6.10. Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi
Tarmoqda manzillashtirish
Bir necha qurilma bir-biri bilan bog‘lanib, tarmoq hosil qilinsa, ma’lumotlarni aniq qurilmaga qanday uzatish muammosi paydo bo‘ladi. Aslida manzillashtirish bevosita qurilmaga emas, balkim uning tarmoq interfeysiga taalluqli bo‘ladi va u orqali ma’lumotlar almashuvi qoidalarga binoan amalga oshiriladi. Buni anglash uchun xalqasimon topologiyani qaraydigan bo‘lsak, unda har bir uzel 2 ta tarmoq interfeysiga ega bo‘lishi kerak.
Manzillashtirishni xillari ko‘p va o‘z navbatida formatlari ham ko‘p bo‘ladi, masalan, manzil sonlardan yoki harflardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Manzillar fazosi – barcha mumkin bo‘lgan manzillar to‘plami. Manzillar fazosi tarkibi bo‘yicha ikkiga bo‘linadi: chiziqli va iyerarxik.
Do'stlaringiz bilan baham: |