7. Operatorning noaniqligi.
Operatorning noaniqligi yoki shaxsiy noaniqliklar quyidagi omillarga asoslangan:
kuzatuvchi sezgi organlarining inertsion xossalari, masalan, ko‘rsatkichning maksimal holatlaridagi hisoblashlarda kechikishi;
kuzatuvchi joylashishining ta’siri va sanoq tizimining xususiyatlari (parallaks), ikkita raqamlangan belgilar orasiga tushuvchi sanoq interpolyatsiyasining xatolari va boshqalar;
o‘lchash vositalarining kuzatishlarini pasaytirib yoki ko‘paytirib qayd qilish mumkinligi;
usulni interpretatsiyalashdagi sezilarli farq bo‘lishining mumkinligi;
sezgirlik diapazonining cheklanganligi va sezgi organlarining qabul qilish xarakteristikalarining nochiziqliligi; Operatorning noaniqligi yoki shaxsiy noaniqliklar ish tajribasi, ma’lumoti, vijdonliligi, chaqqonligi va boshqalar bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |