Qora yo‘l: bu tizim dizaynerlari qoldirgan tarmoq resurslariga kirish yo‘li bilan tizimni hujumga zaif qilish uchun xavfsizlikka tahdid qilish usuli.
Spufing – firibgarlik- Bu ishonchli manba IP-manzilini o‘g‘irlash orqali
kompyuterlardan ruxsatsiz foydalanish metodi; Paket sarlavhasi o‘g‘irlangan IP- manzil yordamida modifikatsiyalangan; Firibgarlik IP-paketi IP-manzil yordamida himoya tizimidan o‘tib, kirib olishi va Internetda tartibsizlik keltirib chiqarishi mumkin.
Boshqa faol hujumlar:
SPAM – bu ko‘zda tutilmagan elektron tijorat xabari; Hujum emas, balki ko‘proq to‘sqinlik hisoblanadi; Ba'zida spamlar ham zararli kodga ega bo‘ladi;
Xaker – bu o‘rtadagi shaxs bo‘lib, u ma'lumotlarni qo‘lga kiritadi, kodini topadi, o‘zgartiradi, yo‘qotadi, qayta jo‘natadi, qo‘shimcha kiritadi, qalbakilashtiradi yoki qayta yo‘naltiradi va kodlashtirib (sxema) ishonuvchan tomonlarga yana jo‘natadi
Parolni izlab topishga urinish. Xavfsizlik tizimida O‘quv Yozuvlari Menejeridan foydalanuvchi paroli xeshlashtirilgan taqdimoti parolni buzishga yordam beradi.
Zaiflik
|
Tahdid
|
Himoyalanmagan aloqa liniyalari, misol uchun, kommutatsiya liniyalari, simsiz ulanishlar
|
Qo’lga tushirish, sezdirmay eshitish
|
Parolni yoki kodlashtirish kalitini ochiq matn bilan uzatish
|
Ruhsatsiz foydalanish
|
Tarmoq infratuzilmasini fizik himoyalanmaganligi
|
Muhim axborotni, saqlab qolish qurilmalarini o’g’irlash
|
Indentifikasiya va mualliflashtirish mehanizmlari yo’qligi
|
Foydalanuvchi shaxsini yashirish
|
Tarmoqni noto’g’ri boshqarish (hech qanday himoya tizimi yo’q)
|
Trafikni ortiqcha yuklash (DoS)
|
Elektr ta’minoti tizimi barqaror emes, haroratning o’zgaruvchanligi
|
Tizimni barbot qilish
|
Nazoratsiz yuklab olishlar va qaroqchilik dasturlaridan foydalanish
|
Shubhali dastirlar
|
Axborot xavfsizligi bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan keng tarqalgan o‘nta xatolar:
Stikerlarda parollar;
Kompyuterni ishlash paytida qarovsiz qoldirish;
Begona kompyuterlarda electron pochta ilovalarini ochish;
Parolning yomon tuzilishi (hayvonlar, avtomobillar nomlari, ismlar);
Portativ kompyuterlardan erkin foydalanish;
Mahmadonalik;
Ishga solish va o‘ynash;
Qayd etilmagan xavfsizlikni buzish;
Xavfsizlik tizimi bo‘yicha yangilanishlarni o‘rnatishni doim keyinga qoldirish;
Tashkilot ichidagi xavflarga e'tiborsizlik.
Tarmoq orqali ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni eshitish va o‘zgartirishga qarshi bir necha samarali natija beruvchi texnologiyalar mavjud:
IPSec (Internet protocol security) protokoli;
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq;
IDS (Intrusion Detection System) ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi.
Ipsec (Internet protocol security) bu xavfsizlik protokollari hamda shifrlash algoritmlaridan foydalangan holda tarmoq orqali xavfsiz ma’lumot almashish imkonini beradi. Bu maxsus standart orqali tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro aloqasida dastur va ma’lumotlar hamda qurilmaviy vositalar bir-biriga mos kelishini ta’minlaydi. Ipsec protokoli tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning sirliligini, ya’ni faqatgina yuboruvchi va qabul qiluvchiga tushunarli bo‘lishini, axborotning sofligini hamda paketlarni autentifikatsiyalashni amalga oshiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash har bir tashkilotning rivojlanishi uchun zaruriy vosita bo‘lib qoldi, Ipsec protokoli esa aynan quyidagilar uchun samarali himoyani ta’minlaydi:
bosh ofis va filiallarni global tarmoq bilan bog‘laganda;
uzoq masofadan turib, korxonani internet orqali boshqarishda;
homiylar bilan bog‘langan tarmoqni himoyalashda;
elektron tijoratning xavfsizlik darajasini yuksaltirishda.
Tarmoq xavfsizligi tarmoq kompyuter tizimlariga ta'minlash uchun qo‘llaniladigan texnologik va boshqaruvchilik amallarini o‘z ichiga oladi:
–Qulayligi
–Butligi
–Istalmagan foydalanishlar, zararlantirish, o‘zgartirish yoki yo‘qotishga qarshi tarmoqni boshqaruvchi axborotning maxfiyligi.
Axborotning maxfiyligi: Axborotdan faqatgina ruxsatga ega foydalanuvchilar foydalanishlari mumkinligini ta'minlaydi. Foydalanuvchining erkin foydalanish huquqini Identifikatsiya va Autentifikatsiya qilish bilan boshqarish uchun quyidagilardan foydalanish talab qilinadi:
Identifikatsiya PIN-Kodlari
Intellektual kartochkalar, kontaktsiz kartochkalar
Biometrik ko‘rsatkichlar
Xavfsizlikka tahdid va zaif joylar
Xatolar va kamchiliklar
Firibgarlik va o‘g‘rilash
Fizik va infratuzilmali ta'minotni yo‘qotish
Xaker va buzg‘unchi
Zararli kod va dasturiy ta'minot
Xorijiy hukumatning josuslik harakatlari
Har qanday tashkilot Intenetga ulanganidan so’ng, hosil bo’ladigan quyidagi muammolarni hal etishlari shart:
tashkilotning kompyutеr tizimini xakеrlar tomonidan buzilishi:
Internet orqali jo’natilgan ma’lumotlarning yovuz niyatli shaxslar
tomonidan o‘qib olinishi;
tashkilot faoliyatiga zarar еtkazilishi.
Internet loyihalash davrida bеvosita himoyalangan tarmoq sifatida ishlab chiqilmagan. Bu sohada hozirgi kunda mavjud bo‘lgan quyidagi muammolarni kеltirish mumkin:
ma’lumotlarni yеngillik bilan qo’lga kiritish;
tarmoqdagi kompyutеrlar manzilini sohtalashtirish;
TCP/IP vositalarining zaifligi;
ko‘pchilik saytlarning noto’g’ri konfiguratsiyalanishi;
konfiguratsiyalashning murakkabligi.
Global tarmoqlarning chеgarasiz kеng rivojlanishi undan foydalanuvchilar sonining oshib borishiga sabab bo’lmoqda, bu esa o’z navbatida axborotlar xavfsizligiga taxdid solish ehtimolining oshishiga olib kеlmoqda. Uzoq, masofalar bilan axborot almashish zaruriyati axborotlarni olishning qat’iy chеgaralanishini talab etadi. Shu maqsadda tarmoqlarning sеgmеntlarini har xil darajadagi himoyalash usullari taklif etilgan:
erkin kirish (masalan: WWW-sеrvеr);
chеgaralangan kirishlar sеgmеnti (uzoq masofada joylashgan ish joyiga xizmatchilarning kirishi);
ixtiyoriy kirishlarni man etish (masalan, tashkilotlarning moliyaviy
lokal tarmoqlari).
Intеrnеt global axborot tarmogi uzida nixoyatda katta hajmga ega bo‘lgan axborot rеsurslaridan milliy iqtisodning turli tarmoqlarida samarali foydanishga imkoniyat tug’dirishiga qaramasdan axborotlarga bo‘lgan xavfsizlik darajasini oshirmoqda. Shuning uchun ham Intеrnеtga ulangan har bir korxona uzining axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga katta e’ t ibor bеrishi kеrak. Ushbu tarmoqda axborotlar xavfsizligining yo’lga qo’yilishi yondashuvi quyida kеltirilgan:
Lokal tarmoqlarning global tarmoqga qo’shilishi uchun tarmoqlar himoyasi administratori quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
lokal tarmoqlarga global tarmoq, tomonidan mavjud xavflarga nisbatan himoyaning yaratilishi;
global tarmoq fondalanuvchisi uchun axborotlarni yashirish imkoniyatining yaratilishi;
Bunda quyidagi usullar mavjud:
kirish mumkin bo’lmagan tarmoq manzili orqali;
Ping dasturi yordamida tarmoq pakеtlarini to’ldirish;
ruxsat etilgan tarmoq manzili bilan taqiqlangan tarmoq manzili bo’yicha birlashtirish;
ta’qiqlangan tarmoq protakoli bo’yicha birlashtirish;
tarmoq bo’yicha foydalanuvchiga parol tanlash;
REDIREST turidagi ICMP pakеti yordamida marshrutlar jadvalini modifikatsiyalash;
RIR standart bo’lmagan pakеti yordamida marshrutlar jadvalini o’zgartirish;
DNS spoofingdan foydalangan holda ulanish.
Internetda mavjud elеktron to’lovlar xavfsizligini ta’minlash Hozirgi kunda Internetda ko‘pgina axborot markazlari mavjud, masalan, kutubxonalar, ko‘p sohali ma’lumotlar bazalari, davlat va tijorat tashkilotlari, birjalar, banklar va boshqalar. Internetda bajariladigan elеktron savdo katta ahamiyat kasb etmoqda. Buyurtmalar tizimining ko‘payishi bilan ushbu faoliyat yana kеskin rivojlanadi. Natijada, haridorlar bеvosita uydan yoki ofisdan turib, buyurtmalar bеrish imkoniga ega bo‘lishadi. Shu bois ham, dasturiy ta’minotlar va apparat vositalar ishlab chiqaruvchilar, savdo va moliyaviy tashkilotlar ushbu yo’nalishni rivojlantirishga faol kirishishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |