6.11.3-rasm. RZ raqamli kodlashtirish
Afzalliklari:
qabul qiluvchi har bir bitni ajratib olishi mumkin, ya’ni sinxronizatsiya hech vaqt buzilmaydi;
paketni uzatishning boshlanishini va tugallashini aniqlash mumkin.
Kamchilliklari:
NRZ ga nisbatan uzatish kanalining kengligi;
Qabul qiluvchi va uzatish apparatlarini murakkablashtiradi.
Ushbu RZ kodini optiktolalarda ham qo‘llash mumkin, bu yerda tokning potensiali o‘rniga nurning yorug‘ligini qo‘llash mumkin.
Potensialli kodlashga manchester kodini keltirish mumkin. Unda kodlash faqatgina musbat va manfiy signallar orqali belgilanadi. Bu yerda musbat o‘tish nolga teng, manfiy o‘tish esa birga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |