6-bob. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari reja



Download 0,99 Mb.
bet28/57
Sana12.09.2021
Hajmi0,99 Mb.
#172497
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
Bog'liq
6-mavzu tarmoq

6.6.2-rasm. WiMAX-forum.

1. WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda axborot hamda kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish (ko‘pgina chekka hududlarda telefon hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga olgan holda).

2. WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisi uchun axborot hamda kommunikatsion texnologiyalarga yo‘lni ochish.

WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: WiMAX tizimi ikki asosiy qismdan iborat.



  1. WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yoxud maxsus ustunga o‘rnatilishi mumkin).

  2. WiMAX qabul qilgich (qabul qiluvchi antenna, PC card yoki tashqi kartalar asosida).

Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oralig‘idagi bog‘lanish past chastotali diapason (2-11 GHz) orqali amalga oshiriladi. Bunday bog‘lanish eng yaxshi sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda ma’lumot uzatishga imkon beradi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri signal ko‘rishni talab etmaydi.

Qo‘shni baza stansiyalari bilan OYCh (o‘ta yuqori chastota 10-66 GHz) to‘g‘ridan-to‘g‘ri radioaloqa rejimida doimiy bog‘lanish o‘rnatiladi. Bunday bog‘lanishlar 120 Mb/s tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish orqaligina bir-biri bilan ma’lumot almashinishi bu WiMAX ning minus tomoni.

Har bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bog‘lanish orqali (T3 va shunga o‘xshash) provayder bilan doimiy bog‘lanib turadi. Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi asosida teng baza stansiyalariga taqsimlash mumkin.

IEEE 802.16 tarmog‘i strukturasi odatiy mobil aloqa tarmog‘iga o‘xshab ketadi. Bu yerda ham baza stansiyalari 50 km radiusda xizmat ko‘rsata oladi.

WiMAX da quyidagi rejimlar mavjud.
- Fixed WiMAX – fiksatsiyalangan aloqa;
- Nomadic WiMAX – seansli aloqa;
- Portable WiMAX – siljish rejimidagi aloqa;
- Mobile WiMAX – mobil aloqa.

Fixed WiMAX fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu chastotali diapason kuchli so‘nish tufayli uzatuvchi hamda qabul qiluvchilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-birini ko‘rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo bo‘lmish signalning ko‘pnurli tarqalishining oldini oladi va signal uzatish tezligining 120 Mb/s gacha ko‘tarilishiga olib keladi.

Nomadic WiMAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga ko‘chib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin. Ushbu rejim asosan portativ qurilmalar uchun keng qo‘llaniladi.

Portable WiMAX. Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalararo aloqani uzmagan holda avtomatik ravishda ulanish imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining joydan-joyga ko‘chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. To‘g‘ri, ushbu rejimdan shaharda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish biroz muammo tug‘diradi.

Mobile WiMAX. 802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan bo‘lib, foydalanuvchining joydan-joyga ko‘chib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha bo‘lganda sifatli aloqani taminlay oladi. Mobil rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab o‘tishimiz mumkin.

1. Ko‘pnurli signal tarqalishi hamda shaxsiy xalaqitlarga bardoshliligi.

2. Kanalning yuqori o‘tkazuvchanligi.

3. Time Division Duplex (TDD) texnologiyasi yordamida assimetrik traffikni qayta ishlab, kanallarning estafeta shaklidagi sessiyasi orqali antennalarning boshqaruvini osonlashtiradi.

4. Hybrid-Automatic Repeat Reqest (H-ARQ) texnologiyasi esa foydalanuvchining tezkor joydan-joyga ko‘chishidagi aloqaning stabilligini ta’minlab beradi.

5. Yuklanmaning kattaligida ham foydalanuvchi qurilmasidan kanalning yuqori tezlikdan eng maksimal darajada foydalana olishi.

6. Kutish rejimida energiyaning minimal darajadagi sarf xarajati.

7. Network-Optimized Hard Handoff (HHO) texnologiyasi kanaldan kanalga ulanishdagi vaqtni 50 millisekund va undan kam vaqtni tashkil etishida.

8. Multicast and Broadcast Service (MBS) texnologiyasi DVB-H, MediaFLO hamda 3GPP E-UTRA fuksiyalarini o‘zida jamlagan.

9. Smart Antenna texnologiyasi kanallar aro sessiyalarning ulanishida subkanallar hamda estafeta shaklida yuborishni ta’minlaydi.

10. Fractional Frequency Reuse texnologiyasi kanallarning qayta ishlashidagi minimal yo‘qotishlarni boshqara olishni ta’minlaydi.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish