6- sinf. Ona tili test. 1- chorak 1- variant Lab- lab undoshlarini belgilang



Download 49,11 Kb.
bet1/4
Sana10.09.2021
Hajmi49,11 Kb.
#171078
  1   2   3   4
Bog'liq
6-sinf test


6- sinf. Ona tili test. 1- chorak 1- variant

  1. Lab- lab undoshlarini belgilang.

  1. B, m,p B) V, f C)b, d, g,

  1. So`zda bo`g`inlar soni nimaning soniga teng?

  1. Unlilarning b)Undoshlarning C)Tovushlarning

  1. Ibora berilgan qatorni belgilang

  1. Qanotli do`stlarimiz

  2. Chiroyli ko`ylak

  3. Tarvuzi qo`ltig`idan tushdi

  1. Mazmun va Grammatik jihatdan bog`langan, bir mavzuni ifodalovchi gaplar nima deyiladi?

  1. Gap B) matn C) mavzu

  1. Matnning nechta turi bor?

  1. 3ta B) 2ta C) 4ta

  1. Muayyan predmet yoki voqea- hodisalar ta`riflangan, tavsiflangan matn?

  1. Hikoya matni B)Tasviriy matn C) Muhokama matni

  1. Hech bir ism shunchaki tanlanib qo`yilmaydi. Har qanday ismning berilishi zamirida ota- onaning orzu- umidlari, farzndining sog`ligi, istiqbolini ko`zlagan niyatlari yotadi.

Ushbu matn qanday matn turiga kiradi?

  1. Muhokama matni B) tasviriy C) hikoya matni

  1. Leksikologiyada so`zlarning qanday jihati o`rganiladi?

  1. Shakily jihati B) lug`aviy ( ma`no) jihati C) So`z birikmalari

  1. So`z tarkibi nimadan iborat?

  1. Asos va qo`shimchalardan B) undosh va asoslardan C) unlilardan

  1. So`zning asosiy ma`nosini ifodalab mustaqil qo`llana oladigan qismi?

  1. Qo`shimcha B) asos C) yordamchi qism

  1. Qo`shimchalar vazifasiga ko`ra necha xil?

  1. 3 xil B) 2 xil C) 4 xil

  1. Faqat so`z yasovchi qo`shimchalar qo`shilgan so`zlarni belgilang

  1. Gulchi, ishchan, sinfdosh

  2. gulga, ishni, sinfdan

  3. C) gulladi, ishlagan, sifimiz

  1. Shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar necha xil?

  1. 3xil B) 2 xil C) 4xil

  1. ,, Ishchilarning’’ so`zini tarkibiy qismlarga ajrating

  1. Asos, shakl hosil qiluvchi q, so`z yasovchi, so`z yasovchi

  2. Asos, shakl hosil q, shakl hosil q, so`z yasovchi

  3. Asos, so`z yasovchi, lug`aviy shakl hosil qiluvchi q, sintaktik shakl hosil qiluvchi q

  1. O`rganish uchun olingan turli narsa, voqea- hodisalar to`plami nima?

  1. To`plam B) tasnif C) uyadosh so`zlar

  1. Mustaqil so`z turkumlariga nimalar kiradi?

  1. Bog`lovchi, ot , ko`makchi, sifat

  2. Fe`l, ot, sifat son, fe`l, ravish, olmosh

  3. Undov, taqlid, modal

  1. Harakat fe`llari berilgan qatorni belgilang

  1. Yugurdi, ishladi, yozdi, supurdi,

  2. Miltilladi, ishladi, pasaydi, gurulladi

  3. Taqilladi, jimirladi, shovilladi

  1. O`timli fe`llarga misol yozing

  2. Fe`l nisbatlari nechta va ular qaysilar?

  3. Aniq nisbat fe`liga misol yozing

  4. Aziza kiyindi. Berilgan gapdagi nisbat shaklini aniqlang

  5. Bajaruvchisi noaniq bo`lgan fe`l nisbati?

  6. Orttirma nisbat fe`lining qo`shimchalarini yozing

  7. Birgalik nisbati deb nimaga aytiladi?

  8. Birgalik nisbat fe`liga misol yozing

6- sinf. Ona tili test. 2- variant



  1. O`zbek tiliga qarindosh bo`lgan tillarni belgilang

  1. Rus, arab, island,

  2. Tojik, xitoy, qirg`iz

  3. Qozoq, qirg`iz ozarbayjon

  1. Lab –tish undoshlarini belgilang.

  1. B, t, v B) V, f C) M, p, b

  1. Qanday tovushlar urg`u oladi?

  1. Unlilar B) undoshlar C)har qanday tovush

  1. Morfologiyada so`zning qaysi jihati o`rganiladi?

  1. Shakliy jihati B) Lug`aviy ma`nosi C) morfologiyada so`zning tovush tomoni o`rganiladi

  1. Zid ma`noli so`zlarni belgilang

  1. Bir- ikki B) oq- qora C) birin- ketin

  1. Matndagi asosiy fikrning nima haqida ekanligi nima deyiladi?

  1. Mavzu B) matn C)sintaktik butunlik

  1. Muayyan predmet, voqea- hodisalar haqida xabar berilsa, hikoya qilinsa qanday matn deyiladi?

  1. Tasviriy m B) Hikoya m C) muhokama m

  1. Chiroylidir go`yo yosh kelin

Ikki daryo yuvar kokilin. Ushbu matn qanday matn?

  1. Tasviriy m B) hikoya m C) muhokama m

  1. Darsliklar va ilmiy kitoblarda ko`proq qanday matn qo`llanadi?

  1. Tasviriy m B) hikoya m C) muhokama m

  1. Mustaqil qo`llanolmaydigan, asosga qo`shilib unga yangi yoki qo`shimcha ma`no yuklaydigan qism?

  1. Asos B) qo`shimcha C) so`z

  1. – bon, -shunos,- gi, -lar, -imiz, -dan. Ushbu qo`shimchalardan qaysilari so`z yasovchi qo`shimchalar sanaladi?

  1. –bon, -shunos, -gi B) –lar, -imiz, -dan C) –imiz, -bon, -dan

  1. Asosdosh so`zlar qatorini belgilang

  1. Gullar, bog`lar, ishlar B) ishchi, sinfdosh C) gulli, guldon, gulchi

  1. SIntaktik shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar qo`shilgan so`zlarni belgilang

  1. Yozdi, o`qiyman, kitobim B) kitoblar, o`qigan C) kitobxon, o`quvchi, uchuvchi

  1. Kitobxonlar so`zini tarkibiy qismlarga ajrating.

  1. Asos, lug`aviy shakl hosil qiluvchi q

  2. Asos, so`z yasovchi q, lug`aviy shakl hosil qiluvchi q

  3. ASos, sintaktik shakl hosil qiluvchi q, lug`aviy shakl hosil qiluvchi q

  1. To`plamni o`xshash va farqli tomonlar asosida ichki guruhlarga bo`lish nima deyiladi?

  1. Tasnif B) to`plam C) asosdosh so`zlar

  1. Aziza ukasi bilan o`ynadi. Berilgan gapni so`z turkumlariga ajrating.

  1. Ot, ot, bog`lovchi, fe`l B) ot,ot ,ko`makchi, fe`l C) ega, to`ldiruvchi, kesim

  1. Jilmaydi, yaltiradi, jimirladi. Usbu fe`llar qanday fe`llar?

  1. Holat f B)harakt f C) nutq fe`li

  1. O`timsiz fe`llarga misol yoing

  2. Gaplashdi fe`lini majhul nisbat fe`liga aylantiring

  3. Aniq nisbat qo`shimchasi qaysi?

  4. O`zlik nisbatga misol yozing

  5. Majlis yakunlandi . Ushbu gapdagi fe`lning nisbatini aniqlang

  6. Orttirma nisbatga misol yozing

  7. Ishladi fe`lining orttirma nisbat shakli?

  8. O`quvchilar darsga kirishdi. Ushbu gapda fe`lning qaysi nisbat shakli qatnasgan?

6-sinf Adabiyot 1- chorak 1- variant



  1. Kitob orqali, adabiy asarlarni o`qib- o`rganish tufayli orttirilgan boylik?.

  1. Ma`naviyat, ma`rifat B) hayotni o`rganish C) iste`mol madaniyati

  1. ‘’Shum bola’’ning 3- qismi yozilayotganda ‘’Mushtum’’dan kimni G`afur G`ulomning uyiga ‘’komandirovka’’ qilishgan edi?

  1. A. Qahhorni B) Jo`raxonni C) Said Ahmadni

  1. Avrodchi so`zining ma`nosi?

  1. Duo, oyatlar o`quvchi

  2. Avlodlar shajarasini tuzuvchi

  3. Avrab- aldovchi

  1. Chang bosgan kipriklar tagidagi qo`y ko`zlar. Ushbu so`zlar qaysi asardan olingan?

  1. ‘’ Sariq devni minib’’ B) ‘’ Shum bola’’ C) ‘’Do`nan’’

  1. “Shum bola” asarining bosh qahramoni Qoravoy necha yoshda?

  1. 14 Yosh B) 9 yosh C) 10 yosh

  1. 1918-yil 24-dekabrda hozirgi Janubiy Qozog`istonning Turbat qishlog`ida tug`ilgan shoir?

  1. G`. G`ulom B) X. To`xtaboyev C) T. To`la

  1. ‘’Do`nan’’ hikoyasidagi otni yaxshi ko`radigan bolaning onasining ismi?

  1. Ma`rifat, B) Bashor C) Fayzi dasturxonchi

  1. ‘’ Do`nan’’ hikoyasi kimning tilidan hukoya qilinadi?

  1. Baxshilla maxsum B) Fayzi dasturxonchi C) Bashor kelin

  1. “Besh bolali yigitcha”, “mungli ko`zlar asarlari mualifi?

  1. T. To`la B) G`. G`ulom X. To`xtaboyev

  1. ‘’Sariq devni minib’’ asarida Hoshimjon qalpoqcha yordamida fosh etgan folbin xolani o`g`lining ismi kim?

  1. Orif B)Mirobiddinxo`ja C) Qobil

  1. “Telefonda aytilga ertaklar”, “Uchtadan oxiri bor ertaklar’’ni kimyozgan?.

  1. X. To`xtaboyev B) J. Rodari C) T. To`la

  1. ‘’Hurishni eplolmagan kuchukcha’’ ertagining 3- tugashida kuchukcha ketaveribdi, ketaveribdi kimni uchratibdi?

  1. Dehqonni. B) Sigirni C) kuchukni

  1. ‘’ Qutbdagi gunafsha’’, ‘’Shahzoda Plombir’’ ertaklarining mullifi?.

  1. J. Rodari B) J. Svift C) Antuan De Sent Ekzyuperi

  1. “Insonni, uning ma`naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo`ls, so`z san`ati, badiiy adabiyotdir”,- deb kimaytgan edi?

A)A. Qodiriy B) Cho`lpon C) I. Karimov

15. G` G`ulomning ‘’ Sog`inish’’ she`ri kimga bag`ishlangan?

A) onasiga B) ayoliga C) O`g`li Jo`raxonga

16. ‘’Shum bola’’ asaridagi Sariboy bo`lisning o`rtancha qizining ismi?

A) Adol B) Bashor C) Munis

17. Biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo`q Tafsilotlar orqali bayon qilish usuli ‘’Shum bola’’ asarining qaysi o`rnida uchraydi?

A) Qoravoy va Omonning suhbatida

B) QOravoy va Sariboy suhbatida

C) Qoravoy va Hoji buvaning suhbatida

18. ‘’Muborakbod’’, ‘’Baxt tongotari’’ asarlari muallifi?

19. “Do`nan’’ hikoyasi T. To`laning qaysi asaridan olingan?

20. X. To`xtaboyev jamiyatdagi illatlarni fosh etuvchi qancha felyeton yozgan?

21. Hoshimjonni sehrli qalpoqchasining ko`rinishi qanaqa edi?

22. J. Rodarining ertaklar yozishiga nima turtki bo`ldi?

23. ‘’ Hurishni eplolmagan kuchukcha’’ ertagida kuchukcha avval kimning tilini o`rgandi?

24. ‘’ Adabiyot yashasa millat yashaydi’’ Ushbu fikr kimga tegishli?

25. Sangob nima?

6-sinf adabiyot 1-chorak 2-variant



  1. ‘’Agar biz O`zbekistonimizni, dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug` kelajagini ulug`lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo`lsak, avvalambor, buyuk yizuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak’’- deb kimaytgan edi?

  1. Cho`lpon B) I. Karimov C) A. Qodiriy

  1. 1903- yil Toshkent shahrida tavallud topgan shoir?

  1. T. To`la B) G`. G`ulom. C) X. To`xtaboyev

  1. “Shum bola” asarida Sariboy kim bilan qimor o`ynab uning mevazorlarini, ichki- tashqi qo`rg`onchasi, butun dov- dastgohini yutib oladi?

  1. Yusuf kontor bilan B)Qoravoy bilan C) Omon bilan

  1. ‘’ Zinadan chiqqan itdek narvonga tirmashib tomga chiqdim’’ Ushbu tasvir qaysi asardan olingan?

  1. ‘’ Mening o`g`rigina bolam’’ B) ‘’Do`nan” C)’’ Shum bola’’

  1. Zamondosh o`zbek adabiyoti va san`ati namoyondalariga bag`ishlangan ‘’Nafosat’’, ‘’Kamalak’’nomli xotiralar kitoblari muallifi?

  1. T. To`la B) X. To`xtaboyev C) E. Vohidov

  1. ‘’Do`nan’’ hikoyasi kimning tilidan so`zlanadi?

  1. Fayzi dasturxonchi B) Baxshilla maxsum C) Bashor kelin

  1. ‘’Sariq devni minib’’ asarida Hoshimjon qalpoqcha haqida kimdan eshitadi?

  1. Onasidan B) bobosidan C) buvisidan

  1. Bolaligi ‘’olov jizillab turadigan tandir yonida, un va ko`mir solingan qoplar orasida’’ kechgan adib kim?

  1. J . Rodari B) X. To`xtaboyev C) J. Svift

  1. “Hurishni eplolmagan kuchukcha” J. Rodarining Qanday ertaklar turkumiga kiradi?

  1. Uchtadan oxiri bor ertaklar turkumiga

  2. Telefonda aytilgan ertaklar turkumiga

  3. Quvnoq she`rlar kitobiga

  1. I. Karimov: ,, Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir’’,- deya kimga ta`rif beradi?

  1. A. Qodiriyga B) A. Navoiyga C) Z. M. Boburga

  1. G`. G`ulom ‘’Shum bola’’ asari ustida qancha yil ishlagan?

  1. 2 yil B) 10 yil C) salkam 25yil

  1. ‘’ Shum bola’’ asarida Sariboyning o`g`lining ismi kim?

  1. Bo`riboyvachcha B) Omon C) Badal

  1. T. To`laning qaysi she`rlari qo`shiq qilib kuylangan?

  1. ’’Hayo bilan’’, ‘’Sumbula’’, ‘’Ko`chalar’’, ‘’Do`ppi tikdim’’, “Sartarosh qo`shig`i”

  2. ‘’ Nafosat’’, ‘’Kamalak’’, ‘’Maftuningman’’

  3. ‘’Maftuningman’’, ‘’Shashmaqom’’, ‘’Furqat’’

  1. ‘’Do`nan’’ hikoyasida otni kim ko`zga yaqin joyga bog`lab qo`yadi?

  1. Baxshilla boboning akasi

  2. Fayzi dasturxonchi

  3. Onasi

  1. “Qiz bolaga tosh otmang”, ‘’Quyonlar saltanati’’ asarlarining muallifi?

  1. T. To`la B) X. To`xtaboyev C) J. Rodari

  1. Hoshimjon go`ngni achitib tayyorlanadiga ,,kompost’’ o`rniga odamlarga nimani ta`riflab berib kulgiga qoldi?

  1. Oddiy mevalardan tayyorlanadigan sharbat ( kompotni)

  2. Geografik komposni

  3. Agronomlar uchun zarur o`g`itni

  1. “Hurishni eplolmaydigan kuchukcha” ertagida kuchukcha qu- qu-qu-quv- deb qichqirganida kimustidan kuldi?

  1. Kaklik B) dehqon C) tulki

  1. Adabiyot nima?

  2. G`. G`ulomning dunyoning ko`plab tillariga tarjima qilingan asari?

  3. ‘’Shum bola’’ asaridagi qahramonlarni yozing

  4. T. To`la ishtirokida yaratilgan kinossenariylar asosida suratga olingan filmlar?

  5. ‘’ko`zlari katta –katta kiyiknikiga o`xshagan chiroyli’’ ta`rifi ‘’Do`nan’’ hikoyasining qaysi qahramoniga berilgan?

  6. X. To`xtaboyevning 24 tilga tarjima qilingan asari?

  7. J. Rodarining ilk to`plami?

  8. ‘’ Hurishni eplolmagan kuchukcha’’ ertagining nechanchi tugashida kuchukcha kuchuklardek hurishni o`rgandi?

Qarshi shahar xalq ta`limi bo`limi muassasalarini tashkil etish bo`limiga qarashli 3- sonli o`rta umumta`lim maktabi Ona tili va Adabiyot fani o`qituvchisi Islomova Kamolaning “So`z turkumlari’’ mavzusida tayyorlagan

DARS ISHLANMASI.


Download 49,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish