6-bob. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari reja


Mantiqiy portlar va ularga mos xizmatlar va jarayonlar



Download 0,99 Mb.
bet38/57
Sana12.09.2021
Hajmi0,99 Mb.
#172497
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Bog'liq
6-mavzu tarmoq

Mantiqiy portlar va ularga mos xizmatlar va jarayonlar

Port nomeri

Belgilanishi

Vazifasi

21

FTP

Fayllarni uzatish protokoli

23

Telnet

Masofaviy terminal bilan ishlash

25

SMTP

Xabarlarni uzatish protokoli

50,51

IPsec

Autentifikatsiyali sarlavha

69

TFTP

Fayllarni uzatishning oddiy protokoli

80

WWW-HTTP

Gipermatnni jo‘natish protokoli

109

POP2

Pochta protokoli pop2

110

POP3

Pochta protokoli pop3

194

IRC

Muloqot uchun Internet protokoli

201-206




Apple kompaniyasining protokollari

213

IPX

IPX protokoli

443

HTTPS

Himoyalangan HTTP

520

RIP

Marshrut ma’lumotlari haqida protokoli

Boshqa xizmat va jarayonlarni port bilan belgilash maxsus diapazondan beriladi.


TCP uzatishni boshqarish protokoli

TCP – bu kompyuter tarmoqlarida xostlarda bajariladigan amaliy jarayonlar orasida bog‘lanishni ishonchli amalga oshiradi.

TCP bevosita RFC 793 standartiga ta’riflangan va amaliy jarayonlarning transport vositasi hisoblanadi. UDP dan farqli o‘laroq, bu yerda ma’lumotlarni uzatish kafolatlangan.

TCP modulining amaliy jarayonlar bilan aloqasi ikki tomonlama ma’lumotlar oqimi orqali amalga oshiriladi va har bir jarayon port bilan belgilanadi.

Shunday qilib TCP quyidagi mexanizmlarni amalga oshiradi:


  • Ma’lumotlarni ishonchli uzatish;

  • Ma’lumotlar oqimini boshqarish;

  • Mantiqiy bog‘lanishlarni boshqarish.

Amaliy protokollar

Amaliy protokollar yoki amaliy qatlamdagi protokol bevosita amaliy qatlamdagi protokol bevosita amaliy masalalar va ma’lumotlarni tarmoq bo‘yicha uzatish vositalari orasida interfeysni ta’minlaydi.

Amaliy qatlamdagi protokollar soni juda ko‘p va shulardan eng keng tarqalgan TCP/IP stek protokollari bilan keyinchalik tanishib chiqamiz.

Telnet protokoli (telecommunications network) - telekommunikatsiya tarmog‘iga ma’lumotlari uzatish tarmoq protokoli. Ushbu protokol jarayonlar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi va asosan uzoqdan stansiyaning terminalini emulyatsiya qiladi.

Terminal - bu asosan klaviatura va monitordan tashkil topgan qurilma bo‘lib, host-kompyuter bilan bog‘lanishga qo‘llaniladi.

Telnet har-xil operatsion tizimlardan tashkil topgan hostlarni bog‘laydi.

Telnet-mijoz foydalanuvchi va telnet-server orashda interfeysni ta’minlaydi, ya’ni foydalanuvchi kiritgan buyruqni serverga jo‘natib, serverda bajarilib, uning natijalari foydalanuvchi monitorida aks ettiriladi.



Fayllarni uzatish protokollari

FTP(File Transfer Protocol) - fayllarni uzatish protokoli - server va mijoz orasida fayllar almashuvini ta’minlashga qaratilgan. Telnet kabi har xil operatsion tizimlarda ishlaydigan xostlarni bog‘laydi va fayllar tizimiga farqlansa ham fayllar almashuvini ta’minlaydi.

FTP foydalanuvchisi har xil buyruqlardan foydalanib, uzoqdagi kompyuterning katalog va fayllari bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.

TFTP (Trivial FTP) – oddiy fayllarni uzatish protokoli. FTPdan farqliroq bu yerda UDP foydalanuvchi deytagrammasi qo‘llaniladi va kichik fayllarni uzatishda ishlatiladi/ushbu protokol qo‘shimcha mijozda serverdagi tizimli fayllarni olib yuklanishda ishlatiladi.

NFS (Network File System) – Tarmoq fayl tizimi. Bir necha kompyuterlarni fayl tizimlarini birlashtiruvchi tarmoq xizmatini bajaradi. Natijada foydalanuvchi ushbu fayllar bilan lokal ishlagandek bo‘ladi.



SMTP protokoli (Simple mail Transfer Protocol) - xatni jo‘natuvchi oddiy protokol. Tarmoq tizimlari orasida matnli fayllarni va xat yozuvlarini TCP protokoliga asoslanib jo‘natuvlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi.

SMTP-xabar ikki qismdan iborat bo‘ladi: sarlavha va xat matnidan iborat. Sarlavhada barcha uzellardan o‘tganligi haqida ma’lumotlarni joylashtiradi, unda ushbu uzelning tarmoq manzili va vaqtinchalik belgini joylashtiradi.



SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoqni boshqaruvchu oddiy protokol. Unda tarmoq faolligi monitoringini bajarish, ishchi stansiyalarni boshqarish, tarmoq kommutatsiya qurilmalarini boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi.

IPX (Internetwork Packet eXchange) – tarmoqlararo paketlar almashuvi. Novell kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, qaysidir ma`noda TCP/IP protokollar stekiga o‘xshash hisoblanadi. Bu yerda ma’lumotlar uzatuvida deytagramma usuli qo‘llaniladi, ya`ni mantiqiy bog‘lanishlarni yo‘lga qo‘ymasdan kafolatlanmagan yetkazib berishni amalga oshiradi.

IPX protokoli kichik lokal tarmoqlarda yaxshi ishlaydi, chunki shu turdagi tarmoqlar uchun ishlab chiqilgan.

Ushbu protokolda manzillashtirish tarkibi ierarxik bo‘ladi. Tarmoq IPX manzili uch qismdan iborat, ya`ni

- tarmoq nomeri;

- uzel nomeri;

- soket.


IPX manzilida “tarmoq nomeri” aniq 4 baytdan iborat. “Uzel nomeri” maydoni uzelning fizikaviy manzilini 6 baytga saqlaydi.

Ikki baytli soket maydoni amaliy jarayonlarni idendifikatsiyalash orqali ma’lumotlarni uzatishda qo‘llaniladi.

Soket (ingl. socket — in, o‘yilgan chuqurlik) — jarayonlar doirasida ma’lumotlar almashuvini ta’minlovchi dasturiy interfeys. Jarayonlar bitta kompyuterda yoki har xil kompyuterlarda bajarilishi mumkin.


0 7

15

Nazorat summasi

Paket uzunligi

Uzatishni boshqarish

Tip

Qabul qiluvchining manzili

Jo‘natuvchining manzili

Ma’lumotlar




6.9.5-rasm. IPX paketi formati
IPX paketining maksimal uzunligi 576 bayt, undan 30 bayti sarlavhasiga to‘g‘ri keladi.

Paketning formati quyidagicha bo‘ladi:



  • nazorat summasi;

  • paket uzunligi;

  • uzatishni boshqarish, ushbu maydon paket uzatilganda nolga tenglashtiriladi, keyinchalik esa u hisoblagish vazifasini o‘taydi, ya’ni har bir uzeldan o‘tganda hisoblagish bittaga ortadi. Uning maksimal qiymati 15 ga teng bo‘lishi mumkin, agar 16-uzelga o‘tsa, ushbu uzelda paket o‘chiriladi;

  • tip – paketining qaysi tipga mansubligini aniqlaydi;

  • qabul qiluvchining manzili – jo‘natuvchining 12 baytli IPX manzili;

  • jo‘natuvchining manzili - qabul qiluvchining 12 baytli IPX manzili;

  • ma’lumotlar – 546 baytli ma’lumot.

SPX (Sequence Packet Exchange) – paketlarining

ketma-ket almashuvli protokoli

U IPX/SPX protokollar stekining transport protokoli hisoblanadi. Ushbu protokol mantiqiy bog‘lanish o‘rnatilgandan so‘ng o‘zaro aloqaga kirishib, ma’lumotlarni yetkazib berishni kafolatlaydi. U bevosita IPX protokoliga asoslangan. SPX protokol paketi IPX paketiga inkapsulyatsiya qilinadi.




0 7

15

bog‘lanishni boshqarish

ma’lumotlar oqimining tipi

jo‘natuvchining identifikatori

qabul qiluvchining identifikatori

tartib raqami

tasdiqlash raqami

buferlar soni

6.9.6-rasm. SPX sarlavhasining formati

Sarlavhaning quyidagi maydonlari keltirilgan:



  • bog‘lanishni boshqarish;

  • ma’lumotlar oqimining tipi;

  • jo‘natuvchining identifikatori;

  • qabul qiluvchining identifikatori;

  • tartib raqami, ya’ni uzatiladigan paketlar ichida jo‘natilgan paketning tartib raqami;

  • tasdiqlash raqami, ya’ni qabul qilingan oxirgi paketning tartib raqamini bittaga oshirgan qiymati;

  • buferlar soni, ya’ni paketlarni qabul qiluvchi uzellardagi buferlar soni.

Paket jo‘natilgach, SPX moduli tasdiqni kutib o‘tiradi va shundan so‘ng keyingi paketni jo‘natadi. Albatta, global tarmoqlarda bunday uzatuvni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki kanal tezligi past.

NetWare yadrosining protokoli.

NCP (NetWare Core Protocol) – Novell NetWare operatsion tizimi yadrosining protokoli – amaliy qatlamga mansub bo‘lib, server va uzoqdan stansiya orasida foydalanuvchini tarmoq xizmatlari bilan ta’minlaydi, masalan, fayllar xizmati, tarmoq chop etish xizmati va boshqalar.

SAP – xizmatlari e’lon qiluvchi protokol – Service Advertising Protocol – NetWare operatsion tizimi tarmoqdagi ishchi stansiyalarga mavjud tarmoq xizmatlarini xabar qiladi. Bu jarayon har 60 sekund ichida amalga oshiriladi.

Katta paketlarni uzatish protokoli

LIP (Large Internet Packet Protocol) – tarmoqda katta paket protokoli, BMP (Burst Mode Protocol) paketli rejim protokoli. Ushbu protokollar aloqa kanalining samarasini oshirish uchun ishlab chiqilgan. Ular katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatishda tasdiqlashni talab etmaydi, natijada tarmoqda keraksiz paketlarni kamaytiradi va tarmoq samarasini oshiradi.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish