6- seminar mashg’uloti: Maxsus fanlarni o’qitishning auditoriyadan tashqari shakllari Topshiriqlar


Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari



Download 82,31 Kb.
bet9/11
Sana04.06.2022
Hajmi82,31 Kb.
#634212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-seminar mashg'uloti

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:
—barcha talabalarni jalb etish;
—dastur materiallarini to‘la qamrab olish;
—talabalarga oshkora yondashish;
—talabalar bilimini adolatli baholash;
—muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish, ularni o‘z ustida tinimsiz ishlash, o‘qish, o‘rganishga undaydi.
Oliy ta'limda joriy nazoratda fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning o‘zlashtirishi aniqlanib, baholab boriladi. U odatda, seminar darslari, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi. Joriy baholash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan har bir mavzu bo‘yicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr-mulohazalari, dars o‘tish metodlari bo‘yicha berilgan topshiriqlarai bajarishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi, semestr davomida 2 davrada o‘tkaziladi.
—Oraliq nazorat semestr, o‘quv yili davomida fanning bir necha mavzusi, qismi, bo‘limi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng o‘tkaziladi. Unda muayyan savol, muammo, test, masala-mashq va boshqalar yordamida talabaning mavzuni o‘zlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlabadi va baholanadi.
—Oraliq baholash ham semestr davomida 2 davrada o‘tkaziladi. Talabalarning bilimi birinchi va ikkinchi davrada fanning texnologik xaritasida ko‘rsatilgan mavzularini qamrab olgan hold baholanadi. Oraliq baholashda talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ma'ruzalar, unda talabaning faolligi, o‘tilgan mavzular bo‘yicha og‘zaki, yozma ish, test va talabaning mustaqil ishi nazarda tutilgan holda baholanadi.
—Mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar reyting jadvaliga muvofiq joriy va oraliq baholashga qo‘shiladi.
—Yakuniy nazoratga, fanning semestr yoki o‘quv yili davomida o‘tilgan hajmi doirasida talabaning fanni o‘zlashtirish darajasi baholanadi. Yakuniy baho turiga ajratilgan ballar miqdori, o‘quv rejasida fanga semestr yoki o‘quv yili uchun ajratilgan soatning 30 foizi miqdorida belgilanadi. Yakuniy baholash semestrp yakunida o‘tkazilib, yakuniy baholashda talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari ishchi o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda, fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy baholash o‘g‘zaki so‘rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish, suhbat, yozma ish, masala-mashq yechish yoki test otkazish usulida amalga oshiriladi.
—Talabalar bilimini reyting tizimi bo‘yicha baholashning yozma ish usuli talabalarda mustaqil, ijodiy fikrlash, o‘z fikrini yozma ifodalash ko‘nikmalrini rivojlantiradi. Yozma ish oraliq baholash, yakuniy baholash, yakuniy Davlat attesttsiyasi kurslarida amalga oshirilishi mumkin.
—Yozma ish yakuniy baholash shaklida o‘tkaziladigan bo‘lsa, savollar kafedra tomonidan ishlab chiqilib, o‘quv yili boshlanishida kafedra majlislarida muhokama etiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Yozma ish hajmi talabaning fan bo‘yicha tasawuri, bilimi va amaliy ko‘nikmasini baholash uchun yetarli bo‘lishi zarur. Uning hajmi kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet kengashida tasdiqlanadi. Yozma ishlarni baholash mezonlari kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi.
Keng qo‘llaniladigan nazorat uslublaridan og‘zaki metodlardir. Og‘zaki nazoratning afzalliklariga shaxsiy munosabat, o‘qituvchining talaba bilan jonli muloqoti, uning fikrlarini nutq shaklida ifodalashga mashq qildirish, bilimlarni yanada chuqurroq tekshirish maqsadida pedagog tomonidan qo‘shimcha savollar berish imkoniyatlari kiradi. Bunda talaba bilan jonli muloqot olib boriladi. Talaba o‘z fikrini o‘rtoqlashish, boshqalarning nuqtayi nazarini tahlil qilish uchun katta imkoniyatga ega. Pedagog tomonidan qo‘yilgan savolga og‘zaki javob berishga tayyorlanish doimo talabaning faol fikrlashi bilan bog‘langan.
Og‘zaki javob yaxshi tayyorlangan talabaga o‘zining iqtidorini,qo‘shimcha egallagan bilimlarini namoyish etishga imkon beradi. Bevosita muloqot tufayli pedagogda savol-javob davomida talabaning bilimlari to‘g‘risidagi taa‘ssurot vujudga keladi, e'tirozlarni, barcha gumonlarni bartaraf etish imkoni bo‘ladi. Lekin bu usulda sub’yektiv omil asosiy o‘rinda turadi.
Talabalar bilimini baholashda testlar muhim o‘rin tutadi. Testlar talabalar bilimini baholash, bilim olishga ko‘maklashishdan tashqari masala yechish, referat yozish, savolga og'zaki yoki yozma javob yozish kabilardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi.
Testlar talabalar bilimini nazorat qilishning ob’yektiv usuli hisoblanadi, sababi unda o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida vujudga kelgan munosabatlar hech qanday rol o‘ynamaydi va talaba bilimini baholashga ta'sir etmaydi.
Testlarni yakuniy nazoratdan tashqari mavzuni boshlashdan avval ham, joriy va oraliq nazoratda ham qo‘llash mumkin.
Mavzu bo‘yicha dars o‘tishdan avval qo‘llanilgan pre-testlar talabalar diqqatini shu testdagi asosiy xatolarga, o‘rganilayotgan kategoriyalarga qaratish imkonini beradi. Pre-testda unga tanish bo‘lmagan g‘oya, tushuncha, gohida alohida so‘z bilan to‘qnash kelib, ularni mustaqil o‘rganishga harakat qiladi. Ular talabani mustaqil ishlashga undaydi, yo‘llanma beradi.
Oraliq testlar darsni o‘zlashtirish jarayoni qanday kechayotganini nazorat qilish imkonini beradi. Oraliq testlaraing natijasini muhokama qilish jarayonida fandagi asosiy tushunchalarni samarali takrorlash va xotirada saqlash imkoni vujudga keladi.
Testlar talabalar bilimini butun dastur bo‘yicha, shuningdek, tor tanlash doirasida yoki alohida ahamiyatga ega, yoxud an'anaviy o‘zlashtirish qiyin tushuncha, mavzular bo‘yicha nazorat qilish, baholash imkonini beradi.
Testlar talabalar bilimini tez tekshirish imkonini beradi. Bu ayniqsa, oraliq testlar o‘tkazish uchun qulay, chunki test javoblariga ko‘ra o‘qituvchi dastur bo‘yicha o‘z ishini, dars o‘tiladigan savollarni ko‘rib chiqadi, kelgusida dars o‘tishda qaysi savollarga ahamiyat berishni mo‘ljallaydi.
Testlar talabalar bilimini sinash va baholashda qator afzalliklarga ega bo‘lish bilan birgalikda, kamchiliklari ham bor. Test savollarini tuzish ko‘p mehnat, vaqt talab qiladi. Shuning uchun keyingi paytlarda o‘qituvchilar ko‘proq tayyor test savollaridan foydalanishmoqda. Testning yana bir kamchiligi, tavakkal qilib javob topishning mumkinligidir.
Talabalar bilimini sinash va nazorat qilishda masala, mashqlardan ham keng foydalanish mumkin. Masala-mashqlar talabaning bilimini keng ko‘lamda tekshirish, olgan nazariy bilimini real hayotda qo‘llay bilish imkonini ochib beradi. o‘rganilayotgan savolni mohiyatini talaba tushunganr yoki tushunmaganini aniqlaydi.
Bu usulning ham o‘ziga xos kamchiliklari bor. Birinchidan, talabani hisoblash bilan birga keng mushohada yuritishga yo‘naltiruvchi masala-mashqlar tuzish oson emas. Ikkinchidan, talabalar hisob-kitobga haddan ziyod berilib ketib, nazariy jihatdan tahlil qilishga kam e'tibor qaratishadi. Uchinchidan, masala-mashqlar tor doiradagi savollarni qamrab oladi.
Talabalar bilimini sinash va baholashning keyingi paytda keng qo‘llanilayotgan usullaridan
Download 82,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish