab 50 bo’limli nonius darajalangan. Mikrometrik vint qalpoqcha yordamida barabanga qotirilib, uning uchiga treshchotka 7 o’rnatiladi. Natijada mikrometrik vint vtulka ichida baraban uning tashqarisida birgalikda buraladi 5 – rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |