Mustaqil ishni tashkil qilishda ish tartibini belgilash katta ahamiyatga ega ekanligi. Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semestr davomida kunlar bo‘yicha taqsimlash, uni ratsional tashkil qilishning muhim prinsipi, qoidasi hisoblanadi. Goh umuman dars tayyorlamay, goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, ayniqsa, semestr yakuniga, oraliq nazorat yakuniga yaqin qolganda, bajarmagan ishlarni tezda bajarishga harakat qilish ijobiy natija berishi qiyin. Bu talabaning mehnati samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. Odatda, talabaning kun tartibini dars jadvali belgilaydi. Lekin ko‘p narsa talabaning o‘ziga ham bog‘liq. Masalan doklad, referat, nazorat ishi, seminar darsiga tayyorlanishga har haftada ma'lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa, kutilgan natija bermaydi.
Barcha mustaqil ishlar talabalarda ijodiy ishlash ko‘nikmasini hosil qilishga qaratilgan. Talaba ijodiy ishlashga o‘rgatilmasa, u ma'lum mavzuga oid materiallarni turli manbalardan ko‘chirib kelish bilan kifoyalanib qolishi hamda o‘zi mustaqil fikr bildirishga qiynalishi mumkin.
Bunda, yangi yoki oldindan ma'lum bo‘lsada, ungacha boshqacha nuqtayi nazardan qaralgan g‘oya, fikrlarni tadqiq qilish, ya'ni axborotlar to‘plash, ular ustida ishlash, o‘z fikrini bildirishga undaydigan topshiriqlar, vazifalar beriladi.
TosFarMI da talabalar mustaqil ishi O`zbekiston Respublikasi OO`MTVning 2005 yil 21 fevral 34 buyrug`i bilan tasdiqlangan ―Ta'lim mustaqil ishini tashkil etish‖ to`g`risidagi Namunaviy nizom asosida Toshkent Pedagogika instituti bo`yicha ishlab chiqilgan va MUK ning 2013 yil 26 fevralda tasdiqlangan ―Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash to`g`risidagi Nizom‖ asosida olib boriladi. Talabalar mustaqil ishi uchun Pedagogika fanidan tasdiqlangan namunaviy dasturga kiritilgan mavzular bo`yicha har bir talabaga har bir semestrda alohida topshiriq beriladi. Topshiriq talabalarga amaliy mashg`ulotlarni olib boradigan o`qituvchilar tomonidan beriladi va o`qituvchi jurnalida belgilangan bo`ladi. TMI ballarini JN o`z ichiga olgan. TMI ni topshirmagan talaba YaB ga qo`yilmaydi. TMI TIJ bo`yicha olib boriladigan ilmiy anjumanga maqola tayyorlash, mavzular bo`yicha jadvallar, slaydlar, referativ ma`ruza, vaziyatli masalalar majmuasini ishlab chiqish va boshqa shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Kurs ishlarini bajarish talabalarni mustaqil fikrlashiga, olgan ko`nikmalarini mukammallashtirishga yordam beradi. Uning asosida ilmiy tekshirish ishlarini elementlari mavjud bo`lib, bu esa o`z navbatida kafedrada o`quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etishga va rivojlantirishga yordam beradi.
Kurs ishidan maqsad Pedagogika fanini o`qitish mobaynida bo`lajak Pedagoglarning malakasi uchun qo`yilgan talablarni amalga oshirish maqsadida talabalarning olgan nazariy bilimlarini yanada chuqurlashtirish, olgan nazariy bilimlari va amaliy ko`nikmalari to`g`ri ekanligiga ishonch hosil qilish va ilmiy adabiyotlarda keltirilgan ma‘lumotlarni taxlil qilish va oldiga qo`yilgan masalalarni mustaqil yecha bilishga erishildi. Ushbu maqsadga talabalar muntazam ravishda maxsus adabiyotlar ustida ishlab, bilim doiralarini kengaytirish va kichik eksperemental izlanishlarni mustaqil amalga oshirish orqali erishadilar.
Talabalar pedagogikadan kurs ishi bajarish jarayonida ishlanayotgan mavzuning ahamiyatini va oldilarida turgan vazifalarni aniq tasavvur eta olishlari hamda darsliklar va ilmiy adabiyotlar ustida ishlay bilishlarini ko`rsata olishlari, shuningdek, adabiyotlardagi ma‘lumotlarni tanqidiy baholab, mustaqil ravishda umumlashtirib, xulosa qila olishlari shart. Agarda talabalar eksperemental mavzular ustida ishlasalar, kelgusidagi ilmiy tekshirish ishlar uchun kerak bo`ladigan yoki dorivor o`simlik mahsulotlarini tayyorlash, taxlil qilish va qayta ishlash bilan shug`ullanuvchi dorixonalar ishiga asqotadigan takliflar kirita bilishlari lozim.
Kurs ishlarini talabalar o`qituvchilar raxbarligi ostida yozuv qog`ozi hajmida 25-30 varaqda, qoida bo`yicha intervaliga amal qilgan holda, 20 tadan kam bo`lmagan adabiyot ma‘lumotlaridan foydalanib bajaradilar. Ilyustratsiyalar (rasmlar, grafika, jadval va chizmalar) mavzu bo`yicha bajariladi. Agarda tasvirlar surat holida bo`lsa, ishning kerakli joyiga yopishtiriladi. Tipografik rasmlarni yopishtirish tavsiya etilmaydi, chunki ular ishni ortiqcha bezatilishiga sabab bo`lishi mumkin. Ayniqsa, darsliklar, qo`llanmalar, monografiya va boshqa adabiy manbalardan olingan rasmlarni qo`llash taqiqlanadi. Bunday hollarda talabalarni javobgarlikka tortilib, kurs ishi qabul qilinmaydi. Kurs ishlari yil davomida olib borilib, 6 semestr yakunida himoyasi o`tkaziladi. Kurs ishlari 100 ballik tizimida baholanib va reyiting daftarchasiga qo`yiladi.
Pedagogikadan kurs ishi kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan, 10 bo`lim va 401 mavzuni o`z ichiga olgan uslubiy qo`llanma asosida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |