Mantiqiy portlar va ularga mos xizmatlar va jarayonlar
Port nomeri
|
Belgilanishi
|
Vazifasi
|
21
|
FTP
|
Fayllarni uzatish protokoli
|
23
|
Telnet
|
Masofaviy terminal bilan ishlash
|
25
|
SMTP
|
Xabarlarni uzatish protokoli
|
50,51
|
IPsec
|
Autentifikatsiyali sarlavha
|
69
|
TFTP
|
Fayllarni uzatishning oddiy protokoli
|
80
|
WWW-HTTP
|
Gipermatnni jo‘natish protokoli
|
109
|
POP2
|
Pochta protokoli pop2
|
110
|
POP3
|
Pochta protokoli pop3
|
194
|
IRC
|
Muloqot uchun Internet protokoli
|
201-206
|
|
Apple kompaniyasining protokollari
|
213
|
IPX
|
IPX protokoli
|
443
|
HTTPS
|
Himoyalangan HTTP
|
520
|
RIP
|
Marshrut ma’lumotlari haqida protokoli
|
Boshqa xizmat va jarayonlarni port bilan belgilash maxsus diapazondan beriladi.
TCP uzatishni boshqarish protokoli
TCP – bu kompyuter tarmoqlarida xostlarda bajariladigan amaliy jarayonlar orasida bog‘lanishni ishonchli amalga oshiradi.
TCP bevosita RFC 793 standartiga ta’riflangan va amaliy jarayonlarning transport vositasi hisoblanadi. UDP dan farqli o‘laroq, bu yerda ma’lumotlarni uzatish kafolatlangan.
TCP modulining amaliy jarayonlar bilan aloqasi ikki tomonlama ma’lumotlar oqimi orqali amalga oshiriladi va har bir jarayon port bilan belgilanadi.
Shunday qilib TCP quyidagi mexanizmlarni amalga oshiradi:
Ma’lumotlarni ishonchli uzatish;
Ma’lumotlar oqimini boshqarish;
Mantiqiy bog‘lanishlarni boshqarish.
Amaliy protokollar
Amaliy protokollar yoki amaliy qatlamdagi protokol bevosita amaliy qatlamdagi protokol bevosita amaliy masalalar va ma’lumotlarni tarmoq bo‘yicha uzatish vositalari orasida interfeysni ta’minlaydi.
Amaliy qatlamdagi protokollar soni juda ko‘p va shulardan eng keng tarqalgan TCP/IP stek protokollari bilan keyinchalik tanishib chiqamiz.
Telnet protokoli (telecommunications network) - telekommunikatsiya tarmog‘iga ma’lumotlari uzatish tarmoq protokoli. Ushbu protokol jarayonlar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi va asosan uzoqdan stansiyaning terminalini emulyatsiya qiladi.
Terminal - bu asosan klaviatura va monitordan tashkil topgan qurilma bo‘lib, host-kompyuter bilan bog‘lanishga qo‘llaniladi.
Telnet har-xil operatsion tizimlardan tashkil topgan hostlarni bog‘laydi.
Telnet-mijoz foydalanuvchi va telnet-server orashda interfeysni ta’minlaydi, ya’ni foydalanuvchi kiritgan buyruqni serverga jo‘natib, serverda bajarilib, uning natijalari foydalanuvchi monitorida aks ettiriladi.
Fayllarni uzatish protokollari
FTP(File Transfer Protocol) - fayllarni uzatish protokoli - server va mijoz orasida fayllar almashuvini ta’minlashga qaratilgan. Telnet kabi har xil operatsion tizimlarda ishlaydigan xostlarni bog‘laydi va fayllar tizimiga farqlansa ham fayllar almashuvini ta’minlaydi.
FTP foydalanuvchisi har xil buyruqlardan foydalanib, uzoqdagi kompyuterning katalog va fayllari bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.
TFTP (Trivial FTP) – oddiy fayllarni uzatish protokoli. FTPdan farqliroq bu yerda UDP foydalanuvchi deytagrammasi qo‘llaniladi va kichik fayllarni uzatishda ishlatiladi/ushbu protokol qo‘shimcha mijozda serverdagi tizimli fayllarni olib yuklanishda ishlatiladi.
NFS (Network File System) – Tarmoq fayl tizimi. Bir necha kompyuterlarni fayl tizimlarini birlashtiruvchi tarmoq xizmatini bajaradi. Natijada foydalanuvchi ushbu fayllar bilan lokal ishlagandek bo‘ladi.
SMTP protokoli (Simple mail Transfer Protocol) - xatni jo‘natuvchi oddiy protokol. Tarmoq tizimlari orasida matnli fayllarni va xat yozuvlarini TCP protokoliga asoslanib jo‘natuvlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
SMTP-xabar ikki qismdan iborat bo‘ladi: sarlavha va xat matnidan iborat. Sarlavhada barcha uzellardan o‘tganligi haqida ma’lumotlarni joylashtiradi, unda ushbu uzelning tarmoq manzili va vaqtinchalik belgini joylashtiradi.
SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoqni boshqaruvchu oddiy protokol. Unda tarmoq faolligi monitoringini bajarish, ishchi stansiyalarni boshqarish, tarmoq kommutatsiya qurilmalarini boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi.
IPX (Internetwork Packet eXchange) – tarmoqlararo paketlar almashuvi. Novell kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, qaysidir ma`noda TCP/IP protokollar stekiga o‘xshash hisoblanadi. Bu yerda ma’lumotlar uzatuvida deytagramma usuli qo‘llaniladi, ya`ni mantiqiy bog‘lanishlarni yo‘lga qo‘ymasdan kafolatlanmagan yetkazib berishni amalga oshiradi.
IPX protokoli kichik lokal tarmoqlarda yaxshi ishlaydi, chunki shu turdagi tarmoqlar uchun ishlab chiqilgan.
Ushbu protokolda manzillashtirish tarkibi ierarxik bo‘ladi. Tarmoq IPX manzili uch qismdan iborat, ya`ni
- tarmoq nomeri;
- uzel nomeri;
- soket.
IPX manzilida “tarmoq nomeri” aniq 4 baytdan iborat. “Uzel nomeri” maydoni uzelning fizikaviy manzilini 6 baytga saqlaydi.
Ikki baytli soket maydoni amaliy jarayonlarni idendifikatsiyalash orqali ma’lumotlarni uzatishda qo‘llaniladi.
Soket (ingl. socket — in, o‘yilgan chuqurlik) — jarayonlar doirasida ma’lumotlar almashuvini ta’minlovchi dasturiy interfeys. Jarayonlar bitta kompyuterda yoki har xil kompyuterlarda bajarilishi mumkin.
0 7
|
15
|
Nazorat summasi
|
Paket uzunligi
|
Uzatishni boshqarish
|
Tip
|
Qabul qiluvchining manzili
|
Jo‘natuvchining manzili
|
Ma’lumotlar
…
…
|
6.9.5-rasm. IPX paketi formati
IPX paketining maksimal uzunligi 576 bayt, undan 30 bayti sarlavhasiga to‘g‘ri keladi.
Paketning formati quyidagicha bo‘ladi:
nazorat summasi;
paket uzunligi;
uzatishni boshqarish, ushbu maydon paket uzatilganda nolga tenglashtiriladi, keyinchalik esa u hisoblagish vazifasini o‘taydi, ya’ni har bir uzeldan o‘tganda hisoblagish bittaga ortadi. Uning maksimal qiymati 15 ga teng bo‘lishi mumkin, agar 16-uzelga o‘tsa, ushbu uzelda paket o‘chiriladi;
tip – paketining qaysi tipga mansubligini aniqlaydi;
qabul qiluvchining manzili – jo‘natuvchining 12 baytli IPX manzili;
jo‘natuvchining manzili - qabul qiluvchining 12 baytli IPX manzili;
ma’lumotlar – 546 baytli ma’lumot.
SPX (Sequence Packet Exchange) – paketlarining
ketma-ket almashuvli protokoli
U IPX/SPX protokollar stekining transport protokoli hisoblanadi. Ushbu protokol mantiqiy bog‘lanish o‘rnatilgandan so‘ng o‘zaro aloqaga kirishib, ma’lumotlarni yetkazib berishni kafolatlaydi. U bevosita IPX protokoliga asoslangan. SPX protokol paketi IPX paketiga inkapsulyatsiya qilinadi.
0 7
|
15
|
bog‘lanishni boshqarish
|
ma’lumotlar oqimining tipi
|
jo‘natuvchining identifikatori
|
qabul qiluvchining identifikatori
|
tartib raqami
|
tasdiqlash raqami
|
buferlar soni
|
6.9.6-rasm. SPX sarlavhasining formati
Sarlavhaning quyidagi maydonlari keltirilgan:
bog‘lanishni boshqarish;
ma’lumotlar oqimining tipi;
jo‘natuvchining identifikatori;
qabul qiluvchining identifikatori;
tartib raqami, ya’ni uzatiladigan paketlar ichida jo‘natilgan paketning tartib raqami;
tasdiqlash raqami, ya’ni qabul qilingan oxirgi paketning tartib raqamini bittaga oshirgan qiymati;
buferlar soni, ya’ni paketlarni qabul qiluvchi uzellardagi buferlar soni.
Paket jo‘natilgach, SPX moduli tasdiqni kutib o‘tiradi va shundan so‘ng keyingi paketni jo‘natadi. Albatta, global tarmoqlarda bunday uzatuvni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki kanal tezligi past.
NetWare yadrosining protokoli.
NCP (NetWare Core Protocol) – Novell NetWare operatsion tizimi yadrosining protokoli – amaliy qatlamga mansub bo‘lib, server va uzoqdan stansiya orasida foydalanuvchini tarmoq xizmatlari bilan ta’minlaydi, masalan, fayllar xizmati, tarmoq chop etish xizmati va boshqalar.
SAP – xizmatlari e’lon qiluvchi protokol – Service Advertising Protocol – NetWare operatsion tizimi tarmoqdagi ishchi stansiyalarga mavjud tarmoq xizmatlarini xabar qiladi. Bu jarayon har 60 sekund ichida amalga oshiriladi.
Katta paketlarni uzatish protokoli
LIP (Large Internet Packet Protocol) – tarmoqda katta paket protokoli, BMP (Burst Mode Protocol) paketli rejim protokoli. Ushbu protokollar aloqa kanalining samarasini oshirish uchun ishlab chiqilgan. Ular katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatishda tasdiqlashni talab etmaydi, natijada tarmoqda keraksiz paketlarni kamaytiradi va tarmoq samarasini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |