6-bob. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari rejaAmaliy dasturdan kelgan xabar
6-mavzu tarmoq
ES-SI (End System to intermediate System routing exchange protocol) – tarmoq ishchi stansiyalari tarmoq oraligi tizimlariga, masalan xab, o‘zini bildiradi, shu bois marshrutlashni amalga oshiruvchi protokol. IS-IS (Intermediate System to Intermediate System routing exchange protocol) – oraliq stansiyalarini marshrutlovchi protokol unda oraliq tizimlar axborotlar bilan almashish orqali mavjud tarmoq marshrutlarini aniqlab olishadi. Shunday qilib, ushbu protokollar tarmoq topologiyasini bilib oladi va shu orqali uzatiladigan paketlarni marshrutlaydi. Transport, seans va tasvirlash qatlamlarida ham OSI protokollari qo‘llaniladi, lekin ular keng tarqalmagan. Amaliy qatlamdagi protokollarni ko‘rib chiqamiz. FTAM (File Transfer Access and Management) –uzatish, kirish va fayllarni boshqarish protokoli. VTP (Virtual Terminal Protocol) – virtual terminalning ishini ta’riflovchi protokol. X.400-xalqaro tashkilotning takliflar to‘plami bo‘lib, unda elektron xatning uzatish tizimi tarkibi aniqlangan. Demak barcha xabarlar yagona standart ko‘rinishga ega bo‘lishadi. X.500- standart X.400 ning kengaytmasi bo‘lib, manzillarning formatini aniqlaydi va barcha elektron pochta tizimlarining bir-biri bilan bog‘lanishini ta’minlaydi.
TCP\IP steki, asosan Internet steki deb yuritiladi va doimiy rivojlanishda. 6.8.2-jadval TCP\IP protokollar steki
TCP/IP oldinroq yaratilgani munosabati bilan, u OSI modeliga shartli ravishda mos keladi. Ushbu stek UNIX operatsion tizimi uchun amalga oshirilgan edi. Eng quyi fizikaviy va kanal qatlamlari TCP / IP da asoslanmagan bo‘lsada, unda deyarli barcha ushbu qatlamlardan standartlab qo‘llab quvvatlanadi: Ethernet, Token Ring, FDDI (lokal tarmoqlari uchun) va X.25, ISDN, SLIP/PPP (global tarmoqlar uchun). III qatlam, ya’ni tarmoqlararo o‘zaro harakat, marshrutlashni va tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Bu yerda IP, ISMP, RIP, OSPF protokollari qo‘llaniladi. IP ( Internet Protocol) - tarmoqlararo protokol, tarmoq bo‘yicha paketlarni uzatadi. RIP (Roting Internet Protocol) va OSPF (Open Shortest Path First) - marshrut axborotlarini jamlovchi protokollar, ya’ni tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish yo‘llarini tanlash uchun maxsus marshrutlash jadvalini tuzadi va uni yangilab turadi. ICMP (Internet Control Message Protocol) - tarmoqlararo boshqaruvchi xabarlarning protokoli. Uning maqsadi teskari aloqani yo‘lga qo‘yish, masalan, paketni uzatib bo‘lmasa, paketlarni jamlash vaqti limitdan oshsa, parametrlarning mosligi buzilsa. TCP/IP ning II qatlami asosiy hisoblanib, tarmoq bo‘yicha axborotni uzatish funksiyasini ta’minlaydi. Unda TCP va UDP protokollari qo‘llaniladi. TCP (Transmission Control Protocol) - uzatishni boshqaruvchi protokol bo‘lib, mantiqiy bog‘lanishni bajarib keyin bajariladi. Bundan tashqari unda paketlarni xatolik ro‘y bersa, takroran uzatish avtomatik ravishda bajariladi. UDP (User Datagram Protocol) – foydalanuvchi deytagrammali protokol, TCP ning yengillashtirilgan varianti. U mantiqiy bog‘lanishni o‘rnatmasdan ishlaydi va xatoliklarni tekshirmaydi. TCP/IP ning yuqori qatlami amaliy deyiladi, unga quyidagilar kiradi: FTP, Telnet, SMTP, SNPM va boshqalar. FTP(File Transfer Protocol) – TCP protokoli orqali bog‘lanib, fayllarni uzatish protokoli. Server va kliyent orasida fayllarni uzatish va qabul qilishda qo‘llaniladi. TFTP (Trivial File Transfer Protocol) – eng oddiy fayl uzatish protokoli. Ushbu protokol UDPga asoslangan va faqatgina faylni uzatishni bajaradi. SNPM (Simple Network Management Protocol) – tarmoqni boshqaruvchi oddiy protokol. U xabar formatini aniqlovchi axborotlarni uzatishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari tarmoq uzellarining nomi va adreslarining formatini ham uzatadi. Telnet - jarayonlar orasida yoki jarayon va terminal orasida baytlarni uzatishni ta’minlaydi. Asosan uzoqdagi stansiyani terminal sifatida emulyatsiya qiladi. SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) — TCP protokoliga asoslangan elektron pochta xatlarini jo‘natishni ta’minlaydigan oddiy protokol. Gopher — faqatgina matnli axborotlarni Internet bo‘yicha kliyentlarga fayl va kataloglarga kirish imkonini beruvchi protokol.
Ushbu protokol Novel kompaniyasi tomonidan NetWare operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan edi. Boshidanoq kichik lokal tarmoqlari uchun yaratilgan ushbu protokol o‘ziga xos xususiyatlarga ega va uni quyidagi jadvalda keltiramiz: 6.8.3-jadval IPX/SPX protokol steki
IPX ( Internetwork packet exchange) – tarmoqlararo paketlar almashuvi – deytagramma prinsipiga asoslangan protokol va shu bois hisoblash resurslariga talabchan emas. RIP ( Routing Information Protocol ) – marshrut to‘g‘risidagi protokol. Birinchilar qatorida ishlab chiqilgan protokol, marshrut to‘g‘risidagi axborotlar almashuvini ta’minlaydi. Shu kungacha keng tarqalgan. NLSP (Netware Link Services Protocol ) – Netware da mavjud aloqalarni boshqaruvchi protokol. Ma’lumotlarni uzatish va ular uchun optimal marshrutni tanlash imkonini beradi, Netware OT muhitida ishlaydi. TCP/IP stekining OSPF protokoliga o‘xshash. SPX (Sequenced Packet exchange) - paketlarni tartiblangan almashuvi-kommunikatsiya prokotoli bo‘lib, Netware tarmoqlarida qo‘llaniladi. SPX mantiqiy bog‘lanishni ta’minlab, paketlarni yetkazib berishni kafolatlaydi va ularning tartibini IPX ga asoslanib ta’minlaydi. NCP (Netware Core Protocol) – Netvare serveri va ishchi stansiyalar orasida axborotlarni uzatuvchi asosiy protokol. Ushbu protokol funksiyalari orqali serverga ulanish, serverning fayl tizimini ko‘rish, o‘chirilgan fayllarni nusxalaydi, tarmoq printerini ishchi stansiyalarga taqsimlab beradi. SAP (Service Advertising Protocol) – tarmoqda mavjud servis xizmatlari haqida ma’lumotlarni tarqatadi.
Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |